Shaxsning axborot xavfsizligi ta'minlashning pedagogik shart-sharoitlari

Shaxsning axborot xavfsizligi ta'minlashning pedagogik shart-sharoitlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Shaxsning axborot xavfsizligi ta'minlashning pedagogik shart-sharoitlari - rasmi

Material tavsifi

Shaxsning axborot xavfsizligi ta'minlashning pedagogik shart-sharoitlari Shaxsning axborot xavfsizligi ta'minlashning pedagogik shart-sharoitlari Bugungi kunda yoshlarning ma'naviy uyg'oqlik tuyg'ularini mustahkam qaror toptirish, ma'naviyatini yuksaltirish, ongida ruhiy poklik, ta'lim-tarbiya, targ'ibot-tashviqot ishlarini doimiy, samarali va ta'sirchan tarzda, ilg'or pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda olib borish davr taqozosidir. Yoshlarning ma'naviy olamini yuksaltirish hamda ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda AKTning roli katta. Mazkur talabning bugungi vazifasi tinglovchilarni kun sayin ko'payib borayotgan axborot-ta'lim muhiti sharoitida kerakli axborotdan to'g'ri maqsadlarda foydalana olishga o'rgatishdan iboratdir. Buning uchun Internet tarmo­g'ining milliy segmentida resurslarni ko'paytirish, rivojlantirish, ularni foydalanuvchilarga qulay tarzda taqdim etish, axborotlar­ning shaffofligi hamda xavfsizligini ta'minlash, turli tashqi zararli axborot ta'sirlardan himoyalash va foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish talab etiladi. Mamlakatimizda sog'lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning zamonaviy bilim va taraqqiyot cho'qqilarini egallashi, o'z qobiliyat va iqtidorini namoyon etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. Bu jarayonda o'sib kelayotgan yosh avlodning huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish, ularni xalqimizning milliy an'ana va qadriyatlariga hurmat ruhida tarbiyalash, ma'naviy olamini yuksaltirish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ular tarbiyasiga ommaviy axborot vositalarining ta'siri yuqori ekanligini hech kim inkor qilolmaydi. Globallashuv jarayonining o'ziga xos jihati uning mafkuraviy ta'sir o'tkazish quroliga aylanishi mumkinligi bilan izoh­lanadi. Bugun uzoq-yaqin mintaqalarda yuz berayotgan voqealarni inobatga olsak, hali ongi, hayotiy qarashlari shakllanmagan yoshlarni chalg'itishga qaratilgan g'arazli kuchlar internet tarmog'idan o'z manfaati yo'lida foydalanayotganini ham inkor etib bo'lmaydi. Demak, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish va ma'na­viy immunitetini kuchaytirish, axborot ma'daniyati va mediasavod­xonligini oshirish-axborot xavfsizligini ta'minlashning bosh omili, desak, mubolag'a bo'lmaydi. Kompyuter xizmatlaridan foydalanish uchun vaqtini ham, pulini ham, oqibatda salomatligini ham ayamaydiganlar safi tobora kengayib bormoqda. Avval haddan tashqari sersavol, hamma narsaga qiziquvchan bo'lgan bola, asta-sekin o'zgara boshlaydi. Maktabdan keliboq, kompyuterga yopishadigan, undan soatlab ajralmaydigan bo'lib qoladi. Avvaliga ota-onalar farzandi ko'cha-ko'yda tentirab yurganidan ko'ra, darslardan so'ng uyda, ota-onasining ko'z o'ngida o'tirishidan xotirjam tortadi. So'ng undagi ruhiy o'zgarish o'smirlik davriga to'g'ri kelmay qoladi. Odamovi, loqayd, yolg'izlikni xush ko'radigan, xudbin va takabbur bo'lib qolayotgandek tuyuladi. Taassufki, so'nggi paytlarda ko'ngilni g'ash qiladigan bunday holatlar ko'p kuzatilmoqda. Bugun internetdan foydalanuvchilarni shartli ravishda, ikki toifaga ajratish mumkin. Birinchi toifadagilar kasbi talabidan kelib chiqqan holda yoki ilmiy tadqiqotlari uchun zarur ma'lumot va axborot olish maqsadida, internetga murojaat qilayotganlar bo'lsa, ikkinchi toifadagilar shunchaki, qiziqishiga ko'ra, deylik, axloq­sizlik, tanishuv saytlariga kirib yoki onlayn o'yinlari bilan kun o'tkazish kayfiyatida bo'lganlardir. Virtual olam insonni manipulyatsiya qilmoqda. Manipulyatsiya - bu fikriy qaramlik orqali o'ziga bo'ysundirish demakdir. Hozir ayrim bolalar yoki o'smirlarning internet-kafeni ikkinchi uyiga aylantirib olayotgani sir emas. Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, onlayn o'yinlarini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.19 MB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:58 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.19 MB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga