Shaxsning ijtimoiy borliqni bilishi. Bilish mezonlari va ularning adekvatligi Reja: 1. Shaxsning ijtimoiy borliqni bilishi 2. Sezgi va uning turlari. 3. Idrok haqida tushuncha, uning qonuniyatlari 4. diqqat. diqqatning fiziologik asoslari va turlari 5. diqqatning xususiyatlari, bo'linish i (taksimlanishi) va kuchishi 1. Shaxsning ijtimoiy borliqni bilishi Shaxs va uning bilish jarayonlari deganda, uning psixikasiga oid bo'lgan psixik jarayonlar, ijtimoiy borliqni bilish omillari kiradi. Shaxsning bilish jarayonlariga sezgi, diqqat, idrok, xotira, tafakkur va xayol jarayonlari kiradi. tashqi olamni bilish, undan kelayotgan ma'lumotlarni kabul qilish va qayta ishlash sezgi jarayonidan boshlanadi. Sezgi - ongimizga ayni vaqtda, bevosita ta'sir qilib turgan narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini aks ettirishdan iborat psixik jarayondir. Materiya bizning sezgi organlarimizga ta'sir qilib sezgi hosil qiladi. Sezgi a'zolari axborotni kabul qilib oladi va saralaydi. Sezgi a'zolari tashqi olamning kishi ongiga kirib keladigan yagona yo'lidir. Kishi tevarak atrofdagi olam haqida doimo axborot olib turishi kerak. Axborotlarning k u pligi (ortikchaligi) yoki tanqisligi (sensor izolyatsiya) organizmda jiddiy funksional buzilishlarga olib kelishi mumkin. Buni tekshirib k urish uchun maxsus surdokameralarda kuplab tajribalar o'tkazilgan. Tajribalar shuni kursatadiki, sinaluvchi tula izolyatsiya holatida bir necha soatdan keyin vaximaga tushadilar, tajribaning t u xtalishini talab kila boshlaydilar. Ularda og'riq, haroratni sezish kabi sezgilar xam buzilishi kuzatiladi. Agar odam kuprok vaqt izolyatsiyada saqlansa, unda uning ongi buzilishi, turli galyuyutsinatsiyalar kuzatildai. Real paytda bunday sharoit ongning butunlay buzilishiga olib kelishi mumkin. 2. Sezgi va uning turlari. Sezgilar va ularning mohiyati haqida k u plab nazariyalar mavjud. Avalo shuni takidlab utish lozimki, materialistik psixologiyasezgilarni materiya ta'sirining natijasi deb karaydilar. Sezgilarning haqiqiy mezoni esa amaliyot hisoblanadi. subyektiv idealistlar (Berkli, Yum, MAx) olamni sezgilarning yig'indisi sifatida talqin kiladilar. boshqa bir nazariya tarafdorlari (I.Myuller, Gelmgolts) sezgi organlarining o'ziga xos quvvati haqida fikr yuritadilar. Ularning fikricha sezgilar fakat tashqi ta'sirlarning timsoli, shartli belgilari. Shu sababli ular kaysi sezgilar organiga ta'sir kilsa, shu analizatorga xos sezgi hosil bo'ladi. Bu nazariyaning to'g'riligini isbot qiluvchi kuplab misollar bor - elektr toki, bosimning ta'sirida turli analizatorlarda turli sezgilar hosil bo'ladi. Ammo xid, tovushlar boshqa sezgi organlariga ta'sir qilib, ularga xos sezgilar hosil kilmaydilar. Sezgi organlri maxsus signallarni kabul qilishga ixtisoslashgan. Sezgi a'zolariningt ixtisoslashishi - uzoq davom etgan evolyutsion taraqqiyot maxsulidir. Bundan shunday xulosaga kelish mumkin. Sezgi a'zolarining o'ziga xosligi sezgilarning o'ziga xosligini keltirib chikarmaydi. Sezgi organlarining o'ziga xos tashqi olamning o'ziga xos xususiyatlari natijasida shakllangan. Mana shunday maxsuslashgan sezgi organlarining majmui analizatorlarni tashkil qiladi. Xar qanday analizator uch kismdan iborat: 1) tashqi ta'sir kuchini ichki nerv quvvatiga (jarayoniga ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.59 KB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:58
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.59 KB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:58 ]
Arxiv ichida: doc