Reja: Individual - tipologik xususiyatlar klassifikatsiyasi Shaxs iqtidori va qobiliyatlari Shaxsning temperamenti va xarakteri ShAXSNING INDIVIDUAL XUSUSIYaTLARI VA YoShIGA BOG'LIQ XUSUSIYaTLARI Odam tashqi qiyofasi, bo'y-basti bilan boshqa biror kimsaga o'xshashi mumkin, lekin feli, mijozi va shaxs sifatidagi xususiyatlari nuqtai nazaridan aynan bir xil insonlar bo'lmaydi. Shaxs - qaytarilmas, u o'z sifatlari va borligi bilan noyob. Ana shu qaytarilmaslik va noyoblik asosida uning individual psixologik xususiyatlari majmui yotadi. Shu o'rinda biz yuqorida ta'rif bergan shaxs tushunchasi bilan yonma-yon ishlatiladigan yana ikki tushunchaga izox berishni o'rinli deb hisoblaymiz. Bu individ va individuallik tushunchalari. Xarakter - shaxsning alohida inson va insonlar guruhining o'z-o'ziga nisbatan munosabatlaridlan orttiradigan sifatlarini o'z ichiga oladi. Temperament - insonning turli vaziyatlarda narsa, hodisa, holatlar vqa xatti - harakatlariga nisbatan reaksiyasini tushuntirib beruvchi xususiyatlar majmui. Qobiliyatlar - shaxsdagi shunday individual, turg'un sifatlarki, ular odamning turli xil faoliyatdagi ko'rsatgichlari, yutuqlari va qiyinchiliklari sabablarini tushuntirib beradi. Emotsiyalar va motivatsiya - atrofimizda sodir bo'layotgan hodisalar, bizni o'rab turgan odamlar va ularning xatti - harakatlarini ruxan qanday qabul qilib, ularga biladigan hissiy munosabatlarimizni biluvchi sifatlarimiz bo'lib, ular ayni vaziyatlardagi real holatimizdan va ularning ongimizda aks etishidan kelib chiqadi. Irodaviy sifatlar - xar birimizning oldimizdagi maqsad uchun erishish yo'lidagi qiyinchiliklarni engishimizni iaminlovchi malum sifatlarimiz majmuini o'z ichiga oladi. Demak, individual sifatlar ongi hayotimizning ajralmas qismi, idrokimiz, xotiramiz va fikrlarimiz yo'naltirilgan muhim predmet ekan. Intellektual potentsial esa, bir tomondan, hayotdagi barcha jarayonlarga, ikkinchi tomondan, shaxsga bevosita aloqador tushuncha sifatida qaralgan. Uning ahamiyati shundaki, u borliqni va bo'ladigan hodisalarni oldindan bashorat qilishga imkon beradi. Shu o'rinda intellekt so'zining lug'aviy manosini tushunib olaylik. Intellekt - lotincha so'z - intellectus - tushunish, bilish va intellectum - aql so'zlari negizidan paydo bo'lgan tushuncha bo'lib, u aql idrokning shunday bo'lagiki, uni o'lchab, o'zgartirib, rivojlantirib bo'ladi. Bu intellekt va u bilan bog'liq qobiliyatlar ijtimoiy xarakterga ega ekanligidan darak beradi. Bazan o'ta iqtidor va qobiliyatli bola haqida gap ketsa, undagi bu sifat tug'ma ekanligiga ishora qilishadi. Istedodli, genial olim, san'atkor yoki mutaxassis haqida gap ketsa xam xuddi shunday. Umuman, qobiliyatlarning tuhma yoki orttirilgan ekonligi masalasi xam olimlar diqqat markazida bo'lgan muammolardan. Qobiliyatsizlik va intellektning pastligi sabablaridan biri shuki, ana shu ikki xil layoqat o'rtasida tafovut bo'lishi mumkin. Orttirilgan sifati shuki, bola toki bilim, ko'nikma va malakalarni o'stirish borasida harakat qilmasa, eng kuchli tug'ma layoqat xam layoqatsizligicha qolib, u iqtidorga aylanmaydi. Eng istedodli, mashxur shaxslarning eng buyuk ishlari, erishilgan ulkan muvaffaqiyatlari tagida xam qisman layoqat va tinimsiz mehnat, intilish, ijodkorlik va bilimga chanqoqlik yotadi. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
355.28 KB
Ko'rishlar soni
33 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:59
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
355.28 KB
Ko'rishlar soni
33 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:59 ]
Arxiv ichida: pptx