Shirin taomlar tayyorlash mavzusini o'qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish Shirin taomlar tayyorlash mavzusini o'qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish Mundarija Kirish…….5 I-bob. Shirin taomlar tayyorlash Shirin taomlar tayyorlash haqida ma'lumot…….9 Issiq, jeleli shirin taomlar va issiq ichimliklar……11 Shirin taomlar sifatiga qo'yiladigan talablar va saqlash muddatlari…37 II.bob. «Shirin taomlar tayyorlash » mavzusini o'qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish 2.1. Ta'limning yangi pedagogik texnologiyalari40 2.2. « Shirin taomlar tayyorlash » mavzusini o'qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish42 II -Bob.Hayotiy faoliyat xavfsizligi 3.1. Mehnat muhofazasini tashkil qilish tamoillari……50 Xulosa…….56 Adabiyotlar…… KIRISH Bugungi kunda har qanday mamlakatning jahon bozorida raqobatbardoshligi nafaqat tabiiy resurslarning mavjudligiga, balki, birinchi navbatda, zamonaviy, muntazam yangilanib turgan texnologiyalarni о'zlashtirishga qodir yuksak bilimli va intizomli ishchi kuchini muntazam tayyorlashga bog'liqdir. Bunday ishchi kuchisiz iqtisodiyotning yuqori texnologiyalariga asoslangan zamonaviy tuzilmasini shakllantiradigan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etib bо'lmaydi. Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov ta'kidlab о'tganlaridek: «Zamon talablariga mos mutaxassis tayyorlamoqchi ekanmiz, birinchi navbatda о'quv yurtlarimizning shakli, qiyofasi va tarkibi, moddiy bazasi ham zamonaviy bо'lishi kerak». Shunday qilib, har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi bо'lgan ta'lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish yо'liga kirib borayotgan mamlakatimizda ta'lim tizimini isloh qilish, unga rivojlangan mamlakatlarning ilg'or tehnologiyalarini joriy qilish, milliy qadriyatlarimizni singdirgan holda ta'limni tashkil etish, bu jarayonni puxta va samarali amalga oshirish ishlari bugungi kunda davlat siyosati darajasiga kо'tarildi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning asosiy tarkibiy qismlarini shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta'lim, fan va ishlab chiqarish tashkil etib, ular о'zaro bog'liq holda namoyon bо'ladi. Mazkur qonun va dasturni rо'yobga chiqarish ta'lim tizimini tubdan qayta qurishni, ya'ni xalq ta'limi taraqqiyotining konseptual qoidalarini qayta kо'rib chiqishni va uni qisqa vaqt ichida ijobiy hal qilishni taqozo etadi. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish О'zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir . Ovqat tayyorlash san'ati kulinariya deb ataladi. Kulinariya sо'zi lotincha culina-kuxnya; о'choqboshi degan sо'zdan olingai bо'lib, pazandalik yoki oshpazlik degan ma'noni bildiradi. Ovqat tayyorlash - inson faoliyatining eng qadimiy tarmog'idir, chunki «dastlab har qanday mehnat birinchi galda oziq-ovqatni о'zlashtirish va ishlab chiqarishga qaratilgan menatdir». Odam tashqi muhit ta'siri ostida kamolga yetadi, ovqat, esa barcha tirik mavjudotlarni, shu jumladan odamni ham atrofdagi qolgan butun tabiat bilan tutashtirib turgan eng qadimiy vositadir». Mamalakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturining ishlab chiqilishi va uning amalga oshirilishi ta'lim-tarbiya jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Chuniki, milliy kadrlar tayyorlash va ularnini har tomonlama rivojlantirish yuqori malakali o'qituvchi -pedagoglarni tayyorlash bilan birga, yosh avlodga ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
1.26 MB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:59
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
1.26 MB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:59 ]
Arxiv ichida: docx