Sho'rolar hokimiyati davrida maktab va pedagogika Rеjа: Sho'rolar tuzumi davrida umumiy ta'limning joriy etilishi. Boshlang'ich majburiy ta'limning amalga oshirilishi. Sho'rolar nazariyotchi-pedagoglarning qarashlari. Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi yillarda maktab va pedagogika. 1917 yil to'ntarishning so'ng Markaziy Osiyodagi 3 ta (Buxoro amirligi, Xiva xonligi, Qo'qon xonligi) davlat o'rnida yangi yo'nalishdagi mafkuraga asoslangan Respublikalar, ya'ni Turkiston Muxtor Jumhuriyati (sobiq Turkiston ASSR), Buxoro Xalq Respublikasi, Xiva Xalq Respublikasi tashkil topdi. Yangi sho'ro hukumati avvalgi ta'lim tizimi. o'quv-tarbiyaviy ishlarni isloh qilish, Xalq maorifi tizimining yangi shaklini joriy etish yuzasidan bir qator vazifasilarni belgilab berdi. Bunday tadbirlarni amalga oshirish Turkistonda Xalq Komissarlari Sovetining 1918 yil 14 maydagi dekreti asosida boshlandi. Xalq maorifi tizimini tasdiq etish Respublika Xalq maorifi Komissarligia va uning mahalliy Sovetlar huzuridagi bo'limlariga yuklandi. O'quvchilarga ilm-fanning zarur asoslari bilan bir qatorda, mehnat ko'nikmalarini ham bera oladigan yagona sho'ro «Mehrat maktabi» xalq maorifi uchun asosiy negiz qilib olindi. Sobiq Turkiston ASSRda yangi tipdagi xalq maorifi tizimini tashkil etishda hukumat RSFSR Xalq Komissarlari Sovetining «Cherkovni davlatdan va maktabni cherkovdan ajratish to'g'risida» gi 1918 yil 20 yanvardagi dekretida qabul qilindi. 1918 yilning avgustida esa Turkiston Respublikasining Markaziy Ijro Komiteti maktablarda o'quvchilarni o'z ona tilida o'qitishga o'tish to'g'risida dekret chiqardiki, bu o'lka xalqlari milliy madaniyatlari istiqboli uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. 1918 yil noyabr oyida Halq maorifi kengashlari o'quv yurtlarini, ularning turlarini hisobga olgan, ro'yxatdan o'tkazdilar va shu asosda yangi maktablar ochish hamda ularni joylashtirish ehtiyojlari to'g'risidagi takliflarni ishlab chiqdilar. Mazkur tadbir har o'lkada maorif ishini tartibiga solishda muhim rol' o'ynaydi. Masalan, «Mehnat maktablari» deb atalgan maktablari ochilib, ularda o'quvchilarning mehnat tarbiyasiga, maktabda politexnika ta'limini amalga oshirishga katta e'tibor berildi. O'lkada mehnatkashlar ommasi madadiga suyangan holda yangi tipdagi maktablar vujudga kela boshladi. Mahalliy aholidan milliy o'qituvchilar tayyorlash, milliy o'qituvchilar tayyorlash, milliy darsliklar nashr qilish, Sho'ro hokimiyati mafkurasiga asoslangan ta'lim-tarbiyaviy jarayonni amalga oshiish ishlari yuzasin bir qator tadbirlar belgilandi. Sho'ro xukukmati halq maorifiga doir tadbirlarni amalga oshirar ekan, o'qituvchilar tayyorlashga ko'proq e'tibor berdi. O'lkada umumiy ta'lim maktablarini tashkil etish bilan bir vaqtda o'rta, maxsus o'rta va oliy o'quv yurtlari ham ochila boshladi.1918 yildan 1920 yilgacha bo'lgan vaqt ichida Turkistonda bir necha maxsus o'quv yurtilari shu jumladan,Turkiston sharqshunoslik instituti,Timiryazev nomidagi bilim yurti Toshkentda o'zbek, qirg'iz va boshqa turkiy xalqlarning xotin-qizlari uchun bilim yurtlar va Samarqandda o'zbek bilim yurti tashkil etildi.1921 yilda ximiya-farmokogiya instituti, konservatoriya va 6 ta qishloq xo'jalik texnikumi ishga tushdi. Bular orasida 1918 yil 21 aprelda Toshkentda ochilgan Turkiston xalq universiteti alohida ahamiyatga ega bo'ldi.Bu ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.59 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.59 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:59 ]
Arxiv ichida: doc