Siddiq Rajabov va Akademik Qori Niyoziylarning ijtimoiy pedagogik faoliyati Reja: S.Rajabovning pedagogik kadrlar tayyorlash ishiga qo'shgan hissasi. Uning ilmiy pedagogik faoliyati. Qori Niyoziyning ilmiy merosi. 16. Siddiq Rajabov va Akademik Qori Niyoziylarning ijtimoiy pedagogik faoliyati Siddiq Rajabov Respublikamizda xalq maorifining rivojlanishiga pedagogika ilmining taraqqiyotiga, ixtisosli pedagogik kadrlar tayyorlash ishiga katta hissa qo'shgan, dastlabki pedagogika fanlari nomzodi, dastlabki pedagogika fanlari doktori, professor va dastlabki akademikdir. S.Rajabov pedagoglar jamoasi va talabalar e'tibori hamda faoliyatini bilim yurti oldida turgan eng muhim masalalarga - maktablarga hamma fanlardan dars bera oladigan, pedagogikaning ilmiy asoslarini, ta'lim mazmuni, tamoyillari va metodlarini puxta egallab olgan yosh mutaxassislarni tayyorlash ishiga qarata olgan edi. Olimning 1958 yilgacha bo'lgan davrdagi ijodiy faoliyati yanada salmoqli bo'ldi. Bu yillarda uning «Pedagogikani o'qitishni hozirgi zamon fani talabi darajasiga ko'taraylik», «O'qituvchilar kasbi haqida», «O'zbekistonda 25 yil ichida maktablarning taraqqiyotiga doir», «Pedagogika oliy o'quv yurtlari talabalarining ilmiy tadqiqot ishlari haqida», «O'zbekiston maktablarining 30 yil ichidagi tarixidan», «O'zbekistonda umumiy ta'lim uchun kurash va maktablarda o'quv-tarbiya ishlari», 40 yil ichida O'zbekistonda xalq maorifi kabi jami 26 ta ilmiy, ilmiy-ommaviy ishlari nashr qilindi. 1958 yilda Siddiq Rajabovning ilmiy faoliyatida unutilmas voqea sodir bo'ldi. Maktablar tarixiga doir doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Haqiqatan ham olimning mazkur ilmiy tadqiqoti Respublikamiz xalq maorifi taraqqiyotini, maktablarimiz tarixini o'rganish yo'lidagi dastlabki muhim qadam edi. S.Rajabov bu davrda juda ko'plab metodik muammolarni kafedra a'zolari va ilmiy jamoatchilik tomonidan muvaffaqiyatli hal qilinishiga boshchilik qildi. Xususan, didaktika - ta'lim nazariyasi, xususiy metodika, tarbiya nazariyasi va metodikasi, shuningdek maktabshunoslikning dolzarb muammolariga aloqador asarlar yaratdi. SHuni alohida ta'kidlash lozimki, olim bu davrda o'z ilmiy faoliyatini bir necha yo'nalishlarda olib bordi. Jumladan, pedagogika fanining metodologik muammolari, odob-axloq va tarbiya masalalari, oliy ta'lim didaktikasi, pedagogika tarixini o'rganish va uning rivojlanish istiqbollarini tahlil etish masalalari ilmiy faoliyatida markaziy o'rin tutdi. Amalga oshirilgan ilmiy-ijodiy ishlar natijasi sifatida olimning 300 ga yaqin ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalari, risolalari, qo'llanmalari, darslik va monografiyalari e'lon qilindi. S.Rajabov pedagogika fanlari bo'yicha ilmiy darajalar beruvchi bir necha ixtisoslashgan Ilmiy kengashlarning raisi hamda Dushanbe Davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengash a'zosi sifatida katta faoliyat ko'rsatdi. Siddiq Rajabovning ko'p qirrali jamoatchilik faoliyatida uning Respublika pedagogika jamiyati markaziy Kengashi Prezidiumiga raisligi asosiy o'rin egallaydi. Siddiq Rajabovning pedagogika fani va xalq ta'limi ravnaqi yo'lidagi mehnatlari hukumat va xalqimiz tomonidan yuksak baholandi. Qori-Niyoziy 1920 yilda yosh avlod uchun Tabiatdan bir parcha darsligini yozdi, uni o'zi tahrir qildi, xarajatlarni ham to'ladi va tarqatdi. O'sha paytda Qo'qonda Dorilmuallim deb atalgan ta'lim-tarbiya kursi va bir internat ham ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
574.43 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:59
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
574.43 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:59 ]
Arxiv ichida: pptx