Sillabus (syllabus) ni ishlab chiqish metodikasi SILLABUS (SYLLABUS) SO'ZINING KYeLIB ChIQISh TARIXI Sillabus (lat. Syllabus Errorum - «ikkilanishlar ro'yxati») - 1864 yilda Rim cherkovi tomonidan ishlab chiqilgan muhokama qilinadigan ta'limot va tamoyillar ro'yxati. Qadimda mazkur atama (lat. syllabus - katalog) Rim cherkovi tomonidan papa tomonidan ishlab chiqilgan qonunlarni kodifikatsiyalash uchun qo'llanilgan. 1864 yil 8 dekabrda Papa Piy IX anafemat panteizm, naturalizm, ratsionalizm, sotsializm, kommunizm, yashirin tashkilotlar, diniy tashkilotlar, vijdon erkinligi tamoyili, cherkovning davlatdan alohidaligi kabilardan iborat «Hozirgi vaqtdagi eng asosiy ikkilanishlar» nomi bilan mashhur bo'lgan ro'yxatni «Quanta Cura» ensiklikasiga ilova qilgan. Umuman olganda, «Syllabus Errorum» siysiy, diniy, madaniy va maishiy liberalizmga qarshi yo'naltirilgan. SILLABUS (SYLLABUS) PYeDAGOGIK ATAMA SIFATIDA Sillabus(Syllabus) - o'quv fanining qisqacha tavsifi va asosiy jihatlarini o'zida aks ettiruvchi o'quv kursi bo'yicha talaba uchun dastur. Sillabus professor-o'qituvchi va talabalar o'rtasida kommunikatsiya vositasi sifatida xizmat qiladi. Sillabus talaba kursni o'zlashtirishning birinchi kunidan bilishi zarur bo'lgan o'quv fanining qisqacha annotatsiyasi, uni o'rganishning maqsadi, o'tiladigan mavzular jadvali, muvaffaqiyatli o'zlashtirish shart-sharoitlaridan tashkil topadi. Sillabusning tarkibiy qismlari: Professor-o'qituvchi haqida ma'lumot. Murojaat uchun ma'lumotnoma. Prerekvizitlar (Prerequisite). Postrekvizitlar (Postrequisite) . Fanning qisqacha tavsifi. Fanning maqsadi. Fanning vazifalari. Fanni o'rganishga qo'yiladigan talablar. Taqvim-mavzuiy reja. ma'ruza va amaliy mashg'ulotlar rejasi. Talabalarning mustaqil ishlarini o'tkazish (konsultatsiya) rejasi. Mustaqil ishlarni bajarish va topshirish jadvali. Kurs ishi mavzulari banki. Asosiy va qo'shimcha adabiyotlar ro'yxati. Talabaning o'quv ishlari natijalarini nazorat qilishga doir savollar. Talabalarning bilimini baholash tizimi. Talabaning reytingini belgilash shkalasi. Yakuniy baholash tartibi. Talabaning o'quv natijalarining reyting-balli va an'anaviy baholash tizimi. Professor-o'qituvchining ismi, familiyasi va otasining ismi, ilmiy darajasi va unvoni, lavozimi, murojaat qilish tartibi (tel, el. pochta), ilmiy maktabi va ilmiy qiziqishlari Sillabusning mazkur qismini yozishda professor-o'qituvchining shaxsiy va kasbiy sifatlari haqida etarlicha tasavvur hoschil qiladigan asosiy ma'lumotlar yozilishi kerak. Alohida holatlarda (magistrant va katta ilmiy xodim-izlanuvchilar hamda ijodiy tavsifga ega va tilshunoslikka oid fanlar) qo'shimcha ravishda professor-o'qituvchilarning magistrantlar va katta ilmiy xodim-izlanuvchilarga rahbarlik qilish huquqi, chet tillarni egallanganlik darajasi kabi ma'lumotlar kiritilishi mumkin. PRYeRYeKVIZIT VA POSTRYeKVIZIT FANLAR Prerekvizitlar (Prerequisite) - o'rgani-layotgan fanni o'zlashtirish uchun egallanishi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarni o'zida aks ettiruvchi fanlar. Silabusda nafaqat talaba o'zlashtirishi zarur bo'lgan fanlar, imkoni boricha aniq mavzular, bilim va ko'nikmalar ro'yxati keltirilishi kerak. Postrekvizitlar (Postrequisite) - kursni o'zlashtirish tugallanguniga qadar o'zlashtirish zarur bo'lgan fanlar. O'quv fani tavsifi O'quv fani tavsifi o'zida o'quv fanining zaruriyatini aniqlash, fanning maqsad va vazifalarini, qisqacha mazmuni va o'quv fanini amalga oshirish rejasini o'zida aks ettiradi. ADABIYoTLAR RO'YXATI Adabiyotlar ro'yxatida adabiyotlar asosiy va qo'shimcha tarzda taklif ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
76.51 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:59
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
76.51 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:59 ]
Arxiv ichida: pptx