Sinf jamoasini tashkil etish va uni tarbiyalash metodikasi

Sinf jamoasini tashkil etish va uni tarbiyalash metodikasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Sinf jamoasini tashkil etish va uni tarbiyalash metodikasi - rasmi

Material tavsifi

Sinf jamoasini tashkil etish va uni tarbiyalash metodikasi 1. Sinf rahbari ishida o'quvchilar jamoasini shakllantirish markaziy vazifa hisoblanadi, chunki jamoada shaxsni tarbiyalash - tarbiyaning yetakchi prinsipidir. Bolalar jamoasini shakllantirish metodikasi hozirgi kunda ancha to'liq va mukammal ishlab chiqilgan. Bu metodikaning umumiy asoslari pedagogika kursida bayon etaman, jamoa va jamoada shaxsni tarbiyalash nazariyasiga tayanadi. Jamoa nazariyasi qoidalariga muvofiq uni yaratish metodikasi ishlab chiqilgan. Uning umumiy asoslari quyidagilardan iborat: talablar qo'yish; faollarni aniqlash, o'quv mehnat, ijtimoiy siyosiy va ommaviy madaniy faoliyatdagi istiqbollarni tashkil etish; sog'lom jamoatchilik fikrini shakllantirish, ijobiy an'analarni yaratish, va ko'paytirish. ta'riflangan bu qoidalar har qanday jamoa (maktab, sinf jamoasi, maktabdan tashqari bolalar birlashmasi va hoka'zolar)ni shakllantirish va rivojlantirish uchun qo'llanma bo'lib hisoblanadi. Bolalarning jamoa turmush, normalari va qoidalarining intizomini bo'zilishiga munosabatlarini kuzatib jamoaning tashkiliy tuzulishi ta'sirchanligi ishonch hosil qilish mumkin. Jamoa rivojlanishining dastlabki bosqichlarida bolalar tarqoq bo'lib, ularda yakdil fikr va sinf rahbari tayanishi mumkin bo'lgan ta'sirchan faollar bo'lmaydi. Shuning uchun jamoada salbiy hodisalar ochiq muxokama qilinmaydi va mustaqil jamoa qarori qabul qilinmaydi. Agar jamoa rivojlanishning 2-chi bosqichida bo'lsa, nomigagina emas balki harakatlarini qo'llab quvvatlaydigan haqiqiy harakat qiluvchi faollar bo'lsa, uning ayrim o'quvchilar va jamoa oldiga muayyan talablar qo'yishini kuzatish mumkin. Jamoaning rivojlanish darajasidan dalolat beradigan muhim belgilardan biri - o'quvchilarning birgalikdagi faoliyatga ishtiyoqi chiqindi qog'oz yoki metallolom to'plash, kechaga tayyorgarlik ko'rish kabi maktab tajribasida muntazam uchrab turadigan ishlarda ko'zga tashlanadi. Jamoaning rivojlanish darajasini aniqlashda o'quvchilarning faqat sinfdan tashqari faoliyatida namoyon bo'ladigan munosabatlarni tahlil etish bilangina cheklanib bo'lmaydi. Sinf rahbari ishining o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, u oddiy bolalar jamoasini emas, balki o'quvchilar jamoasini shakllantiradi. O'quvchilarning asosiy vazifasi o'qishdan iborat. Shuning uchun sinf rahbari dastavval bolalarning o'qishga qanday munosabatda ekanliklarni, o'zlarini darsda qanday tutishlarni, o'zlarini darsda qanday tutishlarni, uy vazifalarni sidqidildan bajarishlarni yoki bajarmasliklarni aniqlaydi. Va nihoyat eng muhimi - ularning o'qishdagi muljallari ijtimoiy mohiyatga molik yoki molik emasligi hisoblanadi. 8-«B» sinfda shpargalkalar, aytib turishlar ko'chirib yozishlar avj olgan edi. O'quvchilar buni tan olishdan ham uyalishmas, bunday holni o'ziga xos do'stlik jamoatchilik deb hisoblashishar edi. Aksincha savollarga javob olishda «Sen shpargalkaga qanday munosabatdasan?» degan savolga faqat bir o'quvchi - Nargiza bunday deb yozdi: «Aytib turishni va aytib turishdn foydalanishni o'ziga ep ko'rmayman». Anketa savollariga javob qaytarish natijalarini muhokama qilish chog'ida ko'pchilik Nargizaning tutgan yo'lidan g'azablanishdi: Qaranglar qanday mag'rurlanib ketibdi! Qadr- qimmat bizda ham bor, lekin u algebra bo'yicha kontrol ishga nisbatan ancha muhimroq ishlarda namoyon bo'ladi. Sinf rahbariga bu sinfda ishlash juda qiyin edi. Bu yerda ko'pgina qobilyatli va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.37 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.37 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga