Sinf o'quvchilari uchun harakatli o'yinlar. 7-8 sinfni jismoniy tarbiya darsida o'tiladigan harakatli o'inlarni soni o'qituvchi tomonidan qo'yilgan vazifaga, shug'ullanuvchilarning tarkibiga va ish sharoitiga bog'liq bo'ladi. Jismoniy tarbiya darsida o'smirlarni o'yin bilan shug'illanish jarayonida asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: o'yin vaziyatida gimnastika mashqlar (umbaloq oshishlar, tayanib sakrashlar, tirmashib chiqish mashiqi, muvozanat saqlash), yengil atletika mashqlari (past va yuqori start, tez yurish, yugurib kelib uzunlikka va balandlikka sakrash, kichik va katta koptoklarni uloqtirish), to'pni egallash malakalarini (basketbol, futbol, voleybol o'yini uchun) mustahkamlash va takomillashtirish; o'z jamoasini javobgarligini his qilish, o'zaro yordamdlashish malakalarini, jamoa maanfati uchun oqilona tavakkal qilishni bilishni tarbiyalash; o'yin qoidalarini buzganga chiday olmaslikni harakatni aniq bir maqsadga qaratilganligini, o'zini tuta bilishligini, diqqatini taqsimlamoqni, harakatda orienterini tez ola bilishni tarbiyalash; komandali o'yinlarda tashkilotchilik malaklarini, sport o'yiniga bir muncha yaqin bo'lgan murakkab harakatli o'yinlarida xakamlik malakalrini rivojlantirish. Bu vazifalarni barchasini o'smirlarni o'zlashtirishga va gimnastika va yengil atletika, kross tayyorgarligi mashg'ulotlarida ularni ortirgan malakalariga bog'liq, shuningdek kichik sinflarda o'tilgan o'yinlarni ketma-ket xal etiladi. O'yin kichkina sinfdagilar bilan taqoslaganda birmuncha murakkablashib boradi. Shuni hisobga olish kerakki, o'smirlik yoshidagi qiziqish va jismoniy imkoniyati ko'proq o'ziga xos bo'lib boradi. Shundayki qizlarni raqs elementalri, bilan o'ynaladigan o'yinlar, harakat koordinatsiyasini rivojlanishiga (bo'yni tez o'sib borishi bilan bog'liq) yordam beradigan o'yinlar, qiziqtiraboshlaydi; bolalarda esa mushak kuchi tez rivojlanaboshlaydi va shuning uchun ularni qarshilik ko'rsatish bilan kuch ishlatiladigan o'yinlar qiziqtiradi. Gohida guruhga oid metod bilan o'yin o'tkazilishi kerak: o'g'il bolalarga bir vaqtda, bo'lish mumkin bo'lgan, kuch ishlatiladigan o'yin; qiz bolalarga akrobatika raqs elementlari bilan o'ynaladigan o'yin bir vaqtni o'zida taklif qiliandi. guruh usuliyotida o'tkaziladigan o'yinni tashkil qilish va o'tkazilishida o'quvchilarini o'zlarini jalb qilish zarur, chunki ularda tashkilotchilik malakalarini rivojlantiradi. Shu bilan birga o'qituvchilarga va o'quvchilar orasida ajratilgan rahbarlarni o'yinda harakatini bajarishini kuzatish yengil bo'ladi va o'yin texnika va taktikasini to'g'ri egallashni kuzatadi. Kuch ishlatiladigan o'yinlarni o'g'il bolalar uchun alohida - alohida o'tkazish zarur va qiz bolalar uchun yoki musobaqa uyushtirish unda juftliklar unda o'g'il bolalrdan yoki qiz bolalardan tashkil etilgan bo'ladi. O'smirlar katta qiziqish bilan o'yinda harakat texnikasiga tegishli bo'lgan o'yinlarni va uni takomilashtirishni yaxshi ko'radilar, ayniqsa to'pni egallash texnikasini basektbol, futbol, voleybol (o'g'il bolalar uchun) elementlari bo'lgan o'yinlar juda foydalidir. O'smirlar bilan o'yinni kengroq qilib o'tkazishni tavsiya qilinadi, unda nafaqat tezlikni, shuningdek topshiriqni bajarish sifatini xam hisobga olinadi. Masalan, sport o'yinlari, yengil atletika elementlari bilan o'tkaziladigan estafetalar nafaqat tezlikni va biroq vazifani sifatli bajrishini ham hisobga olinadi va bu esa g'alabani aniqlaydi (to'pni uzatishni, halqaga tashlashni, to'pni olib yurishni, estafeta ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.47 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.47 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:59 ]
Arxiv ichida: doc