Sinf rahbari faoliyatida g'oyaviy- siyosiy va ma'naviy - axloqiy tarbiyaning tutgan o'rni Reja: Tarbiyaviy jarayonda g'oyaviy -siyosiy va axloqiy tarbiyani tashkil etish. Sinf rahbari ishini rejalashtirish. Tarbiyaviy ish rejalariga kiritiladigan taminiy ishlar G'oyaviy axloqiy tarbiyaning asosiy maqsadi g'oyaviy axloqiy jihatidan yetuk va faol yoshlarni tayyorlashdir. Eng muhim vazifalardan esa, bu o'quvchilarni axloq talablariga muvofiq takomillashtirishga tomon yo'naltirishdir. Xar bir o'quvchi o'zini-o'zi tarbiyalashning maqsadini aniqlab olishga yordamlashmoq kerak. Buning uchun xar bir o'quvchining ehtiyoj va qiziqish darajasini o'rganish ularga o'z ehtiyojlarini jamiyat manfaatlariga, xal etilayotgan ijtimoiy vazifalarga bo'ysintirishga, o'z jamoasi sharoitida vujudga kelayotgan ehtiyojlarni ko'ra olishga va nixoyat ularning xal qilishning aniq shart-sharoiti va haqiqiy imkoniyatlarni topa olishga o'rgatish sinf rahbarining burchidir. G'oyaviy axloqiy tarbiya vazifalarini amalga oshirish, o'quvchilarni g'oyaviylik , baynalmilallik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash; shaxsning faol pazittsiyasini tarkib toptirish; axborotlar oqimida o'ziga to'g'ri yo'nalish oola bilishga o'rgatish; milliy g'oya uchun kurash jarayonida o'zining faol faoliyati bilan ishtirok etishga tayyorgarlik; mehnat faoliyatida g'oyaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashning ahamiyati tobora ortib bormoqda. O'quvchilarni g'oyaviy-siyosiy, axloqiy jihatdan tarbiyalash, ularda dunyoqarashni shakllantirish asosan darsda xal qilinadi, lekin bu ish sinf rahbari faoliyatida alohida o'rin tutish kerak. Lekin bu muhim masalani xal etishda sinf rahbari quyidagi vazifalarni majmuali xal qilish kerak: 1.O'quvchilarni malum bir darajadagi siyosiy bilimlar, dunyoqarashga doir g'oya va tushunchalar bilan qurollantirish; 2.O'quvchilarda fuqarolik xislarini hosil qilish, yani o'zining mamlakatdagi, xalqi hayotidagi voqealarga aloqador ekanligini anglashiga erishish, vatanparvarlik, baynalmilallik sifatlarini tarbiyalash; 3. O'quvchilarni ijtimoiy-siyosiy amaliyotga, ijtimoiy foydali ishlarga mehnat faoliyatigafaol jalb qilish yo'li bilan ularda ijtimoiy-siyosiy tajribani barpo etish. Sinf rahbari o'quvchilarning darsda egallagan g'oyaviy-siyosiy bilimlarni darsdan tashqaridagi turli tarbiyaviy ishlar vositasida kengaytirildi. Bu ishlar vaqt o'lchovining chegaralanmaganligi, emotsional ta'sir imkoniyatining kengligi shaxsiy ehtiyojga muvofiqligi tufayli o'quvchilar tomonidan darsdagidan ko'ra boshqacharoq qabul qilinadi. Bu narsa yani milliy g'oyalar xar bir kishining xulq-atvorida, xar bir jamoa va xar bir tashkilotning faoliyatidagi ishlar bilan uzviy bog'lab olib borilishi lozim. Ana shunga amal qilgan sinf rahbari xar bir o'quvchini va butun sinf jamoasini faol ijtimoiy ishlarga jalb qiladi, ularda ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan faoliyatda qatnashish ehtiyojini uyg'otadi, bu esa g'oyaviy-siyosiy tarbiyaning natijasidir. O'quvchilarning o'zlari gazeta va jurnallardan maqolalar to'plami sinf burchagida ko'rgamalar tayyorlashi, maxsus gazetalar chiqarishi, axborotlarni o'zlari mustaqil o'tkazishlari foydaldir. Yuqori kurslarda bu ishlarning mazmuni, shakli va metodlari yanada murakkablashadi, manbalar xajmi ko'payadi va ular xalqaro voqealarga doir maxruzalar o'quvchilar anjumanlari, jamoatchilik muxokamalari, munozaralar shaklida o'tadi. Siyosiy axborotlar o'quvchilarda siyosiy bilimlarga chuqur qiziqish uyg'otish, gazeta o'qish, ichki va tashqi voqealarga doir radio eshittirishlarni va teleko'rsatuvlarni tinglash va ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.09 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.09 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:59 ]
Arxiv ichida: doc