Sinf rahbari faoliyatini takomillashtirishda uslubiy birlashmaning o'rni hamda rejalashtirish haqida Reja: 1. Darsning asosiy maqsadi. a) darsning nazariy kismi. 2. Sinf rahbarining metod birlashmasini tuzishdan asosiy maqsad. 3. Sinf rahbari faoliyatini ish uslubini chuqur atroflicha urganib chiqish. 4. Sinf rahbarining bolalar yetakchisi, o'qituvchilar, to'garak rahbarlari, ota-onalar, mahalla tashkilotlari bilan hamkorlikdagi ishlari. 5. Sinf rahbari faoliyatining mazmuni. 6. Metodbirlashma faoliyatini faollashtirish yo'llari. 7. Sinf rahbari metodbirlashmasining o'z oldiga kuygan vazifalari. 8. Metod birlashmaning rejasidagi asosiy yo'nalishlari haqida. b) Darsning amaliy kismi. 9. Sinf rahbarlari uslubiy birlashmasining o'quv yili davomida o'tkaziladigan yigilishlarning ish rejasi haqida hamda taxminiy rejalashtirish haqida tulik tushuncha berish. (savol, bahs-munozara asosida). 1. Darsning asosiy maqsadi. Sinf rahbarlarining metod birlashmasini tuzishdan maqsad, sinf rahbari faoliyatini ish uslubini chuqur urganib chiqish, sinf rahbarining, bolalar yetakchisi, o'qituvchilar, to'garak rahbarlari, ota-onalar, jamoatchilik bilan birgalikdagi ishlari, sinf rahbari faoliyatining mazmuni, metod birlashmasining vazifalari, rejaning asosiy yo'nalishlari haqida tulik tushuncha berish. Sinf rahbarlarining kasb-mahoratini oshirish maqsadida fanlar bo'yicha tashkil etiladigan metodbirlashmalar bilan bir katorda ma'naviy-ma'rifiy tarbiya ishlarini yaxshi yulga kuyish uchun sinf rahbarlarining metodbirlashmalarining tuzilishi xam maqsadga muvofikdir. Sinf rahbarlarining metodbirlashmasini tashkil etish hamda uning samaradorligini oshirishda ma'naviy-ma'rifiy tarbiya ishlari bo'yicha direktor urinbosarlarining o'rni muhimdir. Sinf rahbarlarining metodbirlashmasini 1-4, 5-9, 10-11 - sinflar bo'yicha tuzish maqsadga muvofikdir. Metodbirlashmasini alohida-alohida tuzishdan maqsad, o'quvchilarning faoliyatini to'g'ri yulga kuyish, ularning yosh va o'ziga xos xususiyatlarini, psixologik-pedagogik qonuniyatlarni hisobga olish osonlashadi. Shu maqsad yo'lida sinflar bo'yicha tashkil etilgan metodbirlashmaga rahbar etib, shu sinflarga dars berayotgan tajribali sinf rahbari berkitiladi. Sinf rahbarlari metodbirlashmasining maqsadi va ishining mazmuni maktab va ta'lim-tarbiya oldida turgan umumiy vazifalardan, muammolardan kelib chikadi. Ammo bu umumiy vazifalar, ta'lim-tarbiya jarayonida yul qo'yilgan kamchiliklar xar bir maktab, sinf o'quvchilar faoliyatida turlicha amalga oshishini nazarda tutib, uni aniklashtirish, sharoitdan kelib chikib ish tutish zarur. Sinf rahbarlari metodbirlashmasi ishini tashkil etishdan avval xar bir sinf rahbari faoliyatini ish uslubini chuqur, atroflicha o'rganish, tahlil qilish maqsadga muvofikdir. Buning uchun pedagog ilmiy-tadqiqot usullaridan foydalaniladi. Bular kuyidagilardan iborat: 1. Kuzatish, tahlil qilish, yani sinf rahbari ishlayotgan sinfdagi o'quvchilarning dars va sinfdan tashqari tadbirlarda ishtiroki va xatti-harakatini kuzatish, muxokama etish. 2. o'rganish. Bunda sinf rahbarlarining tarbiyaviy ish rejasi, sinf majlislarining karorlari, sinf jurnali, o'qituvchinin shaxsiy ijodiy rejasi va uning bajarilishi, o'quvchilarning ijodiy ishlari, pedagogik kengash karorlari, o'qituvchining metodik ma'ruzalari, o'quvchilarga yozilgan pedagogik-psixologik xarakteristika va xoka'zolarni ko'rib chikiladi. 3. suhbat. Sinf rahbari bilan bevosita faol muloqot. Bunda sinf rahbarining ta'lim-tarbiya ishida erishgan yutuklari, mavjud kamchiliklari, ishning kaysi yo'nalishda kiynalishi, unda maktab rahbarlari, metodbirlashma, murabbiy ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.33 KB
Ko'rishlar soni
33 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.33 KB
Ko'rishlar soni
33 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:59 ]
Arxiv ichida: doc