Sinf rahbarining oila va jamoatchilik bilan hamkorlikda olib boradigan pedagogik faoliyati

Sinf rahbarining oila va jamoatchilik bilan hamkorlikda olib boradigan pedagogik faoliyati

O'quvchilarga / Pedagogika
Sinf rahbarining oila va jamoatchilik bilan hamkorlikda olib boradigan pedagogik faoliyati - rasmi

Material tavsifi

Sinf rahbarining oila va jamoatchilik bilan hamkorlikda olib boradigan pedagogik faoliyati Reja: 1. Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda Oila, ma halla, maktab hamkorligi konsepsiyasining o'rni va ahamiyati. 2. Sinf rahbarining oila va jamoa bilan olib boradigan faoliyati. 3. o'quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla va ta'lim muassasasi hamkorligini amalga oshirish tamoyillari va bosqichlari. Tarbiya jarayoni ishtirokchilari saxy- harakatlarini birlashtirish maqsadida 1993 yilda ishlab chiqilgan Oila, mahalla, o'quv bilim yurti hamkorligi konsepsiyasi yoshlarni istiqlol g'oyalariga sadoqatli, ma'naviy barkamol, vatanparvar etib tarbiyalashda keng jamoatchilik faoliyatini muvofiqlashtirish borasida malum dasturilamal buldi. Mamlakatimizda keyingi yillarda qabul qilingan ta'lim va tarbiya tug'risidagi qator me'yoriy hujjatlar, jumladan O'zbekiston Respublikasining ta'lim to'g'risidagi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi bozor iqtisodiyoti sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan, mustaqil fikrlovchi kadrlarni tayyorlashda oila, mahalla va o'quv bilim yurti nufuzini yanada yuqori pog'onaga ko'tarishni taqzo etadi. Zero, ta'lim-tarbiyani takomillashtirishda ham davlat bosh islohotchidir, Prezidentimiz takidlaganidek, birinchidan, yosh avlodga o'zligimizni, muqaddas an'analarimizni anglash tuyg'ularini, xalqimizning ko'p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo'yilgan oliy maqsad va vazifalarni singdirish; ikkinchidan, jamiyatimizda bugun mavjud bo'lgan hurfikrlikdan qatiy nazar yoshlarni jipslashtiradigan, xalqimiz va davlatimiz daxlsizligini asraydigan, el-yurtimizni eng yuksak maqsadlar sari chorlaydigan yagona g'oya - milliy mafkuraga sadoqat ru hida tarbiyalash; uchinchidan, yoshlarni baynalmilal jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda O'zbekistonga munosib hurmat tug'dirish uchun intilish ru hida tarbiyalash; to'rtinchidan, yosh avlodni vatanparvarlik, el-yurtga sadokat, yuksak odamiylik va insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash; beshinchidan, yosh avlodni ulug' ajdodlarimizning munosib vorislari ekanliklari, ayni vaqtda jahon va zamonning umumbashariy yutuqlarini egallash ruhida tarbiyalash O'zbekistonda o'quvchi-yoshlarni tarbiyalashning eng dolzarb masalasidir. Davlatimiz rahbari ko'rsatib berganidek, ta'lim-tarbiya so hasidagi islohotlar: birinchidan, ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta'sir ko'rsatishga, umuman mamlakatdagi mavjud muhitni butunlay o'zgartirishga; ikkinchidan, insonning hayotda o'z o'rnini topishini tezlashtirishga; uchinchidan, jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin Shaxsni shakllantirishta; to'rtinchidan, insondagi mavjud salohiyatni to'la ro'yobga chiqarishga; beshinchidan, umumiy va maxsus bilimlarga ega, ongli, tafakkuri ozod, zamonaviy dunyoqarash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga voris bo'lgan, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etadigan komil insonlarni tarbiyalashga qaratilgan. Mazkur konsepsiyada taraqiyotimizning ma'naviy-axloqiy negizi milliy va umuman insoniy qadriyatlar uyg'unligi ekanligi etirof etildi, milliy va umuminsoniy tarbiyaning quyidagi o'zaro aloqalari, uyg'un yo'nalishlari belgilab olindi. Milliy tarbiya yo'nalishi orqali yoshlarda o'zlikni anglash, vatanparvarlik, milliy Fypyp, millatlararo muloqot madaniyati, milliy mafkuraviy onglilik, milliy odob, fidoiylik fazilatlari shakllantiriladi. Umuminsoniy yo'nalishda huquqiy, iqtisodiy, jismoniy, aqliy, estetik, ekologik, gigiyonik va boshqa tarbiya yo'nalishlari amalga oshiriladi. Bu konsepsiya milliy davlatchilik va jamiyat qurilishi talablari asosliligini ta'minlaydi. konsepsiyada oilaga alohida etibor qaratildi. O'zbekistonda 1998 yil Oila yili deb elon qilinishi oilaning tarbiyaviy rolini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.83 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.83 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga