Sinf rahbarining shaxs va jamoani o'rganish metodikasi Reja: 1.Sinf jamoasini tashkil etish va tarbiyalashga qo'yilgan talablar. 2. Sinf jamoasini tarbiyalash ishini rejalashtirish. 3. Sinf jamoasi bilan ishlash va unga rahbarlik qilish. Jamoa nazariyasi qoidalariga muvofik, uni yaratish metodikasi ishlab chiqilgan. Uning umumiy asoslari kuyidagilardan iborat: talablar kuyish, faollarni tarbiyalash, o'quv, mehnat, ijtimoiy-siyosiy va ommaviy-madaniy faoliyatdagi istiqbollarni tashkil etish, sog'lom jamoatchilik fikrini shakllantirish, ijobiy an'analarni yaratish va ko'paytirish. ta'riflangan bu qoidalar har qanday jamoa (ta'lim muassasasi, sinf jamoasi, ta'lim muassasasidan tashqari o'quvchilar birlashmasi va xoka'zolar)ni shakllantirish va rivojlantarish uchun qo'llanma hisoblanadi. Mazkur bobda gap sinf jamoasini barpo etish va rivojlantirish, sinf rahbarining shu yo'nalishdagi ishi haqida boradi. Tarbiya metodlarini tanlashda ularning jamoaning rivojlanish darajasiga mosligi muvaffakiyatning muhim sharti hisoblanadi. Shuning uchun har bir pedagog tarbiyaviy ishni sinfdagi jamoa munosabatlarining rivojlanishi darajasi (bosqichi, davri)ni aniklashdan boshlaydi. Pedagogning esa yangi sinf bilan ko'p marta ish boshlashiga tug'ri keladi: o'z mehnat faoliyatining dastlabki yilida, sinfni navbatdagi bitirib chiqish mavsumidan keyin, baxzan esa ta'lim muassasasida vujudga kelgan vaziyat taqozosi bilan. Sinf rahbari uzining metodlari jamoaning rivojlanishiga tuskinlik kilmasligi uchun shunday keyingi ishlari davomida vaqti vaqti bilan jamoaning rivojlanish darajasini anglab turadi. Nazariyada jamoa rivojlanishining uch yoki turtta darajasi ajratib kursatiladi («Pedagogika» darsligining tegishli bobiga karang). boshlang'ich daraja pedagogning kuch-gayrati natijasida sinfda o'rnatilgan muayyan darajadagi tartib, intizom bilan, tarbiyalanuvchilarning uncha katta bo'lmagan qismi sinf rahbarining harakatlarini qo'llab-quvvatlashi bilan izoxlanadi. Tarbiya jarayoni o'z - o'zini tarbiyalash jarayoniga o'tganda yuksak darajaga erishiladi. Ayrim o'quvchilar va umuman jamoa o'z faoliyatini mustaqil rejalashtiradi va tashkil etadi, o'ziga va bir-biriga talablar kuyadi va o'z-o'zini nazorat qiladi. Sinf rahbari va o'quvchilar jamoasi o'y-niyatlari va ishlarida birgadirlar. Past darajadan yuqori darajagacha boradigan yul uzoq bo'lib, muayyan qiyiichiliklarni bartaraf etish bilan kechadi. Ayni paytda jamoani shakllantirish yuzasidan olib boriladigan ishlar juda qiziqarlidir. Bu sinf rahbarining asosiy ishidir. Umuman ta'lim muassasasi tarbiyachisining asosiy natijalari bu ish qanchalik muvaffaqiyatli o'tishiga borliq bo'ladi. Agar o'quvchilar jamoasi barpo etilmagan bo'lsa, o'quvchi ta'lim muassasasini hech afsuslanmay tark etadi, hatto keyinchalik o'qigan yillarini eslamaydi xam. O'quvchilar jamoasini inoq jamoaga birlashtnrgan moxir sinf rahbari qo'lida tarbiyalangan odam baxtlidir. Ulg'ayayotgan kishi, fuqaroning hayotdagi mavqeini shakllantirishda, uning hayot yo'lini belgilashda o'z vazifasini anglash sinf rahbarining tarbiyalanuvchilar jamoasini barpo etish yuzasidan olib boradigan faol va qatiy faoliyatining zarur sharti hisoblanadi. Jamoa shakllanish bosqichlari. Jamoaning rivojlanish darajasini belgilash metodikasi ko'p. Uning mohiyati u yoki bu rivojlanish darajasidagi jamoa normativ ta'rifini aniq jamoa ta'rifi bilan taqqoslashdan iboratdir ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan maqsadning, pedagoglar bilan o'quvchilarning birgalikdagi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.51 KB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.51 KB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:59 ]
Arxiv ichida: doc