Sinf rahbarning tarbiyaviy faoliyati samaradorligini oshirish shart-sharoitlari Sinf rahbari maktab o'qituvchilar jamoasi va pedagogika kengashining azosidir. Sinf rahbarining burchi juda keng va ko'p tomonlamadir. Sinf rahbari ishining asosiy qismi o'quvchilarni o'rganish. O'quvchilar bilim sifatini oshirish hamda ularning tartib intizomini mustahkamlash. Darsdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va ularni o'tkazish. O'quvchilarning ota-onalari bilan olib boriladigan ishlar ham sinf rahbarining asosiy vazifalaridan biridir. O'quvchilar jamoasi - sinf rahbarining tayanchi. O'quvchilarni tarbiyalashda sinf jamoasidagi barcha o'quvchilarning bir-birlariga ta'sirlari katta ahamiyatga ega. Ularni bir-biriga ko'rsatadigan o'rnaklari intizomni yaxshilash va mustahkamlashga, ularni xulq madaniyatini, odatini, ko'nikmasini hosil qiladi. Sinf rahbari bolalarni odobli qilib tarbiyalashni, ularga andisha bilan gapirishni, maqbul hrakat qilishni o'rgatishi lozim. Alisher Navoiy «Mahbub-ul-qulub» asarida ta'lim-tarbiya jarayonlarini, vositalarini, axloq-odob talablarini ko'rsatadi. O'z davridagi musulmon maktablarining yutuq va kamchiliklarini tahlil etadi. O'qituvchi odobi va muallimlik kasbi, mudarrislar, maktabdorlar va ta'lim berayotgan fanini va tarbiya jaaryonini sevishi kerak deydi. O'ziga xos o'quvchi jamiyatda obro'li va hurmatga loyiq insondir, deb hisoblaydi. Shogirdlar muallimni hurmat qilishlari, e'zozlashlari zarurligini uqtiradi. Navoiyning fikricha, bazan bir kishi bitta bolaga tarbiya berishga ojizlik qiladi, muallim esa bir nechta bola-sinf jamoasini tashkil etadi va ilmu-adab o'rgatadi. Bu jarayonda sinf rahbari ko'p mashaqqatlarga duch keladi. Shuning uchun shogirdlar ustoz oldida umrbod qarzdor ekanliklarini his etishlari lozim. Shogird podsholik martabasiga erishsa ham muallimga qulluq qilsa arziydi. Xak yo'lida senga bir harf o'qitmish ranj ila, Aylamak bo'lmas ado oning haqin yuz ganj ila. Sinf rahbari o'quvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalar ekan, u o'z faoliyatida quyidagi talablarga rioya qilishi kerak: - sinf rahbari o'quvchi ota-onasining mansabi, boyligiga qarab bolaga muomala qilmasligi lozim. - sinf rahbari bolalarga axloqiy normalarni o'rgatishi kerak. - gerdayishi, manmanlik, tamagirlik, nodonlik kabi illatlar o'qituvchi axloqiga yod sifatlardir. - xalq nazarida olim hisoblanadigan o'qituvchilar yomon ishlardan, fisku-fasoddan o'zlarini tiya bilishlari zarur. Sinf rahbarining ota-onalar bilan to'g'ri muomila qila olishi murakkab, nozik ish. Chunki hozirgi ota-onalarning ko'pchiligi o'rta yoki oliy ma'lumotli kishilar, ular vaqtli matbuot, televidinie, radio orqali ko'pgina pedagogik axborotlarni bilib oladilar. Shunday vaziyatlar ham bo'ladiki, o'g'il yoki qiz bola maktabda o'zboshimchalik qiladi, lekin oilada xushyor va gapga quloq soladi, yoki aksincha. Oilada muomalasi qo'pol, o'zboshimcha, maktabda esa o'zini xushmuamola, intizomli tutadi. Buning sababi nimada? Bunday holatlarning hammasi uchun bir xil sabab va to'g'ri javobni topish amri mahol. Chunki har bir holatda uning sabablari turlicha bo'lishi mumkin. Demak, sinf rahbari va ota-onalarning maqsadlari bir hil bo'lsa ham, ularning hamkorligi, bir-birini tushunishi, muomala munosabatlari qarama-qarshiliklarsiz bo'lmaydi. Sinf rahbarining faoliyati kamol topayotgan kishi shaxsini tarkib ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.67 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.67 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:59 ]
Arxiv ichida: doc