Sinf rahbarning vazifalari

Sinf rahbarning vazifalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Sinf rahbarning vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Sinf rahbarning vazifalari Sinf rahbari ishining maqsad va vazifalari o'quvchilarning bir xil saviyada, bir xil yoshda, bilimi jihatidan ham teng bo'lgan jamoasini boshqarib turavchi pedagog sinf rahbari deb ataladi. Sinf rahbarining asosiy maqsadi o'quvchilarini to'g'ri tarbiyaiash jarayonida o'quvchi va sinf rahbari bilan bir-birini tushuna olishini ta'minlashdir. Maktabda o'quvchilarga tarbiya sinf rahbarining ishlari orqali beriladi. Jumladan, tadbirlar, mushoiralar, har xil kechalar, uchrashuvlar, tanlovlar va boshqa o'yinlar orqali o'quvchilarga ta'lim-tarbiya beriladi. Shunga qarab o'quvchilarning fikrlash qobiliyati rivojlanib boradi. Sinf rahbari maktab ma'muriyati bilan birgalikda va mahalla jamoasi, ota-onalar bilan hamkorlikda tarbiyaviy ishlarni olib boradi. Maktab ma'muriyati sinf rahbari va uning olib borayotgan ishlarini doimo qo'llab-quwatlashlari lozim. Chunki sinf rahbari o'z o'quvchilarini yaxshi biladi va ularni tarbiyaiash uchun nimalar kerakligini hisobga olib ish yuritadi. Sinf rahbari ishini ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari boshqarib turadi. Sinf rahbarining ish rejasini maktab direktori va direktor o'rinbosari tuzadi va nazorat qilib boradi. Boshlang'ich sinf maktab ta'limining dastlabki bosqichidir. Bolalar o'qituvchi rahbarligida ta'limga birinchi qadam qo'yadilar. O'quv faoliyatida bilim, ko'nikma va malakalarni egallaydilar. O'qituvchi sinf bilan ko'pincha yolg'iz ishlaydi va tarbiyachi sifatida ish yuritadi. O'qituvchilarning bolalarga bo'lgan munosabati katta mehribonlik va g'amxo'rlik bilan xarakterlanadi. Bular esa talabchanlik bilan olib boriladi. O'quvchilar bilan bo'ladigan o'zaro munosabatlarni to'g'ri yo'lga qo'yish hamda o'quvchi­laming o'sishi va rivojlanishiga qarab ularni qayta qurish xususiyati ham sinf rahbari uchun muhim ahamiyatga ega. Sinf jamoasini tashkil etishda sinf rahbarining roli kattadir. Sinf majlisi o'tkazish uchun avvalo jamoa jipslashtiriladi. Sinf rahbari majlisda ko'plab masalahrni ko'taradi. Sinf majlisida 3-4 ta masalalar ko'rilib, muammoli tomonlari tahlil qilinadi va o'z yechimini topishi kerak bo'ladi. Maktab ustavida sinf rahbarining asosiy vazifalari belgilab berilgan. Sinf rahbari barcha o'qituvchilar bilan birgalikda aloqada bo'lib, o'zining sinfi bilan tarbiyaviy ishlarni olib boradi. O'qituvchilar tamonidan o'quvchilarga qo'yiladigan pedagogik talablar birligiga erishadi. Ota-onalar, kun uzaytirilgan guruh tarbiyachilari, jamoatchilik bilan doimo aloqada boiib turadi. Zarur bo'lgan vaqtda o'qishda o'quvchilarga yordam ko'rsatishni tashkil etadi. Sinf rahbari qiladigan ishlar hujjatlarini yuritadi va uni maktab ma'muriyatiga taqdim etadL,O'quvchilar sog'lig'ini mustahkamlashga doir ishlarni o'tkazadi va jismoniy hamda aqliy mehnat qilishga o'rgatib boradi. Sinf rahbari majlis o'tkazish davomida yaxshi o'qiydigan bolalarni sinfda, ya'ni jamoa ichida rag'batlantirishi kerak. Bolalar bir-biriga do'stona munosabatdabo'lishadi. Ularni bir-biriga qarab yaxshi o'qiy boshlashiga intiladi. Yomon o'qiydigan bolalar ham yaxshi o'qiydigan bolalarga intilib, ular ham yaxshi o'qishga harakat qiladi. Bundan tashqari sinf rahbari o'quvchilarning saviyasi rivojlanishi uchun o'zi sinfda kutubxona qilishi kerak. SINF RAHBARI QUYIDAGI VAZIFALARNI BAJARADI: O'ziga yuklatilgan sinfdagi tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi. Bu vazifani bajarayotganda u ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 213.9 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:59 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 213.9 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga