Sinfda o'qish metodikasi Reja: O'qish darslarining maqsad va vazifalari, ta'limiy - tarbiyaviy ahamiyati O'qish darslarida qo'llaniladigan metod va usullar O'qish darslarida qo'llaniladigan metod va usullar O'qish turlari Kichik yoshdagi o'quvchilarning badiiy asarni idrok etishdagi psixologik xususiyatlari Badiiy asar ustida ishlash jarayoni Badiiy asarni o'qishga tayyorgarlik Asar bilan tanishtirish Badiiy asar matni ustida ishlash Adabiy tushunchalar ustida ishlash Boshlang'ich sinflarning o'qish darslari o'z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko'ra ta'lim tizimida alohida o'rin tutadi. Negaki uning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta'limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshqa predmetlar ta'limini o'qish ta'limisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. o'quvchi matnni to'g'ri, tez, tushunib o'qish, mazmunini o'zlashtirish bilan ilk bor o'qish darslarida yuzlashadi. O'qish darslari orqali o'quvchilarning Davlat ta'lim standartlari (DTS) talablari bo'yicha o'zlashtirishlari ko'zda tutilgan o'quv-biluv ko'nikma-malakalari hamda bilimlarni egallashlariga yo'l ochiladi. Aynan o'qish ta'limida insonning, avvalo, o'zligini, qolaversa olamni anglashga bo'lgan intilishlariga turtki beriladi. Shu maqsadda «O'qish kitobi» darsliklariga ona tabiat, atrofimizni o'rab turgan olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va bolalar hayoti, mehnatsevarlik, istiqlol va milliy-ma'naviy qadriyatlar, xalqlar do'stligi va tinchlik kabi turli mavzular bo'yicha atroflicha tushunchalar berishga mo'ljallangan badiiy, axloqiy-ta'limiy, ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi. O'qish darslari savod o'rgatish davrida o'quvchilarni bo'g'in, so'z va gaplar bilan tanishtirish va ularni o'qish, rasmlar asosida hikoya qilish tarzida uyushtirilsa, o'qish texnikasi egallangandan so'ng o'qish muayyan mavzular bo'yicha tanlangan badiiy, ilmiy-ommabop matnlar yuzasidan olib boriladi. Boshlang'ich ta'lim bo'yicha DTS va «Ona tili» o'quv dasturida o'qish ta'limi oldiga qo'yilgan talablarni amalga oshirish sinfda o'qishni to'g'ri tashkil qilish, o'qitish bosqichlari, tamoyillari va metodlari, birinchi navbatda, ilg'or pedagogik texnologiyalardan o'rinli foydalanishga ko'p jihatdan bog'liqdir. Malumki, sinfda o'qish asosida badiiy va ilmiy-ommabop matnlar turadi. O'quvchilarni matn bilan tanishtirish o'qishga tayyorgarlik bosqichidan boshlanadi. Tayyorgarlik bosqichi yozuvchilar haqida ma'lumot berish, o'quvchilarni asarda tasvirlanadigan voqea-hodisalarni idrok qilish, asar pafosini his etish, notanish va ko'p manoli so'zlar, murakkabroq tarzdagi obrazli ifodalarni izohlash kabi masalalarni o'z ichiga oladi. Agar asar yil fasllari haqida bo'lsa, tabiat qo'yniga sayohat uyushtirish ham sinfda o'qish muvaffaqiyatini ta'minlashga xizmat qiladi. Matn bilan dastlabki tanishuvdan so'ng quyidagicha savollar bilan murojaat qilish darsda o'quvchilarning faolligini oshiradi: 1. Hikoyadagi qaysi epizodni qiziqarli deb o'ylaysiz? 2. Hikoya qahramonlaridan qaysi birining xatti-harakatini maqullaysiz? Qaysi birining fel-atvori, o'zini tutishi sizga yoqmadi? 3. Hayotda shunday kishilarni uchratganmisiz? Sinfda o'qishning muvaffaqiyatini ta'minlaydigan omillardan yana biri tanlab o'qishdir. Masalan: 3-sinfda X. To'xtaboevning «Hassa» hikoyasi bilan tanishish jarayonida Qobil boboning savollariga Shavkatning javoblari yoki S. Anorboevning «Bahs» hikoyasidagi bolalarning bahslashishi epizodi yuzasidan o'qituvchi topshirig'iga ko'ra mazkur o'rinlarni tanlab qayta o'qilishi natijasida ushbu ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
50.33 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
50.33 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:59 ]
Arxiv ichida: doc