Sinfdan tashqari ish Reja: 1. Tarix bo'yicha sifndan tashqari ishning vazifalari. Uning asosiy belgilari. Dars bilan bog'likligi. 2. Tarix bo'yicha sinfdan tashqari ish mazmuni 3. Tarix bo'yicha sinfdan tashqari ishning asosiy formalari (shakllari). Darsdan tashqarida o'tkaziladigan fan bo'yicha tarbiyaviy ish-darsdan tashqari eki sinfdan tashqari ish deb ataladi. U o'quvchida adab-axloqni shakllashtirishga mehnatsevarlik, har bir ishda javobgarlikni seza bilishga imkon beradi. Sinfdan tashqari ishda kitob, ma'lumotnoma adabietlar bilan ishlashish, referat ezish. retsenzilash, baenat qilish o'rganiladi. Lekin sinfdan tashqari ishning o'ziga xos tomonlari bor: Birinchidan, sinfdan tashqari dars ixtieriylik xarakterga ega bo'ladi. Uning o'tkazilish vaqti o'qituvchi tomonidan belgilanadi. Iqtieriylik o'quvchilarning yakka imkoniyatlarini, tashabbuslarini (initsiativa) bilishga erdam beradi. Ikkinchidan sinfdan tashqari ish mazmunini tanlashda o'qituvchi erkin bo'ladi (dars mazmuni esa davlat dasturi bilan belgilanar edi). Uchinchidan, sinfdan tashqari ishda o'quvchilarning psixologik va esh xususiyatlarini hisobga olish uchun imkon tug'iladi. Unda har xil ish formalarini qo'llanish mumkin Turtinchidan, o'quvchilar arxiv, kutubxona, muzeylarda bo'lib, tadqiqot elementlaridan foydalanish hisobidan o'zlarining intellektulligini, amaliy ko'nikmalarini hosil qilishlari mumkin. Besinchidan, darsning o'ziga nisbatan, sinfdan tashqari ishda hozirgi davr bilan yaqindan aloqa o'rnatiladi. Sinfdan tashqari ish bilan dars chambarchas bir-biri bilan bog'lanishgan. Ularning ikkisi ham bitta masalani echadi. Darsdagi bitim, sinfdan tashqari ishda kengaytiriladi. Dars kabi sinfdan tashqari ish ham barcha o'quvchilan uchun shart Sinfdan tashqari ish bo'yicha metodlar klassifikatsiyasi 40 yillarda uslubchi V.N.Bernadskiy tomonidan beriladi. Unda 4 yo'nalish bo'lib ko'rsatiladi. 1) kitob bilan ishlash asosidagi sinfdan tashqari o'qish. 2) ko'rgazmalilik bilan ishlash asosida esdaliklar, kinofilmlar, tasviriy ko'rsatmalilik orqali tarixni o'rganish 3) o'qituvchining jonli nutqi asosida suhbat, darsdan tashqari ma'ruza 4) tarixiy materialning o'quvchilar tomonidan faol qabul qilinishi va qayta ishlanishi asosida referatlar, disputlar, o'yinlar o'tkazish. V.N.Bernadskiy sinfdan tashqari ishning asosiy tashkiliy formasini to'garak (krujok) deb hisoblaydi. Tarix bo'yicha sinfdan tashqari ish nazariyasini ishlab chiqishga A.F.Rodin ham malum qissa qo'shdi. U sinfdan tashqari ishning ommaviy formasini tavsiya qildi. Kitob o'qish (tovushlab), ma'ruza, konferensiya, kecha va konkurslar, ekskursiyalar. Nazariya masalasini uslubchi A.A.Vagin davom ettiradi. U bilim manbalari bo'yicha sinfdan tashqari ish turlarining klassifikatsiyasini berdi (o'qituvchining jonli so'zi, bosma matn bilan ishlash, ko'rsatmalilik bilan ishlash) va u sinfdan tashqari ishning 15 tashkiliy formasini tavsiya qiladi: sinfdan tashqari o'qish, tarixiy o'lkashunoslik, ekskursiya, to'garaklar va h.1971 yilda nashr etilgan Metodika obucheniya istorii v sredney shkole kitobida 1-maktabda darsdan tashqari ish degan termin ilmiy muammlaga kirgizildi. Uning mualliflari bu terminni sinfdan tashqari ish o'rniga qo'llanishni tavsiya qiladi. Lekin bu ikkisi hamqo'llanib keladi. Uslubchi I.Z.Ozerskiyning Tarix bo'yicha sinfdan tashqari o'qish ishlariga boshchilik qo'llanmasida tarixiy bilim berishga ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.79 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.79 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:59 ]
Arxiv ichida: doc