Sinfdan tashqari ishlarda tabiatni muhofaza qilish masalalari

Sinfdan tashqari ishlarda tabiatni muhofaza qilish masalalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Sinfdan tashqari ishlarda tabiatni muhofaza qilish masalalari - rasmi

Material tavsifi

Sinfdan tashqari ishlarda tabiatni muhofaza qilish masalalari bitiruv malakaviy ishi KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Tabiatni muhofaza qilish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. XX asrning ikkinchi yarmida tabiiy muhitga antropogen bosim (ta'sir)ning oshib borishi tabiiy muhitning o'zgarishiga olib kelmoqda, shu bois Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 21-aprelda O'zbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi negizida yangi tashkilot - Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi tashkil etish to'g'risida farmonni imzoladi. Farmonda Davlat ekologiya qo'mitasiga yuklangan vazifalar qatorida ekologik tarbiya, targ'ibot va ma'rifiy ishlarni, shuningdek, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasi mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish belgilangan. Bu borada kelajak avlodni tabiatga to'g'ri munosabatda bo'lishga o'rgatishda umumiy o'rta ta'lim maktablarida geografiya fanining imkoniyatlari kattaligini hisobga olib, sinfdan tashqari ishlarda tabiatni muhofaza qilish masalalarini tahlil qilish ishning alohida dolzarbligi sanaladi. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi tabiatni muhofaza qilish bilan bog'liq sinfdan tashqari ishlarni tahlil qilish orqali o'quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari ishlarning shakl va usullarini ko'rsatish hamda ularga qo'yiladigan pedogogik talablar, tadbir ishlanmalarini ishlab chiqishdan iborat. Bitiruv malakaviy ishining vazifasi ishning maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalarni amalga oshirishni taqoza etadi. 1. Sinfdan tashqari ishlarning mazmun va mohiyati ahamiyatini ochib berish. 2.O'quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari ishlarning shakl va usullarini ishlab chiqish 3. Geografiyadan sinfdan tashqari ishlarga qo'yiladigan pedogogik talablarni tahlil qilish. 4. Tabiatni muhofoza qilish maqsadida geografiyadan tashkil etiladigan sinfdan tashqari ishlarga oid tadbir ishlanmalari tayyorlash. 5. Ekologik yo'nalishdagi geografiya to'garagi faoliyatini baholash. Bitiruv malakaviy ishining tadqiqot obyekti sifatida esa Qarshi shahridagi №23 shuningdek Yakkabog' tumanidagi №. 28, 92- maktablarida geografiya darslari jarayonida o'quvchilarda olib borilayotgan sinfdan tashqari ishlarni kuzatish va tahlil qilish asosida tabiatni muhofaza qilish masalalarining metod va usullari tashkil etadi. Bitiruv malakaviy ishining predmeti. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida sinfdan tashqari ishlarda tabiatni muhofaza qilish masalalarini tahlil etish, ilg'or pedagoglarning samarali ish faoliyatlarini o'rganish, shuningdek bu boradagi mavjud muammolarni tadqiq etishdan iborat. Bitiriv malakaviy ishining nazariy va uslubiy asoslari sifatida o'quv dasturlari asosida sinfdan tashqari ishlarda tabiatni muhofaza qilish masalalarini ochishda bir qancha qonunlar, qaror, farmon, yangi tahrirdagi Davlat ta'lim standartlaridan foydalanildi. Bitiruv malakaviy ishining ilmiyligi sinfdan tashqari ishlarda tabiatni muhofaza qilish ishlarini amalga oshirishda ekologik mazmundagi to'garak, tadbir ishlanmalarini o'rganilganligi ishning ilmiy yangiligi hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati ishda berilgan ilmiy xulosa taklif va tavsiyalardan tabiatni muhofaza qilish maqsadida umumiy o'rta ta'lim maktablarida geografiya fanidan sinfdan tashqari ishlarda sayru-sayohatlarda, to'garak ishlarida foydalanish mumkin. Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi ish Kirish, Tushuntirish qism va Xulosadan iborat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 84.53 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 84.53 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga