Sinfdan tashqari mashg'ulotlar

Sinfdan tashqari mashg'ulotlar

O'quvchilarga / Pedagogika
Sinfdan tashqari mashg'ulotlar - rasmi

Material tavsifi

Sinfdan tashqari mashg'ulotlar Reja: 1. Sinfdan tashqari mashg'ulotlarning didaktik maqsadi, vazifalari va mazmuni. 2. Ayrim o'quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari mashg'ulotlar. 3. O'quvchilar guruhi bilan olib boriladigan sinfdan tashqari mashg'ulotlar. 4. Ommaviy ravishda olib boriladigan sinfdan tashqari mashg'ulotlar. Sinfdan tashqari mashg'ulotlarning turlari. S i n f d a n tashqari mashg'ulotlar o'quvchilarning o'qituvchi rahbarligida darsda ularning bilimga qiziqishi hamda ijodiy havaskorligini uyg'otish va namoyish qilish uchun biologiya bo'yicha maktab dasturini kengaytirish va to'ldirishga qaratilgan darsdan tashqari ixtiyoriy ishlarning har xil tashkil qilish shaklidir. Mashg'ulotlarning sinfdan tashqari shakli o'qituvchining pedagogik ijodiy tashabbusini namoyon qilishi uchun ham, o'quvchilarning xilma-xil idrokiy havaskorlik ko'rsatishlari uchun ham va eng muhimi ularni tarbiyalash uchun ham keng imkoniyatlar ochib beradi. O'qituvchi o'quvchilarning bilim doiralarini kursni to'ldirish bilan (masalan, botanikadan mahalliy o'lka florasini, o'simliklar geografiyasini, gulchilik va bog'dorchilikni o'rganish bilan) kengaytirishi yoki elementar tadqiqotlar (mikroskopiya, bakteriologiya, genetika, reflekslarni o'rganish hamda shu kabilar bo'yicha) o'quvchilarning bilimini chuqurlashtirishi mumkin. Mashg'ulotlarning sinfdan tashqari shakli o'quvchilarda ilmiy dunyoqarash, mehnat madaniyati va tabiatga muhabbatini tarbiyalashga va bilishga qiziqishni mustaqil kuzatish ko'nnkmalarini,tashabbuskorlikni rivojlantirishga imkon beradi. Sinfdan tashqari ishlarning barcha turlarida muayyan sistema va rivojlanishda amalga oshiriladigan yagona tarbiyalovchi ta'lim jarayonlariga rioya qilinadi. Sinfdan tashqari mashg'ulotlarning barcha turlari o'zaro bog'liq va bir-birini to'ldirib turadi Tirik o'simlik va hayvonlar bilan ishlashga qiziqish, odatda, darsda tug'iladi va ayniqsa, qiziqqan o'quvchilar o'qituvchining hamma uchun majburiy topshiriqlaridan tashqari, ixtiyoriy ravishda o'z zimmalariga olgan ancha murakkabroq vazifalarini ham bajaradilar. Kurs bilan juda qiziquvchi o'quvchilarni o'qituvchi yosh tabiatshunoslar to'garagiga birlashtiradi. O'qituvchi yosh tabiatshunoslar to'garagi yoki o'quv qo'llanmasi yaratish ustida ishlayotgan o'quvchilar gruppasi ishining natijalarini faqat darsdagina emas, balki ommaviy tadbirlarda: kechalar, konfereitsiyalar, ko'rgazmalar va boshqalarda ham ko'rsatishga harakat qiladi. Shunday qilib, sinfdan tashqari mashg'ulotlarda ham dars bilan to'g'ri va teskari bog'lanishlar amalga oshiriladi. O'quvchilarni qiziqishlari ko'pincha juda tor, ayrim hayvonlarga havaskorlik munosabatida bo'lish bilan chegaralangan bo'ladi. O'qituvchining vazifasi - o'quvchilardagi qiziqishni kengaytirish, fanni sevgan, tabiatni tadqiq qila oladigan ma'lumotli kishilarni tarbiyalashdir. Sinfdan tashqari ish turlari o'quvchilarni individual ishlaridan kollektiv ishlariga tomon olib borishga imkon beradi, bundan keyingisi ijtimoiy yo'nalish kasb etadi, bu esa tarbiya uchun katta ahamiyatga egadir. Gruppali mashg'ulotlar. Yesh tabiatshunoslar to'garaklari. Biologiya bo'yicha sinfdan tashqari mashg'ulotlar orasida yosh tabiatshunoslar to'garagi boshqa tadbirlarni tashkil qilishda asosiy yadro sifatida bosh o'rinni egallaydi. Maktab amaliyotida ko'pincha biologiya bo'yicha o'quvchilar gruppasi tomonidan darsdan keyin bajariladigan har xil ishlarni garchi ular ko'p jihatdan darsdan tashqari ishlar bo'lsa ham tabiatshunoslik mashg'ulotlari deb hisoblaydilar. Yosh tabiatshunoslar to'garagining maqsadi - o'quvchilarni biologiyaga qiziqtirish, ularning bilimlarini chuqurlashtirish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.73 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.73 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga