Sinfdan tashqari mashg'ulotlarda ertaklarni o'rgatish metodikasi

Sinfdan tashqari mashg'ulotlarda ertaklarni o'rgatish metodikasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Sinfdan tashqari mashg'ulotlarda ertaklarni o'rgatish metodikasi - rasmi

Material tavsifi

Sinfdan tashqari mashg'ulotlarda ertaklarni o'rgatish metodikasi Reja: Ertak janri haqida ma'lumot. Ertak o'qitish metodikasi. Ertaklarni o'rgatishda Sinkveyn, krossvord va o'yin texnologiyalaridan foydalanish Ur to'qmoq ertagini sahnalashtirilgan ko'rinish Ertak janri haqida ma'lumot Xalq og'zaki ijodidagi eng boy va rang-barang janrlardan biri ertakdir. ERTAK - hayot haqiqatiga asoslangan, xayolot va fantastika xususiyatlari bilan yo'g'rilgan, odamlarga ibrat-o'git beruvchi og'zaki hikoyalar hisoblanadi. O'zbeklar o'rtasida ertaklar varsoq, cho'pchak, masal kabi atamalar bilan yuritiladi. Ertaklarning o'ziga xos janr xususiyatlari quyidagilar: 1.Og'zaki hikoyaga asoslangan qiziqarli syujetga ega bo'lishi; 2.Voqealarning ongli tarzda xayoliy uydirmalar orqali aks ettirilishi; 3.Estetik vazifaning yetakchilik qilishi; 4.O'ziga xos badiiy shakily qolip hamda tilga ega bo'lishi (ertaklar bir bor ekan, bir yo'q ekan… kabi maxsus boshlamalar bilan boshlanib, murod maqsadiga yetibdi, birga turib, birga yashabdilar, soqoli ko'ksiga yetibdi kabi maxsus tugallanmalar bilan yakunlanadi.) Xalq ertaklari mazmunan 3 guruhga bo'linadi: 1.Hayvonlar haqidagi hamda majoziy ertaklar (Susambil) 2.Sehrli - fantastik ertaklar (Guliqahqah ), 3.Hayotiy-maishiy ertaklar (Malikai Husnobod) Ertaklarni yozib olish va nashr qildirish, asosan XIX asr oxiri va XX asr boshlaridan boshlandi. Boshlang'ich sinflarda badiiy asar turlaridan hikoya, she'r, ertak, masal, maqol va topishmoqlar amaliy ravishda o'rganiladi. Bulardan tashqari, ilmiy-ommabop maqolalar ham o'qitiladi. Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, stilistik priyomlari jihatidan o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, o'quvchilarga ta'siri ham har xil bo'ladi. Shunga ko'ra, turli janrdagi badiiy asarlarni o'qishda o'qituvchi unga mos metodlar tanlashi talab etiladi. Ertak o'qitish metodikasi Ertak xalq og'zaki ijodida eng keng tarqalgan janr bo'lib, ularda kishilar hayotida uchraydigan oddiy hodisalar va fantastik sarguzashtlar hikoya qilinadi. Ertaklarning ko'pida real hayot tasviri fantastik elementlar bilan qo'shilib ketadi. Maktabgacha ta'lim va kichik maktab yoshidagi bolalarga tavsiya etiladigan ertaklar hajm jihatidan kichkina, mazmuni sodda bo'lishidan tashqari, rasm va bo'yoqlar bilan boy bo'lishi shart. Bu ikki guruhga kiruvchi ertaklar vositasida tabiat, ona-Vatan, hayvonot olamiga g'amxo'rlik qilish, to'g'ri so'zli, odobli bo'lish, kattalarni hurmat qilish, kichiklarni e'zozlash kichkintoylarning ong-tushunchalariga yetkaziladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari ertak bilan amaliy tanishtiriladi Ertakning o'tkir maroqli syujeti, voqea rivojidagi favqulotda, ajoyib vaziyat bolalarni maftun qiladi; undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqon qahramonlar, ertakning g'oyaviy yo'nalishi, undagi ezgu kuchning - yaxshilikning doimo g'alaba qilishi bolalarni o'ziga tortadi. Ertakda qabul qilingan hikoya qilish formasi, bir xil so'z va iboralarning qayta-qayta takrorlanib turishi, oxangdorligi, tilining ta'sirchanligi, ifodali vositalarining jonliligi bolalar uchun juda qiziqarlidir. Ertakda qatnashuvchilar ko'pincha rahmdil, saxiy, adolatli hamda ularning aksi bo'lgan yovuz, baxil, ochko'z obrazlarga bo'linadi. Ertakning pedagogik qimmati shundan iboratki, bolalar unda to'g'rilik, halollik g'alaba qilganidan, kishilar qiyinchilikdan qutulganidan, ya'ni yaxshilik, ezgulik ro'yobga chiqqanidan va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 69.64 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:00 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 69.64 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga