Sinfdan tashqari o'qish darslarini tashkil etish va uning vazifalari

Sinfdan tashqari o'qish darslarini tashkil etish va uning vazifalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Sinfdan tashqari o'qish darslarini tashkil etish va uning vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Sinfdan tashqari o'qish darslarini tashkil etish va uning vazifalari RYeJA : 1. SINFDAN TAShQARI O'QISh DASTURLARI 2. SINFDAN TAShQARI IShLARNING TARBIYaVIY TA'SIRI 3. Tarbiyachilar, sinf rahbarlarining sinfdan va maktabdan tashqari olib boradigan tarbiyaviy ishlari SINFDAN TAShQARI O'QISh DASTURLARI Maktabning o'quvchilar bilan olib boradigan o'quv mashg'ulotlaridan tashqari xilm-xil ta'lim-tarbiya ishlari sinfan tashqari ishlar nomini olgan. Sinfdan tashqari ishlar maktab ta'lim-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini yo'lga qo'yish formalaridan biridir. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar shaxsni har tomonlama kamol toptirish va uni hayotga aktiv faoliyatga tayyorlash uchun keng imkoniyatga ega. Bu ishlar bolalarning qiziqishlariga muvofiq tarzda ko'ngillilik asosida tashkil qilinadi. O'quvchilar sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda o'zlarini qiziqtiradigan mashg'ulotlarni tanlab olishadi a ulard mustaqil tashabbuskorona ishtirok etishadi. Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar o'quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni to'ldiradi. Ularni dunyo qarashini to'g'ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko'maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot, ishlab chiqarish bilan chambarchas bog'lanishiga zamin yaratadi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchilarning vazifalari ham ko'p qirralidir. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi: - darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish; - o'quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ko'p qirrali ishlarni pedagogik jamoa, o'quvchilar tashkilotlari sinf faollari yordamida yo'lga qo'yish; - sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo'nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda, o'qituvchilar, sinf rahbarlari, ota-onalar, o'quvchilar tashkilotlari, sinf faollariga uslubiy yordam ko'rsatish; - umummaktab va maktablararo o'tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish; - o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish; Sinfdan tashqari ishlarning tarbiyaviy ta'siri Sinfdan tashqari ishlarning tarbiyaviy ta'siri ko'p darajada o'quv jarayonini tashkil etish saviyasiga hamda o'quvchilar jamoachining xilma-xil ishlarni qanday yo'lga qo'yishga bog'liqdir. Sinfdan tashqari faoliyat majburiy dastur bilan chegaralanmaydi, balki yoshlari har xil o'quvchilarni ihtiyoriy ravishda birlashtiradi. Ularning tashabbusi asosida ishlarni amalga oshiradi, fanga qiziqtiradi, ularni xalqning madaniy hayoti muhitiga olib kiradi. Sinfdan tashqari ishlar shaxsdagi ijtimoiy faollik, ijtimoiy ong hamda axloqiy odatlarni tarkib toptirishning eng muhim omilidir. Bu faoliyat ilmiy jamoa, adabiy va maktab teatrlarining ishlari, turli mavzularda o'tkaziladigan kitobxonlar konferensiyasi va munozaralar, siyosiy, axloqiy, ilmiy-ommabop va mehnat mavzularidagi ma'ruza va suhbatlar, ijtimoiy-foydali mehnat, siyosiy axborot, bayoram kechlari va ertaliklari, to'garak mashg'ulotlarini o'z ichiga oladi. Sinfdan tashqari ishlar mazmuniga ko'ra Jamoat tashkilotlari o'quvchilar bilan darsdan tashqari vaqtlarda olib boriladigan xilma-xil mashg'ulotlarni o'qituvchilar yordamida tashkil qiladilar. Sinfdan tashqari ishlar o'z mazmuniga ko'ra juda xilma-xil: ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, ijtimoiy foydali, badan tarbiya-sog'lomlashtirish ishlari bo'ladi. Sinfdan tashqari ishlar uch xil formada: ommaviy, to'garak va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 116.68 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:00 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 116.68 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga