Sinfdan tashqari o'qish mashg'ulotlarini tashkil etish usullari Reja 1.Kirish: a) mashg'ulotning maqsadi; b)sinfdan tashqari o'qish mashg'ulotlari (STO'M) ning maqsad va vazifalari. 2.STO'M ga qo'yilgan dastur talablari. 3.STO'M ni tashkil etish usullari. 4.STO'M qo'llanmalari va badiiy adabiyotlar tahlili. 5.Sinf, maktab va oila kutubxonalaridan foydalanish. Yurtboshimiz Islom Abdug'aniyevich Karimov boshlang'ich sinflarda bolaning dunyoqarashi, didi, salohiyati shakllanadi(1; 7-b), deb juda to'g'ri fikr aytib o'tganlar. O'quvchining bu xususiyatlarining paydo bo'lib, rivojlanishida sinfdan tashqari o'qish mashg'ulotlarining ahamiyati katta. O'qish fani ikki qismga - ,,Sinfda o'qish va ,,Sinfdan tashqari o'qish ga bo'linadi. Boshlang'ich sinflarda STO'M ga o'quvchilarni milliy istiqlol g'oyalari ruhida, axloqiy-estetik tarbiyalashning muhim vositasi sufatida qaraladi. ,,STO' ning maqsadi kichik maktab yoshidagi o'quvchilarni bolalar adabiyoti va xalq og'zaki ijodining xilma-xil namunalari bilan tanishtirish, ularda kitobxonlik madaniyatini tarkib toptirish (2;78-b) STO' dasturining mazmuniga ko'ra ta'limning har bir bosqichida ikki asosiy bo'lim ajratiladi. Birinchi bosqichda o'qish doirasi, ya'ni o'qitiladigan kitoblar va ularni qaysi tartibda o'qish bilan tanishtirish yuzasidan o'quvchilarga ko'rsatma beriladi. Ikkinchi bosqichda shu o'quv materiallari asosida bilim, ko'nikma va malakalar shakllantiriladi. 1-sinfda STO' mashg'ulotlarida savod o'rgatish darslarida hosil qilingan ko'nikma va malakalar asosida bolalarning ona Vatan, istiqlol, milliy qadriyatlar haqidagi tasavvur-tushunchalari kengaytiriladi, boyitiladi. 2-sinfda o'quvchilar kichik hajmdagi asarlarni o'qituvchining topshirig'i va yordami asosida mustaqil o'qishga o'tadilar. 3- va 4-sinflarda sinfdan tashqari o'qish mashg'ulotlarida o'quvchilarning mustaqil o'qishlari uchun kishilarning hayoti yorqin tasvirlangan, ularning ma'naviy-axloqiy turmush tarzi aks ettirilgan badiiy va ilmiy-ommabop asarlar tavsiya etiladi. Jumladan, o'quv materiali sifati sarguzashtlarga boy asarlar, ona tabiat saxovati, kishilarning o'zaro mehr-muruvvati tarannum etilgan, buyuk ajdodlarimizning olamshumul faoliyatlari ko'rsatilgan axloqiy-ma'rifiy hikoyalar, tarixiy rivoyatlar, istiqlol to'g'risidagi ilmiy-ommabop maqolalar bilan tanishishga ahamiyat beriladi. O'quvchilarning bolalar kitobi, gazetasi va jurnallari bilan mustaqil ishlashga sinf va maktab kutubxonasi bilan hamkorlikni to'g'ri yo'lga qo'yish STO'M ning samaradorligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Birinchi sinf o'quvchilarining kitob bilan mustaqil faoliyatini shakllantirish uchun sinf kutubxonasida hafta davomida kitoblar ko'rgazmasi tashkil etib boriladi. Ikkinchi sinfda esa kitoblar ko'rgazmasi mavzular asosida tashkil etiladi. Masalan, Vatan, istiqlol, tabiat, axloqiy-ma'naviy qadriyatlar, buyuk ajdodlarimizning qahramonona jasoratlari kabi mavzular shular jumlasidandir. Bunday kitob ko'rgazmalari hamda tavsiya etilayotgan kitoblar ro'yxati o'quvchilar saviyalariga mos asarlarni tanlab o'qishlariga yordam berishi kerak. Uchinchi sinf kitoblar ko'rgazmasida kitoblar mualliflariga qarab tartiblanadi. Masalan, Q.Muhammadiy, P.Mo'min, G'. G'ulom, Z.Diyor, A.Obidjon, S.Barnoyev, T.Adashboyev asarlari kabi. Shuningdek, tavsiya etiladigan kitoblar ro'yxati va kitob ustida mustaqil ishlash uchun mavzular bo'yicha kartotekalar mavjud bo'ladi. To'rtinchi sinfda sinf va maktab kutubxonasidagi mavjud badiiy, tarixiy, ilmiy-ommabop kitoblar, bolalar gazetasi va jurnallarida bosilgan, o'quvchilar o'qishi uchun tavsiya etilgan maqolalarning Nimani o'qishim ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.19 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.19 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:00 ]
Arxiv ichida: doc