Free Powerpoint Templates Sinfdan tashqari o'qitish metodlari Reja: Sinfdan tashqari o'qishning ahamiyati. Sinfdan tashqari o'qishni har bir sinfda tashkil etish, uning o'ziga xos tomonlari. Sinfdan tashqari o'qish darslarini olib borishda o'qituvchi va o'quvchining vazifalari. Sinfda va sinfdan tashqari o'qish darslarini bog'liqligi. Bolalar yozuvchilari bilan tanishtirish ular bilan uchrashuvlar o'tkazish. O'tilgan asarlarni sahnalashtirish. Xulosa. Boshlang'ich sinflarda sinfdan tashqari o'qishga kichik yoshdagi o'quvchilarni ona tilini puxta o'zlashtirishga tayyorlashning ajralmas qismi, ta'lim jarayonoda ularni axloqiy-estetik tarbiyalashning muhim vositasi sifatida qaraladi. Sinfdan tashqari o'qishning maqsadi-kichik yoshdagi o'quvchilarni bolalar adabiyoti va xalq og'zaki ijodining xilma-xil namunalari bilan tanishtirish, ularda kitobxonlik madaniyatini tiklab tarkib toptirishdir. Sinfdan tashqari o'qishning ahamiyati. Sinfdan tashqari o'qishni har bir sinfda tashkil etish, uning o'ziga xos tomonlari. Sinfdan tashqari o'qish dasturining mazmuniga ko'ra ta'limning har bir bosqichida ikki asosiy bo'lim ajratiladi: 1-bosqichda o'qish doirasi, ya'ni o'qitiladigan kitoblar va ularni qaysi tartibda o'qish bilan tanishtirish yuzasidan o'quvchilarga ko'rsatma beriladi. 2-bosqichda shu o'quv materiallari asosida bilim, ko'nikma va malakalar shakllantiriladi. Umumiy o'rta ta'limning Davlat standartlari va o'quv dasturiga ko'ra 1-sinfda sinfdan tashqari o'qish mashg'ulotlarida savod o'rgatish darslarida hosil qilingan ko'nikma va malakalar asosida bolalarning ona-vatan, istiqlol, milliy qadriyatlar haqidagi tasavvurlar-tushunchalari kengaytiriladi, boyitiladi. Sinfdan tashqari o'qish va qiroatxonlik saboqlari 1-sinfda haftada 1 marta saboq o'rgatish darslarining 20 daqiqasida bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtiriladi. Maqsad kichik yoshdagi bolalarda kitobga mehr uyg'otish, mustaqil o'quvlarini paydo qilishdir. Asosan bu sinf o'quvchilariga kitob bilan muomala qilish, kitob o'qish qoidalari, kitobni asrash, asar qahramonlarining xatti harakatini kuzatish, ijobiy tomonlarini o'rganish, obrazli qilib qayta hikoya qilib berish bilim, ko'nikma va malakalar shakllantiriladi. Bu sinf o'quvchilari uchun asosan rasmlarga boy kitoblar olinadi. O'qituvchi bolalarning his-tuyg'ularini o'stiradigan kitoblarni o'qib berish orqali mustaqil mamlakatimiz, uning go'zal shaharlari, qishloqlari, milliy urf-odatlari, qadriyatlari, o'tmishi, insonlarning orzu-istaklari bilan tanishtiriladi. Ularda bilimga havas uyg'otadi. 2-sinfda o'quvchilar kichik hajmdagi asarlarni o'qituvchining yordami va topshirig'i asosida mustaqil o'qishga o'tadilar. Bu sinfda 2 haftada bir marta sinfdan tashqari o'qish darsi o'tkaziladi. Ona - Vatan va ota-bobolar jasorati, o'simliklar, qushlar hamda hayvonlar haqidagi asarlarni o'qituvchi topib, tanlab o'quvchilarga o'qishga tavsiya etadi. 3 va 4-sinflarda sinfdan tashqari o'qish mashg'ulotlarida o'quvchilarning mustaqil o'qishlari uchun kishilarning hayoti, yorqin tasvirlangan, ularning ma'naviy-axloqiy turmush tarzi aks ettirilgan badiiy va ilmiy-ommabop asarlar tavsiya etiladi. 3-4 sinflarda sinfdan tashqari o'qish darslari ikki haftada bir marta o'tkaziladi. Bu sinflarda o'qituvchi sinf kutubxonasida kerakli bo'lgan o'quvchilar yoshiga mos kitoblarni to'plashni davom ettiradi. Sinfdan tashqari o'qish burchagi turlicha bezalishi mumkin. Bunda o'qituvchi va o'quvchi hamkorlikda ish olib boradi. Badiiy va ilmiy-ommabop asarlar ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.24 MB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:00
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.24 MB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:00 ]
Arxiv ichida: pptx