Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning mazmuni, shakli va metodlari

Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning mazmuni, shakli va metodlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning mazmuni, shakli va metodlari - rasmi

Material tavsifi

Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning mazmuni, shakli va metodlari Kirish 1.Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning ilmiy va nazariy asoslari 2. Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va unga qo'yilgan pedagogik talablar 3. .Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar mazmuni, shakli va uslublari Xulosa Adabiyotlar ro'yxati Kirish Respublikamiz mustaqilligi e'lon qilingan sana 1991 yil 31 avgust xalqimiz hayotida ulug'vor voqealardan hisoblanadi. Endi xalqimiz o'zining boy tarixi, madaniyati, urf-odatlarini o'rganishi, targ'ib qilish, o'zligini tanishi imkoniyatiga ega bo'ladi. Bu voqeadan so'ng ko'p sonli o'qituvchilar jamoalari oldiga Vatan ravnaqi uchun xormay-tolmay xizmat qila oladigan, buyuk vatan yo'llarida o'z jonini ham ayamaydigan yoshlarni tarbiyalash vazifasi ko'ndalang qo'yiladi. Bu vazifa oliy ta'lim konsepsiyasida alohida ta'kidlanadi. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimovning Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch nomli asarida yosh avlodni har tomonlama yetuk inson qilib ta'lim tarbiya berishda - Shuni unitmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo'lishi farzandlarimizning bugun qanday ta'lim va ta'rbiya olishiga bog'liq. Ana shu talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo'lgan, ongli yashaydigan insonlar etib voyaga yetkazish - ta'lim tarbiya sohasidagi asosiy maqsadi va vazifasi bo'lishi lozim deb ta'kidlaydilar. Shuning uchun bunday ulkan vazifani amalga oshirishda sinf rahbari ham o'zining beqiyos hissasini qo'shadi. Sinf rahbarining asosiy vazifalaridan biri bizning kelajagimiz bo'lmish yosh avlodni to'g'ri, insonparvarlik ruhida tarbiyalashdan iborat. Tarbiya jarayonida o'qituvchi va sinf rahbari bir-birini tushunish kerak va sinf rahbari o'qituvchilarga e'tiborliroq bo'lishini taqozo qiladi. Sinf rahbari ishini maktab ma'muriyati bilan birgalikda, oila va mahalla jamoasi bilan hamkorlikda tarbiyaviy ishlarni olib boradi. Maktab ma'muriyati sinfda rahbari va u olib borayotgan ishlarni qo'llab-quvvatlash lozim. CHunki sinf rahbari o'z o'quvchilarini yaxshi biladi va ularni tarbiyalashni uchun nimalar qilishi kerakligini hisobga olib ish yuritadi. O'zbekiston Respublikasi mustaqilligini mustahkamlash, vatan ravnaqi, xalq farovonligi yo'lida faoliyat olib boruvchi shaxsni tarbiyalash, ularni bu kurashga jalb ettirish orqali amalga oshiriladi. Ushbu g'oyaga tayangan holda, tarbiya jarayonida uning qonuniyatlariga muvofiq tarbiya metodlaridan foydalanib ish ko'rish lozim bo'ladi. Tarbiya metodlari bu o'qituvchi (tarbiyachi) va jamoa tomonidan g'oyaviy va ma'naviy e'tiqodlarini, ma'naviy his-tuyg'u va odatlarni tarkib toptirish maqsadida qo'llaniladigan shaxsga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatish yo'llari demakdir. Tarbiya metodlari o'quvchilarning o'z shaxsini takomillashtirish borasidagi harakatni ham tashkil etishni nazarda tutadi. Shu bois hozirgi zamon pedagogikasida tarbiya metodlari o'qituvchi va o'quvchilarning tarbiyaviy vazifalarini hal qilishga qaratilgan o'zaro bog'langan, birgalikdagi faoliyati sifatida qarab chiqiladi. O'quvchilar u yoki bu tarbiyaviy ta'sirga turlicha munosabatda bo'ladilar. Bu ularning alohida xususiyatlariga, tarbiyalanganlik darajasiga, tarbiya metodlarining qay darajada o'rinli va samarali tanlanganiga hamda mohirona qo'llanganiga bog'liq. Tarbiya metodlarini to'g'ri ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 63.29 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 63.29 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga