Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar kursining predmeti, maqsadi va vazifalari reja: 1. Krish 2. Tarbiyaviy ishlarning asosiy yo'nalishlari maqsad va vazifalari 3. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar mazmuni, shakli va uslublari. 4. erkin tafakkur yurituvchi shaxslarni tarbiyalash O'zbekiston Respublikasining istiqlolga erishuvi hamda o'z mustaqil siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yo'liga ega bo'lishi, xalq xo'jaligining turli sohalarida, jumladan xalq ta'limi tizimida ham o'sib kelayotgan yosh avlod ta'lim-tarbiyasi bilan borliq jarayonini qayta ko'rib chiqishni taqozo etmokda. Hozirgi paytda, fan va madaniyatning eng so'nggi yutuqlari asosida kelajagimiz bo'lgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash nihoyatda zarurdir. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «ma'naviyat va ma'rifat» jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to'g'risida»gi farmonida ko'rsatilganidek, jamiyatda yuksak ma'naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy madaniy merosimiz, tarixiy an'analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish avvalo komil insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay yo'nalishlarini topib joriy etishga bog'liq. Ushbu konsepsiya ham xuddi shu maqsadda, shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga yo'naltirilgan. Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo'lgan barcha g'oyalar qaytadan ko'rib chiqilishi, asosiy etibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to'plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi. Tarbiyaviy ishlar huquq-tartibot organlari, ijodiy uyushmalar, Davlat va nodavlat jamg'armalar, qo'mitalar va tashkilotlar bilan hamkorlikda olib boriladi. Tarbiyaviy ishlarning asosiy yo'nalishlari, maqsad va vazifaari Inson shaxsining kamol topishi juda murakkab va uzluksiz jarayon davomida shakllanadi. Uning tarbiyasiga ota-onasi, maktab, mahalla, do'stlari, jamoat tashkilotlari, atrof-muhit, ommaviy axborot vositalari, san'at, adabiyot, tabiat va hoka'zolar bevosita ta'sir ko'rsatadi. Yuqoridagi barcha hayotiy ehtiyojlarni vujudga keltirishda o'zaro hamkorlikning ta'sir doirasi orqali shaxsni tarbiyalash va tarbiyaning birligini ta'minlagan holda, uni shaxs sifatida shakllanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan muhitdan himoya qilish. Tarbiyaning bosh maqsadi - yosh avlodni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma'naviy-tarixiy an'analarga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqib amalga joriy etishdir. Tarbiyaning asosiy vazifasi - shaxsning aqliy, axloqiy, erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi, uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir. Buning uchun: - yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash, hayot mazmunini tushunib olishiga ko'maklashish, o'z-o'zini idora va nazorat qila bilishini shakllantirish, o'z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, ularda reja va amal birligi hissini uyg'otish; - o'quvchilarni milliy, umuminsoniy qadriyatlar, Vatanimizning boy ma'naviy merosi bilan tanishtirish, madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga bo'lgan talablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish, tobora o'stirib-boyitib borish ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.3 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.3 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:00 ]
Arxiv ichida: doc