Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarda oila va mahalla hamkorligi

Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarda oila va mahalla hamkorligi

O'quvchilarga / Pedagogika
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarda oila va mahalla hamkorligi - rasmi

Material tavsifi

Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarda oila va mahalla hamkorligi Reja: 1. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar. 2. Oila - tarbiya o'chog'i. 3. Oila va mahalla hamkorligidagi tarbiyaviy ishlarni tashkil etish. 4. Sinfdan tashqari ishlarning tarbiyaviy ta'siri. 5. Xulosa. Maktab va maktabdan tashqari muassasalarning tashkiliy shakllarini mazmuni va maqsadini belgilash bugungi kunimizning barcha qirralarini hisobga olishini talab etmoqda. Sinf va maktabdan tashqari mazkur tarbiyaviy ishlar shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga qaratilganligi bilan tasislanadi. Mazkur muammoni ijobiy hal etish uchun sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tpzimida kuyidagilar bo'lishi lozim: - Ulg'ayayotgan inson shaxsini tarbiyada oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o'smir va yosh yigitning betakror va o'ziga xosligini hurmatlash, ijtimoiy huquqini etiborda tutish zarur. - Milliylikning o'ziga xos an'ana vositalariga tayanish. - Pedagoglar o'rtasida o'zaro hurmat munosabatlarini shakllantirish. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar o'quvchilarni darsdan bo'sh vaqtlardagi o'quv tarbiya jarayonini to'ldiradi va kengaytradi, o'quvchilarni mustaqil bilim olishlari, ijodiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini oshirishga imkoniyat yaratadi. Sinfdan tashqari tashkil etiladigan tadbirlarda fan o'qituvchilari o'z faniga qiziqqan o'quvchilar bilan mashg'ulot o'tkazib, o'quvchilarning qiziq ishlarini o'stiradi. Sinfdan tashqari ishlarni to'la qamrab olgan to'garaklar bir necha xilda bo'lishi mumkin: a) fan to'garaklari; b) mohir qo'llar to'garaklari; v) sport to'garaklari; g) badiiy havaskorlik to'garagi; O'rta umum ta'lim maktablarida bu ishlarni sinf rahbari va tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi uyushtiradi. Sinf rahbari sinfdan tashqari ishlarni uyushtirishda to'garak rahbarlariga yaqindan yordam beradi. Qiziqishlari, intilishlari bir xil bo'lgan o'z o'quvchilarini biror to'garakka azo bo'lishga chorlaydi. Ularni qaysi to'garakda mashg'ul bo'lishlari hisboga olinadi. Maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bolalarni ijodkorlikka davat etuvchi tarbiyaviy maskandir. Pedagogik tajribalar shuni ko'rsatmoqdaki, hozirgi sharoitda maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni olib boruvchi bolalar uylari, yoshlar saroylari, yosh texniklar saroylari, yosh texniklar uylari maktab tarbiyasining uzkiy davomchisi bo'lib qolishi kerak. O'zbekiston Respublikasining «Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi», bu ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishda asos bo'ladi. Malumki, o'quvchilarni g'oyaviy-siyosiy, axloqiy, mehnat, nafosat va jismoniy jihatdan to'liq, shakllangan kishilar qilib tarbiyalash dars jarayonidan boshlanadi. Biroq o'quvchilarning kundalnk o'tib borayotgan ehtiyojlari, talablari va barcha qiziqishlari faqat dars jarayoni bilangina cheklab bo'lmaydi. Bunday ko'p qirrali qiziqishlarni sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni uzviy bog'lanish asosidagina qondirish mumkin. Shu sababli keyingi davrda o'quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarini qo'ngilli uyushtirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar o'quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni to'ldiradi. Ularning dunyoqarashini to'g'ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko'maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot, ishlab chiqarish bilan chambarchas bog'lanishiga zamin yaratadi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchining vazifalari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.39 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.39 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga