Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish metodikasi

Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish metodikasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish metodikasi - rasmi

Material tavsifi

Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish metodikasi Reja: ma'naviyat va burch tarbiyasi Vatanni sevmoq iymondandir. Baynalmilal tarbiya Bilim olishda ongli munosabatni tarbiyalash Ekologik tarbiya Jismoniy tarbiya Tarbiya jarayonining mohiyatini chuqur bilib, uni tashkil etishda tashabbus ko'rsatish, ishbilarmonlik va epchillik, barcha yangi va ilg'or narsalarni amalda samarali qo'llay bilish maktab o'quvchisi shaxsini rivojlantirish jarayoniga rahbarlik qilish prinsiplaridan biridir. Samarali rahbarlik uslubini maktab hayoti va faoliyatiga tatbiq, etishishshg namunasi bo'lgan kollegial va yakka rahbarlikning birga qo'shib olib borilishi bolalar taqdiri, ularning tarbiyasiga pedagoglar jamoasi javobgarligini va direktorning shaxsiy javobgarligini ta'minlaydi. Rahbarlikning zarur prinsipi rejalilik bo'lib, uning yordamida pedagogik ta'sirlar tizimi va tarbiyaviy ishda izchillikka erishiladi. Rejalilik direktorga tarbiyaning barcha masalalarini aniq amalga oshirish istiqbollarini namoyon qiladi. Mazkur ta'limotga asosan maktabdan tashqari ishlarni rejalashtirish va uning amalga oshirilishiga rahbarlik hamda nazoratni uyushtirib borish maktab ichki boshqaruv tizimida muhim ahamiyat kasb etadi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning umummaktab rejasini ma'naviy va ma'rifat bo'yicha direktor o'rinbosari rahbarligida, sinf rahbarlari, metodik birlashmasi, tajribali o'qituvchilar, maktab kutubxonasi, o'quvchi-yoshlar tashkiloti, o'quvchilar uyushmasi, ota-onalar komiteti hamda to'garak rahbarlarining faol ishtirokida tuzish hamda uni maktabning yig'ilishida muhokamadan o'tkazib tasdiqlash maqsadga muvofiqdir. Respublikamizdagi qator maktablar ilg'or direktorlarining ish tajribalarida o'qituvchilar va sinf rahbarlarining tarbiyaviy ishiga pedagogik rahbarlikning yaxshilanishini ta'minlaydigan kompleks tizim tarkib topmoqda. Direktor o'qituvchilar, sinf rahbarlari, tarbiyachilar va o'quvchilarga nisbatan tutgan prinsipial yo'li va faoliyatida birlik bo'lishiga erishadi, maktabning oila, kattalarning mehnat jamoalari, jamoat, tashkilotchilari bilan uzviy hamkorlik qilishga intiladi. Maktabning tarbiyaviy jarayoniga rahbarlik qilishda direktor boshlang'ich va o'quv sinflar tarbiyaviy ishida izchillikka rioya qilishga alohida etibor beradi, bu bilan ta'lim jarayonida ham, shuningdek, darsdan tashqari vaqtda ham tarbiyaning uzluksizlik va pritsipini amalga oshiradi. ShAKLLARI Sinf rahbari tomonidan o'tkaziladigan barcha tarbiyaviy tadbirlar shu bo'limga kiritilib, sinf tarbiyaviy soatlari deb yuritiladi (yil davomida 30-34 soat dars jadvaliga kiritiladi), u soddalashtirilgan, barcha sinflar uchun qulay quyidagi andozaga tushirilishi mumkin. Avvalgi adabiyotlarda berilgan rejalashtirish chizmasiga Bajarilish turi qo'shimcha sifatida kiritildi. Maqsad, rejalashtirilgan mavzu masalan, Ota-onam - suyangan tog'im yuzasidan suhbat, kecha, konferensiya uchrashuv, ekskursiya va hoka'zolar o'tkazish mumkin. Albatta, bu tadbirlarning barchasini bir o'quv yilida o'tkazib, sinf rahbarining tarbiyaviy ish rejasida bu mavzu har yili takrorlanib, bajarilish turi o'zgartirib boriladi. Sinf rahbari mehnatining unumli bo'lishida bu usul ancha samara beradi. Sinf tarbiyaviy soatlarning mavzulari tubandagi tarkibiy qismlarni o'z ichiga oladi va yuqoridaga andozaga tartib bilan jamlanadi. I. ma'naviyat va burch tarbiyasi ma'naviyatimizning kadimiyligi, mazmun va mohiyati, o'ziga xos xususiyatlari, asosiy tamoyillari, uning jamiyatimiz taraqiyotidagi roli va ahamiyati, Prezidentimiz asarlari va nutqlarida insonni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.48 KB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.48 KB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga