Siyosiy soha, davlat va jamiyat qurilishi yo'nalishidagi islohotlar

Siyosiy soha, davlat va jamiyat qurilishi yo'nalishidagi islohotlar

O'quvchilarga / Pedagogika
Siyosiy soha, davlat va jamiyat qurilishi yo'nalishidagi islohotlar - rasmi

Material tavsifi

Siyosiy soha, davlat va jamiyat qurilishi yo'nalishidagi islohotlar O'zbekiston demokratik huquqiy davlatni barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo'lidan dadil qadamlar bosib bormoqda. Shu maqsadlar yo'lida o'zligimizni anglash, yurt ravnaqi, inson manfaati, erkinligi va farovonligini ta'minlash talabi aniq va ravshan belgilab olingan. Ushbu vazifalarni bajarish avvalo islohotlar jarayonini izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirilishiga bog'liq. Prezident Islom Karimovning «Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch» asarida takidlangani kabi: «Jamiyat hayotida shunday davrlar bo'ladiki, barcha sohalarda keng ko'lamli islohotlarni amalga oshirish zarurati eng muhim ehtiyoj, kerak bo'lsa, hayot-mamot masalasi sifatida kun tartibiga chiqadi». O'tgan davrni Yurtboshimizning «O'zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo'li» asari asosida tahlil qilish uni ikki davrga bo'lish mumkinligidan dalolat beradi. O'tish davri va milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish bilan bog'liq birinchi galdagi islohot va o'zgarishlarni o'z ichiga olgan dastlabki bosqich - 1991 - 200 yillar mamlakatimiz va xalqimiz hayotida ulkan iz qoldirgan o'tish davri tom manoda tarixiy ahamiyatga ega davr bo'ldi. 2001 yildan 2007 yilgacha bo'lgan muddatni o'z ichiga olgan ikkinchi bosqich - faol demokratik o'zgarishlar, sud-huquq tizimi va ijtimoiy-gumanitar sohalarni izchil isloh qilishni ta'minlashda g'oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Demak, mamlakatimizda barpo etilayotgan demokratik jamiyat tadrijiy asoslarga ega bo'lgan kuchli islohotchilik orqali yuksalmokda. Aslida ham shunday. Bir davrdan ikkinchi davrga o'tayotgan jamiyat kuchli islohotchilik orqaligina yangilana oladi. Buning uchun esa yangicha tafakkur zarur bo'ladi. «Tabiiyki, - deb takidlaydi Prezidentimiz, - bir tizimdan ikkinchi tizimga o'tish jarayonida odamlar ongida, jamiyat mafkurasida tub o'zgarishlar sodir bo'ladi. Biroq, bazi birovlarning hadiksirab, erkin bozor sharoitida ma'naviy-axloqiy qadriyatlarning qimmati tushib ketadi, madaniyat ikkinchi darajali narsaga aylanib qoladi, degan havotirlari o'rinsiz ekani O'zbekistondagi bugungi o'zgarishlar misolida yana bir bor yaqqol ayon bo'lmoqda.» Yangicha tafakkurning yuzaga kelishi uchun muayyan ijtimoiy muhit lozimdir. O'zbekistonda bunday muhit osongina yaratilgani yo'q. Biz o'z mustaqilligimizni qo'lga kiritib, yangi taraqqiyot yo'liga qadam qo'yganimizdan so'ng xalqimizning xohish-irodasi, asriy orzu-intilishlariga tayangan holda, sho'ro davridan og'ir meros bo'lib qolgan ma'muriy-buyruqbozlik tizimini tubdan isloh qilish, uning o'rnida mohiyat etibori bilan butunlay yangi - erkin bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy davlat, demokratik jamiyat barpo etish yo'li belgilab olindi. Tabiiyki, bu maqsadga erishish uchun qanday strategik yo'l, islohotlarning qanday shakl va usuli maqul ekani haqida olimlar va mutaxassislar, keng jamoatchilik, el-yurtimiz vakillari bosh qotirdi. Bu borada taraqqiy topgan davlatlar misolida o'zini oqlagan ilg'or tajribalar ham chuqur o'rganildi. Eng muhimi, xalqimizning hayot tarzi, milliy an'ana va qadriyatlarimiz, aholining ruhi va kayfiyati ham har tomonlama hisobga olindi. Chunki har qanday islohotning pirovard natijasi avvalo uning zaruratini aholining keng qatlamlari qay darajada ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.41 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.41 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga