Sosiometrik metod va pedagogik eksperiment

Sosiometrik metod va pedagogik eksperiment

O'quvchilarga / Pedagogika
Sosiometrik metod va pedagogik eksperiment - rasmi

Material tavsifi

Sosiometrik metod va pedagogik eksperiment Reja: 1.Sosiometriya metodi. 2.Sosiometrik metodikadan foydalanishda amal qilinadigan qoidalar. 3.Pedagogik eksperimentning mohiyati. 4.Pedagogik eksperiment obyektlari. Sosiometriya so'rash yoki xulqini yozib borish asosida o'zaro munosabatlar strukturasini aniqlash uchun xizmat qiladigan ilmiy- tadqiqot metodidir. Sosiometrik metod bolalar jamoaida, oila va guruhda tarkib topgan munosabatlarni aks ettiradi. Munosabat o'z navbatida mazkur o'quvchi faoliyatida mazkur o'quvchi faoliyatining natijasini aks ettiradi. Shuning uchun ham sosiometrik metod intervyu va anketalar kabi an'anaviy metodlardan ham ishonchlirok. Albatta sosiometrik metodning tarkibiy qismi anketa, lekin anketaning o'zigina tadqiqot ma'lumotlarini asoslash uchun etarli bulmaydi. Sosiometrik metodika bir kancha priyomlar kompleksidan iborat: 1. Savol - javob anketasi o'tkazish: Sen kim bilan bir partada o'tirishni xohlar eding?, Maktabda kim bilan navbatchi bo'lishni xoxlaysan?, Sen kim bilan turistik paxodga borishni mo'ljallaysan? va xoka'zolar. 2. O'z tengdoshlarini baholovchi varak tuldirish: 3. Bevosita tanlash metodikasi: Masalan, har bir oltinchi sinf o'quvchisi har - xil tasvirli 5 ta otkritkaga ega. U bu otkritkalariga bayram tabriklari yozib pochtalonlar orqali egalariga yuboradi. Pochtalon kim kancha va kanaka otkritkalar olganligi kayd qilinadi va shu asosida jamoadagi har xil aloqalar yoktirish va yoktirmaslik, o'zaro munosabat va shu kabilar aniqlanadi. 4. Ko'rsatilgan shaklda sinf bo'yicha topshiriqlarni bo'lib berish: o'z o'rtoqlaringdan quyidagi jamoat topshiriqdarini yaxshi bajara oladiganlarini familiyalarini ayt: 1. Sinfkom. 2. O'quvchilar qo'mitasi raisi ( uchta familya) 3. Devoriy gazeta redkollegiyasi ( uchta familya). 4. Madaniy tashkilotchi. 5. Fizorg. 6.Kichkintoylar etakchisi (kichkintoylarni yoktiradigan bolalardan uchta familya). 7.Sanitarlar(ozoda va talabchan tengdoshlaringdan). 8. To'garak rahbarlari(kaday to'garakka, kim?) Shunday kilb, alohida o'quvchilarning bir-birlari bilan aloqalari grafiklari to'ziladi va bu aloqalarning kamchalik mustahkamligi aniqlanadi. Shu asosda bir-biriga yaqinlashadigan alohida o'quvchilar guruhi ajratiladi. Eksperiment davomida bu guruhlar turli topshiriqlarni bajarishlari va har xil faoliyat turlari bilan shug'ullanishlari lozim. Asta - sekin keyinchalik aktiv bo'ladigan etakchilar tanila boshlaydi. Ishning bunday tizimsi jamoaning shakllanishini tezlashtiradi va jamoaning shaxsga effektiv ta'sirini ta'minlaydi va boshqalar. Sosiometrik metodikadan quyidagilarni hisobga olgan holda foydalanish lozim: 1. Anketa, suhbat, intervyu va o'z - o'zini baholashlarni qo'llashda qo'yiladigan talablarga to'liq rioya qilish zarur. Tadqiqot obyekti haqida etarli ishonchli ma'lumotlar majmuini beradigan priyomlarning o'zaro aloqasini aniq planlashtirish. 2. Sosiometrik metod bilan aloqador bo'lgan va har doim ancha murakkab xarakterga ega bo'lgan munosabatlar doirasi, munosabatlar obyekti va shunga o'xshashlarning yechimlarini tanlash. Masalan, o'quvchilarga faoliyat turlarini tanlash uchun imkoniyat yaratiladi, ya'ni to'garak, guruh yoki brigadalardan qaysi biriga ular ishlashni xoxlasalar tanlashlari mumkin bo'ladi. Tanlash sabablari har xil bo'lishi mumkin: o'rtoqlari bilan birga bo'lish, ishga qiziqish, o'rtoqlari ishonchini kizinish, o'qituvchiga xurmat, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.33 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.33 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga