sport faoliyatining psixologik xususiyatlari Reja: Faoliyatning bir turi sifatida sportning umumiy xususiyatlari. Sport faoliyatining umumiy psixologik xususiyatlari. Sport faoliyatida munosabatlar. Sport turlari va musobaqalashish mashqlarining psixologik xarakteristikasi Sportchilarning faoliyati individual psixologik xususiyatlari Faoliyatning bir turi sifatida sportning umumiy xususiyatlari. Milliy falsafiy va psixologik adabiyotlarda inson faoliyatining turli ko'rinishlari uning uchta asosiy turlariga ajratiladi - o'yin, o'qish va mehnat. Ammo tarixiy jarayonda inson faoliyati jamiyatning moddiy hayoti sharoitlari, odamlar ijtimoiy munosabatlari. Ularning ma'naviy va moddiy talablari rivojlanishiga qarab muntazam o'zgaradi, rivojlanadi va takomillashadi. Shu bilan birga inson faoliyati turli sohalari yangi mazmun, yangi ijtimoiy ahamiyatga ega bo'ladi, odamlar katta ommasini o'z ta'siri ostiga jalb etadi. Shuning uchun, xususan psixologiyada bu uchlik to'ldirilib boriladi va hozirgi davrda unga quyidagilar ham qo'shiladi: munosabatlar (B.T.Ananev, A.A.Bodalev, M.S.Kagan), san'at (K.K.Platonov), sport (Ye.A.Klimov, K.K.Platonov, A.Ts.Puni, P.A.Rudik) va faoliyatning boshqa turlari. Shuni aytish mumkinki sport, ayniqsa hozirgi zamonaviy jamiyat sharoitida, faoliyatning asosiy turlaridan biri bo'lib qolmoqda, bu birinchi navbatda yangi inson shaxsini shakllantirishda muhim omil hisoblanganligi uchun hamdir. Ishlab chiqarish mehnatini o'qish va gimnastika bilan birlashtirilishi - har tomonlama rivojlangan odamlarni tarpbiyalashning yagona vositasi deb hisoblangan. Hozirgi sharoitlarda jismoniy tarbiya va sportni ommaviy rivojlantirish jismoniy va ma'naviy kuchlarini barkamol rivojlantirish bilan insonni tarbiyalashning muhim sharti sifatida qaraladi. Sportning ijtimoiy vazifalarini va unga umumiy qiziqishni kengaytirishning belgilovchi omili sifatida gipodinamiya, nerv-psixik asabiylashish kabi va boshqa ilmiy-texnik revolyutsiyaningyomon oqibatlariga qarshi odamlarning harakatlanish faolliklarini rag'batlantirish zarurligini ommaviy anglab etish ko'rsatiladi. Shu bilan birga sport bilan shug'ullanishning ijobiy ta'siri faqatgina sog'lomlashtirish-gigiyenik jihati emas, balki mehnat samaradorligini oshirishi, kasallanishni kamaytirishi natijasida erishiladigan iqtisodiy samarasi ham takidlanadi. Oxirgi paytlarda sport bilan faol shug'ullanish shaxsning ijtimoiylashishiga yordam berishi haqidagi ishonchli ma'lumotlar ham olingan. Bu xususan yoshlarni ularga yangi bo'lgan mehnat. ta'lim. Turmush. Harbiy xizmat sharoitlariga ijtimoiy moslashishlarini tezlashishi va osonlashishida, amaliy faoliyat ko'nikmalari, ijtimoiy vazifalari va qoidalarni yanada tezroq o'zlashtirishlarida namoyon bo'ladi. Sport, ayniqsa oliy yutuqlar sporti o'zining qiziqarliligi, ko'p sonli tomoshabinlar tomonidan zamonaviy ommaviy axborot vositalari va kommunikatsiyalari yordamida namoyish etilganligi sababli juda ommaviylashdi va o'ziga xos qiziqish obro'ga ega bo'ldi. Sportdagi yutuqlar va g'alabalar ijtimoiy taraqqiyotning umumiy tan olingan mezonlaridan biri bo'lib qoldi. Hatto yuqori natijalar darajasidagi sport odam organizmini uning faolligi ekstremal vaziyatlarida har tomonlama tekshirish ishiga, yani ijtimoiy ishlab chiqarish sifatini baholashga va demak, u yoki bu ijtimoiy-iqtisodiy ijtimoiy formatsiyaning progressivligi, turmush qobiliyati darajasini baholashda xalqaro tajribalar poligoni vazifasini bajaradi degan nuqtai nazar ham mavjud. Sport faoliyatida asosiysi turli xil mashqlarni bajarish jarayonida odamlarning jismoniy va psixik imkoniyatlari chegarasiga erishish, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.73 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.73 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:01 ]
Arxiv ichida: doc