Sport musobaqasining psixologiyasi Reja: Sportda musobaqalashish faoliyati psixologik xususiyatlari Musobaqaga psixik tayyorlik holati Chalg'ituvchi tashqi va ichki ta'sirlarga qarshi to'siqlarga yuqori chidamlilik. Musobaqaga psixologik tayyorgarlik jarayonining xususiyatlari Musobaqalarga umumiy va maxsus psixologik tayyorlanish Emotsional hajonlanish darajasi va uni boshqarish Sportda musobaqalashish faoliyati psixologik xususiyatlari Musobaqa - jamiyatning tarixiy rivojlanishi turli bosqichlarida uning moddiy hayot sharoitlari bilan birlashgan faoliyat alohida turi sifatida sport atributi. Jismoniy tarbiyada ham musobaqalardan foydalaniladi. Lekin bu yerda u maktabda, oliy o'quv yurtida jismoniy tarbiya darsi ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarida aniq vazifalarini hal etish bilan bog'liq faqat malum sharoitlarda aniqlanadigan bu jarayonning xususiyatlaridan biri sifatida ishtirok etadi. Bunday hollarda odatda shunchaki musobaqalashish emas, balki musobaqalashish metodini qo'llash haqida gapiriladi. Faoliyatning tarixiy yuzaga kelgan sharoitlari sababli sportning aniq bir turlarida musobaqalar o'z xususiyatiga ega bo'ladi. U faoliyatning mazmuni va shakli bilan belgilanadi va musobaqalar qoidalari bilan tartibga solinadi. Biroq, sportning hamma turlari uchun umumiy bo'lgan musobaqalarning bazi xususiyatlari mavjud. Bu o'ziga xosliklar asosan psixologik bo'ladi. Ancha avvaldan sport sohasidagi mutaxassislar musobaqalarni sportchilarning aqli, irodasi, sezgisi, jismoniy va texnik mukammalliklari, kurashi, faqatgina jismoniy va motorli emas, balki psixik darajada ham bo'ladigan kurash jarayoni sifatida qaraganlar. Shu sababli umumiy shaklda kurash jarayoni sifatida sport musobaqalarining aynan psixologik jihatlari ko'rsatiladi. Mana shundan musobaqaning asosiy xususiyati - musobaqalashuvchilarning bir xil maqsadga, raqibi ustidan ustunlikka erishish va shu bilan bir vaqtda shunday harakatiga unga qarshilik ko'rsatishga intiluvchi bevosita yoki vositalar yordamida musobaqalashuvchi raqiblarning o'zaro aloqalari yoki bir-biriga ta'siri kelib chiqadi. Jamoali sport turlarida bu yana sport jamoasi hamma a'zolarining harakatlari mosligini, uning fikrlari, irodasi va sezgilari birligini umumlashtirib aytganda birlashib musobaqa kurashlarini olib borishni talab etadi. Kurash jarayonining o'zi va uning natijasi, yani har doim faqat sport hakamlari tomonidan baholanadigan emas, balki jamoatchilik bahosini ham oladigan erishilgan natijaning har bir sportchi uchun shaxsiy va ijtimoiy ahamiyati ham sport musobaqasining xususiyati hisoblanadi. Musobaqalashish kurashi va uning natijasi yuksak darajadagi sportchilar uchun muhim ahamiyatga ega. Psixologiyada ahamiyatlilik tushunchasining mohiyati va bilimlarni egallashda, diqqati faoliyati, faoliyat mahsuldorligida uning roli ko'rsatib berilgan. Sport musobaqalarida bularning hammasi ayniqsa yaqqol ifodalanadi. Musobaqalarda ishtirok etishi ahamiyatini anglab etish odatda musobaqalar maqsadiga erishishga yordam beruvchi kuchli omil bo'lib qoladi. Ammo ahamiyatliligi har bir sportchi uchun o'z o'lchamiga ega (A.Ts.Puni), u nerv sistemasining va psixikasining uning diqqatini musoaqada ishtirok etish mas'uliyatiga qaratuvchi, musobaqa natijasining uning shaxsiy obro'siga, nima bo'lsa ham me'dal olishga sazovor bo'lishga jalb etuvchi turli ta'sirlanishlarga nisbatan mustahkamligi darajasi bilan belgilanadi. Agarda o'lcham buzilsa ahamiyatining ta'siri salbiy bo'lib qoladi. Sportchining ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.26 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.26 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:01 ]
Arxiv ichida: doc