Standartlashtirishning asosiy maqsadlari

Standartlashtirishning asosiy maqsadlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Standartlashtirishning asosiy maqsadlari - rasmi

Material tavsifi

Standartlashtirishning asosiy maqsadlari Reja: Standartlashtirishning asosiy maqsadlari Davlat standartlashtirish tizimi Standartlashtirish ishlarini o'tkazish Normativ hujjatlarning toifalari va ularga qo'yiladigan asosiy talablar O'zbekiston Respublikasining davlat standartlari Standartlar ustidan davlat nazorati Davlat nazorati organlari va obyektlari Davlat inspektorlari, ularning huquqlari va javobgarligi Davlat yo'li bilan standartlashtirish va nazorat qilishga doir ishlarning moliyaviy ta'minoti O'zbekiston Respublikasining «Standartlashtirish to'g'risida»gi qonuni Standartlashtirishning asosiy maqsadlari Mahsulotlar, jarayonlar, ishlar va xizmatlarning (bundan buyon matnda mahsulot deb yuritiladi) aholining hayoti, sog'lig'i va mol-mulkiga, atrof muhit uchun xavfsizligi, resurslarni tejash masalalarida iste'molchilar va davlat manfaatlarini himoya qilishdan; mahsulotlarning o'zaro almashinuvchanligini va bir-biriga mos kelishini ta'minlashdan; fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek aholining hamda xalq xo'jaligining ehtiyojlariga muvofiq holda mahsulot sifatini hamda raqobat qila olish imkonini oshirishdan; barcha turdagi resurslar tejalishiga ko'maklashishdan, ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarini yaxshilashdan; ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalarni amalga oshirishdan; tabiiy va texnogen faloqatlar hamda boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish xavf-xatarini hisobga olgan holda xalq xo'jaligi obyektlarining xavfsizligini ta'minlashdan; iste'molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi hamda sifati to'g'risida to'liq va ishonchli axborot bilan ta'minlashdan; mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorligini ta'minlashdan; o'lchovlarning yagona birlikda bo'lishini ta'minlashdan iboratdir. 2 Davlat standartlashtirish tizimi O'zbekiston Respublikasida standartlashtirish ishlarini o'tkazishning umumiy tashkiliy-texnik qoidalarini tartibga solib turuvchi davlat standartlashtirish tizimi faoliyat ko'rsatadi. Respublikada standartlashtirish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va ta'minlashni: xalq xo'jaligi tarmoqlarida - O'zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (O'zstandart agentligi); (O'zR 25.04.2003 y. 482-II-son qonuni taxriridagi xat boshi) qurilish, qurilish industriyasi sohasida, shu jumladan loyihalash va konstruksiyalashda - O'zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo'mitasi (Davarxitektqurilish qo'mitasi); (O'zR 25.04.2003 y. 482-II-son qonuni taxriridagi xat boshi) tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish hamda atrof muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli ta'sirlardan muhofaza qilish sohasida - O'zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo'mitasi (Davlat tabiatni muhofaza qilish qo'mitasi); tibbiy maqsadlardagi mahsulotlar, tibbiy texnika ashyolari, dori-darmonlar sohasida hamda Respublika sanoati ishlab chiqarayotgan, shuningdek import bo'yicha Respublikaga yetkazib berilayotgan mahsulotlarda inson uchun zararli moddalar miqdorini aniqlash masalalarida - O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi amalga oshiradi. Ushbu qonunga muvofiq davlat boshqaruv organlari o'z vakolatlari doirasida standartlar va texnik shartlarni (bundan buyon matnda standartlar deb yuritiladi), shuningdek ushbu qonunni qo'llashga doir yo'riqnomalar va izohlarni ishlab chiqadilar, tasdiqlaydilar, nashr etadilar. (O'zR 26.05.200 y. 82-II-son qonuni taxriridagi qism) 3 Standartlashtirish ishlarini o'tkazish O'zstandart agentligi ushbu qonunga muvofiq standartlashtirish ishlarini o'tkazishning umumiy qoidalarini, manfaatdor tomonlarning davlat boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari bilan olib boradigan hamkorlikdagi ishining shakl va usullarini belgilaydi. (O'zR 25.04.2003 y. 482-II-son qonuni taxriridagi qism) O'zstandart agentligi, Davarxitektqurilish qo'mitasi, Davlat tabiatni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.82 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.82 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga