STEAM ta'lim texnologiyasini maktabgacha ta'limda qo'llashning me'yoriy-uslubiy asoslari

STEAM ta'lim texnologiyasini maktabgacha ta'limda qo'llashning me'yoriy-uslubiy asoslari

O'quvchilarga / Pedagogika
STEAM ta'lim texnologiyasini maktabgacha ta'limda qo'llashning me'yoriy-uslubiy asoslari - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: STEAM ta'lim texnologiyasini maktabgacha ta'limda qо'llashning me'yoriy-uslubiy asoslari. Reja: Maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi. Ilk qadam davlat o'quv dasturi bo'yicha maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berish masalalari. STEAM ta'lim texnologiyasi asosida maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berish muammolari. О'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash tо'g'risida»gi qarori qabul qilindi. Qaror maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha ta'limdan keng foydalanishini ta'minlash, maktabgacha ta'lim xizmatlarining nodavlat sektorini rivojlantirish maqsadida, qabul qilinmoqda. Prezident qaroriga kо'ra, О'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlangan va u quyidagilarni nazarda tutadi: maktabgacha ta'lim sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish; maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish; bolalarning sifatli maktabgacha ta'lim bilan qamrovini oshirish, undan teng foydalanish imkoniyatlarini ta'minlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish; maktabgacha ta'lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg'or pedagogik va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; maktabgacha ta'limni boshqarish tizimini takomillashtirish, maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish shaffofligi va samaradorligini ta'minlash; maktabgacha ta'lim tizimiga maktabgacha ta'lim tizimi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo yangi yondashuvlarni joriy etish; maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning sog'lom va balanslashtirilgan ovqatlanishini, sifatli tibbiy parvarishini ta'minlash; Shungingdek, О'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2019-yilda amalga oshirish bо'yicha «Yо'l xaritasi»; 2019-2024 yillarda О'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishning maqsadli kо'rsatkichlari; 2025-2030 yillarda О'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishning maqsadli kо'rsatkichlari tasdiqlangan. О'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi har yili 1-dekabrga qadar о'tayotgan yilning «Yо'l xaritasi» bajarilishi yakunlarini batafsil о'rganish asosida keyingi yil uchun «Yо'l xaritasi»ni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun О'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi, shuningdek, «Yо'l xaritalari»ning bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib boradi. Tadbirlarni moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilanmoqda: О'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari; О'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta'limni rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari; jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag'lari; xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlar kreditlari (qarzlar), grantlari va texnik kо'maklashish mablag'lari; qonun hujjatlarida ta'qiqlanmagan boshqa manbalar. 2. Maktabgacha ta'lim tashkilotining davlat о'quv dasturi (quyida: «MTT davlat о'quv dasturi») О'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlanishiga qо'yiladigan Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me'yoriy-huquqiy hujjat bо'lib, unda maktabgacha ta'lim muassasasining maqsad va vazifalari, о'quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g'oyalari ifodalangan, shuningdek, bolaning ta'limning keyingi bosqichiga о'tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilangan. MTT davlat о'quv dasturi О'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta'lim muassasalarida qо'llash uchun majburiy: davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari; maktabgacha ta'lim sohasida xizmat kо'rsatuvchi nodavlat tashkilotlari; Maktabgacha yoshdagi bolalar guruhlariga ega bо'lgan «Mehribonlik» bolalar uylari; maktabgacha va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 348.52 KB
Ko'rishlar soni 70 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:01 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 348.52 KB
Ko'rishlar soni 70 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga