Suhbat diologik nutq o'stirishning asosiy metodidir

Suhbat diologik nutq o'stirishning asosiy metodidir

O'quvchilarga / Pedagogika
Suhbat diologik nutq o'stirishning asosiy metodidir - rasmi

Material tavsifi

suhbat diologik nutq o'stirishning asosiy metodidir Reja: 1. suhbat metodi, uning mohiyati, mazmuni va vazifasi. 2. suhbat turlari va ularning mazmuni, talablari. 3. suhbat jarayonida qo'llaniladigan usullar: ko'rsatma-lilik, kuzatish, o'yin. 4. Turli yosh guruhda suhbat uchun mavzu tanlash va unga qo'yilgan talablar. Tayanch tushuncha va iboralar: suhbat, diologik nutq, kirish suhbati, asosiy va yakuniy suhbat, suzlashuv, savol-javob, aytib turish, yullovchi savol, tinglash, tushunish, qobiliyat. Pedagogikada suhbat metodi og'zaki metodlar majmuasiga kiritilgan bo'lib, barcha ta'lim shakllarida keng kullanuvchi eng samarali metod hisoblanadi. suhbat metodi aniq mavzu yuzasidan bilim va tarbiya berishga yo'naltirilgan savol-javobdan iborat bo'lib, diologik nutqni o'stirishning eng kulay metodidir. suhbat metodida bolalar tarbiyachining, tengdoshlarining savollarini tinglab tushunishlari, savolga mos javobni uylashi, fikrni ifodalovchi gapni grammatik jihatdan to'g'ri tuza olishi, gapga mos so'zlarni tanlay bilishi talab etiladi. suhbat metodi kadimiy metodlardan biri bo'lib, sharq komusiy olimlari tomonidan sinalgan, ishonchli metod sifatida talqin etilgan. sharq mutafakkiri Burxoniddin Zarnuji dars me'yorlari, ta'lim berish usullari haqida fikr yuritib ko'rsatmalilik, tajriba metodlari bilan birga suhbat metodini tavsiya etadi. Uning fikricha narsa, buyum, vokea-hodisalar haqida suhbat qilish uning mazmunini tezrok tushunishga imkon yaratadi. Buyuk mutafakkir Ibn Sino bolalarni guruhlarda o'qitish haqida fikr yuritib, bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda suhbat, tushuntirish metodidan foydalanish lozimligini, suhbatning o'qitish, ta'lim berishda samara berishini takidlaydi. Abu Nasr Farobiy fikricha inson tabiatan doimo uziga yaqin kishilar davrasida bo'lish, o'zaro suhbatlashish orqali ma'naviy, axloqiy kamolotga erishadi. Bu urinda Farobiy suhbat metodining jamiyat hayotidagi o'rni, ma'naviy xususiyatini talqin etmokda. suhbat metodida bolalar berilgan savollarni tezda tushunadilar, unga javobni topish va aytishda faollik kursatadilar, bolalar o'zaro bir-birlarining nutqidagi kamchiliklarni tez paykay oladilar, xatolarni tuzatish imkoniga ega buladilar. Demak, suhbat biror mavzuga yo'naltirilgan ikki va undan ortik kishilar o'rtasidagi diologik nutq bo'lib, u bolalar tafakkuri, xotirasi, diqqati, so'z boyligi, nutqning grammatik tomonini bilishi bilan bog'liq bo'lib, nutqiy muloqot vositasi hisoblanadi. suhbat metodining asosiy maqsadi berilgan savolni tushunish, unga javob berishga o'rgatish, shu asosda diologik nutqni o'stirishdan iboratdir. Demak, suhbatni tashkil etish uchun savol tuzish zarurdir. suhbat metodining asosiy vazifasi diologik nutqni shakllantirishdan iborat bo'lib, suhbat uchun mavzu tanlash, u yuzasidan savollar tuzish, savolga beriladigan javobni oldindan uylash kabi jarayonlarni takoza etadi, suhbatga bolalarni tayyorlashni talab etadi. suhbat metodi quyidagi turlarga bulinadi. 1. Kirish suhbati. 2. Asosiy suhbat. 3. Yakuniy suhbat. Kirish suhbati mashg'ulotlarni tashkil etishdan oldin, kuzatish, ekskursiyaga chiqishdan oldin tashkil etiladi. Kirish suhbatining asosiy maqsadi bolalarni mashg'ulot, sayr, ekskursiya, kuzatish jarayonidagi topshiriqlarni bajarishga kiziktirish, ular diqqatini jalb etish, o'quv faoliyatini tashkil etishdan iborat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.5 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.5 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga