Surdopedagogikaning mavzu bahsi Reja: 1. Surdopedagogikaning mavzu bahsi, vazifalari 2. Surdopedagogikaning tadqiqot metodlari 3. Surdopedagogning shaxsiy va kasbiy sifatlari 1. Surdopedagogikaning mavzu bahsi, vazifalari Surdopedagogika (lotincha surdus - sо'zidan olingan bо'lib karlik degan ma'noni bildiradi) defektologiyaning bir tarmog'i bо'lib, eshitishida nuqsoni bо'lgan shaxslar ta'lim-tarbiyasi masalalari hamda muammolari bilan shug'ullanuvchi fandir. Surdopedagogikaning asosiy vazifalari eshitishida nuqsoni bо'lgan bolalarni pedagogik jihatdan har tomonlama о'rganish, maxsus maktabda til о'qitishni takomillashtirish, eshitish qobiliyatini rivojlantirish va talaffuzini shakllantirish ishlarini yuqori pog'onaga kо'tarish; eshitishida nuqsoni bо'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish qonuniyatlarini о'rganish va uni takomillashtirish, eshitish idrokining rivojlanish tizimi samaradorligini oshirish, о'z bitiruvchilarining ma'lum bir kasb yо'nalishi bо'yicha mehnat qilishlariga erishish; о'qitishning texnik vositalarini takomillashtirish; maktabgacha ta'lim muasasasining va maktab ta'limining uzluksizligini ta'minlash; respublika bо'yicha medisina hamda xalq ta'limi tarmoqlari ishlarini muvofiqlashtirish, erta tashxis tashxisi muammolarini о'rganishdan iboratdir. Surdopedagogika eshitishida muammosi bо'lgan shaxslar ta'limi, tarbiyasi va о'qitilishi masalalari bilan shug'ullanuvchi pedagogik fanlar qatoriga kiruvchi korreksiya pedagogikasining bir tarmog'idir. Surdopedagogika fan sifatida eshitishida muammosi bо'lgan shaxslar ta'lim-tarbiyasi amaliyoti bilan chambarchas holda, shuningdek, ushbu amaliyotni har tomonlama о'rganish hamda umumlashtirish asosida rivojlanadi. U nuqsonning oldini olish va kompensatsiyalash (о'rnini bosish)ning ilmiy asoslangan yо'l va vositalarini ishlab chiqish, shaxsning rivojlanish sharoitlarini asoslab berish bilan eshitishida muammosi bо'lgan bolalar ta'lim-tarbiyasi amaliyotiga tubdan ta'sir kо'rsatadi. Ushbu holatdan kelib chiqqan holda о'zbek surdopedagogikasi о'z oldiga quyidagi vazifalarini hal qilishni qо'ymoqda: eshitishida muammosi bо'lgan bolalarni har tomonlama pedagogik о'rganish; eshitishida muammosi bо'lgan bolalar ta'lim-tarbiyasi ob'yektiv qonuniyatlarini о'rganish, maxsus tashkil etilgan ta'lim-tarbiyaning mohiyatini aniqlash; ilm asoslariga о'qitish tizimini nazariy asoslab berish hamda ishlab chiqish; eshitish idrokini rivojlantirish, ona tilini о'qitish, og'zaki nutq (talaffuz)ni shakllantirish tizimini takomillashtrish; maxsus ta'lim tizimi mazmuni (о'quv reja, ta'lim talab va dasturlari, darsliklar) ni ilmiy asoslagan holda takomillashtirish; maxsus muassasada korreksion-kompensator rivojlantiruvchi tavsifga ega о'qitish va tarbiyaning nizom, metod va tashkiliy shakllarini ilmiy asoslagan holda takomillashtirish; о'quvchilar ta'limi, ijtimoiy foydali mehnat hamda kasb tayyorgarligi tizimini takomillashtirish; eshitish nuqsonini korreksiyalash (tо'g'irlash) va kompensatsiyalash (о'rnini bosish) texnik vositalarini yaratish va takomillashtirish; maxsus maktabgacha ta'lim muassasasi, maktab-internati, oila va mahallaning eshitishida muammosi bо'lgan о'quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlash borasidagi faoliyatidagi hamkorliklarini kuchaytirish; maxsus pedagogik bilim va yutuqlarni targ'ibot qilish, ommalashtirish; eshitishida muammosi bо'lgan о'quvchilarni inklyuziv ta'limni joriy etish orqali ijtimoiy hayotga erta uyg'unlashtirish masalalarini hal qilish. Sо'nggi yillarda ta'lim sohasida sodir bо'lgan qator ijobiy о'zgarishlar rivojlanishida muammolari bо'lgan bolalar taqdiri masalalarini hal qilishda turli soha vakillari yangi yо'nalishlardagi faoliyatlarining birlashuvi bilan chambarchas bog'liq. Bolaning rivojlanishidagi me'yordan chetga chiqishlarni erta tashxis qilish, muammo oqibatini bartaraf etish, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
33.81 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:01
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
33.81 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:01 ]
Arxiv ichida: docx