Surdopedagogikaning predmeti, vazifa va ilmiy-tadqiqot metodlari Reja: 1.Surdopedagogikaning predmeti va vazifalari. 2.Surdopedagogikaning rivojlanish bosqichlari. 3. Surdopedagogikaning metodologik asoslari. 4. Surdopedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari. Surdopedagogika (surdus - lotin tilida kar manosini anglatadi) eshitishida muammolari bo'lgan shaxslar ta'limi, tarbiyasi va o'qitilishi masalalari bilan shug'ullanuvchi pedagogik fanlar qatoriga kiruvchi korreksiya pedagogikasining bir tarmog'idir. Surdopedagogika fan sifatida eshitishida muammolari bo'lgan shaxslar ta'lim-tarbiyasi amaliyoti bilan chambarchas holda, shuningdek, ushbu amaliyotni har tomonlama o'rganish hamda umumlashtirish asosida rivojlanadi. U nuqsonning oldini olish va kompensatsiyalash (o'rnini bosish)ning ilmiy asoslangan yo'l va vositalarini ishlab chiqish, shaxsning rivojlanish sharoitlarini asoslab berish bilan eshitishida muammolari bo'lgan bolalar ta'lim-tarbiyasi amaliyotiga tubdan ta'sir ko'rsatadi. Ushbu holatdan kelib chiqqan holda o'zbek surdopedagogikasi o'z oldiga quyidagi vazifalarini hal qilishni qo'ymoqda: eshitishida muammolari bo'lgan bolalarni har tomonlama pedagogik o'rganish; eshitishida muammolari bo'lgan bolalar ta'lim-tarbiyasi obyektiv qonuniyatlarini o'rganish, maxsus tashkil etilgan ta'lim - tarbiyaning mohiyatini aniqlash; ilm asoslariga o'qitish tizimini nazariy asoslab berish hamda ishlab chiqish; eshitish idrokini rivojlantirish, ona tilini o'qitish, og'zaki nutq (talaffuz)ni shakllantirish tizimini takomillashtrish; maxsus ta'lim tizimi mazmuni (o'quv reja, ta'lim talab va dasturlari, darsliklar)ni ilmiy asoslagan holda takomillashtirish; maxsus muassasada o'qitish va tarbiya nizom, metod va tashkiliy shakllarini ilmiy asoslagan holda takomillashtirish; o'quvchilar ta'limi, ijtimoiy foydali mehnat hamda kasb tayyorgarligi tizimini takomillashtirish; eshitish nuqsonini korreksiyalash (to'g'irlash ) va kompensatsiyalash (o'rnini bosish) texnik vositalarini yaratish va takomillashtirish; maxsus maktabgacha ta'lim muassasasi, maktab-internati, oila va mahallaning eshitishida muammolari bo'lgan o'quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlash borasidagi faoliyatidagi hamkorliklarini kuchaytirish; maxsus pedagogik bilim va yutuqlarni targ'ibot qilish, ommalashtirish; eshitishida muammolari bo'lgan o'quvchilarni inklyuziv ta'limni joriy etish orqali ijtimoiy hayotga erta uyg'unlashtirish masalalarini hal qilish. Turli yoshda eshitish muammolari mohiyatining turlicha namoyon bo'lishi surdopedagogikani uch mustaqil yo'nalishda: maktabgacha, maktab hamda kattalar surdopedagogikasi sifatida tadqiq qilishni talab qiladi. Bir necha asrlar davomida jahon surdopedagogik nazariya va amaliyoti eshitishida muammolari bo'lgan bolalar rivojlanish xususiyatlari hamda bilish imkoniyatlari, shuningdek, nuqsonning murakkab tuzilishi haqidagi bilim va tajribalarni to'pladi (Arastu, JKardano, P.Ponse, X.Bonet, Sh.M.Epe, S.Geynike, L.SVigotskiy, S.A.Zikov, R.M.Boskis va b. ) . Nogironlikka bo'lgan zamonaviy yondashuvlar Respublikamiz maxsus ta'lim tizimi xodimlarini alohida etiborga muhtoj bo'lgan bolalar ta'lim olish muammolarini ilmiy-metodik jihatdan asoslab berish masalalariga jiddiy etibor bilan yondashishlariga undamoqda. O'zbek surdopedagogikasining rivojlanishi Toshkentda 1919 yildan faoliyat yurita boshlagan O'rta Osiyoda dastlabki barcha nuqsonli bolalar birgalikda ta'lim olishlari uchun mo'ljallangan maktabdan 1922 yilda ilk kar bolalar maxsus maktab-internatining ajrab chiqishi bilan bog'liq. Maxsus tizim amaliyoti stixiyali ravishda tizimdagi ishning rus maxsus kar bolalar maktablari o'quv dasturlari hamda umumta'lim maktablari darsliklari asosida olib borilishi orqali ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.95 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.95 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:01 ]
Arxiv ichida: doc