Tabaqalashtirilgan o'qitish ta'lim texnologiyalari

Tabaqalashtirilgan o'qitish ta'lim texnologiyalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Tabaqalashtirilgan o'qitish ta'lim texnologiyalari - rasmi

Material tavsifi

TABAQALASHTIRILGAN O'QITISH TA'LIM TEXNOLOGIYALARI TABAQALASHTIRILGAN O'QITISH TA'LIM TEXNOLOGIYALARI Reja: Zamonaviy o'qitish texnologiyalarining turi va ularning mohiyati Shaxsga yo'naltirilgan o'qitish texnologiyalarining mohiyati Tabaqalashtirilgan ta'lim texnologiyalari Xulosa O'qitish jarayonida pedagogik texnologiyalar talablari asosida ifoda etilgan o'quv maqsadlariga erishiladi. Ilmiy-texnik taraqqiyot jadal rivojlanib borayotgan davrda o'qitish samaradorligi, asosan o'quvchining o'qitish jarayonidagi o'rni, pedagogning unga bo'lgan munosabatiga bog'liq bo'ladi. Bu yerda o'qitish texnologiyasining ikki turini ajratib ko'rsatish mumkin: Avtoritar texnologiya; Shaxsga yo'naltirilgan texnologiya. Avtoritar texnologiya - bunda pedagog subyekt sifatida namoyon bo'ladi, o'quvchilar esa faqatgina obyekt vazifasini bajaradi xolos. Bunda o'quvchining tashabbusi va mustaqilligi yo'qoladi, o'qitish majburiy tarzda amalga oshiriladi. Odatdagi an'anaviy o'qitish avtoritar texnologiyada taalluqlidir. Bunda, avvalo Ya. A. Komenskiy tomonida ifoda etilgan, didaktik tamoyillarga asoslangan o'qitishning sinf-dars tizimida tashkil etilishi nazarda tutiladi. An'anviy o'qitish asosan bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirishga qaratilgan bo'lib, shaxsning rivojlanishini ko'zda tutmaydi. Shaxsga yo'naltirilgan texnologiya - bunda o'quvchi shaxsi pedagogik jarayon markaziga qo'yiladi, uning rivojlanishiga va tabiiy imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishga qulay shart-sharoitlar yaratiladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida O'zbekiston Respublikasidagi ta'lim tizimining milliy modeliga alohida e'tibor qaratilgan. Bu model 5 tarkibiy qismdan iborat: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta'lim, fan va ishlab chiqarish. Bu yerda ta'lim milliy modelning asosiy tarkibiy qismi - shaxs birinchi o'rinda turadi. Boshqacha qilib aytganda, butun ta'lim tizimi, shu jumladan, o'qitish shaxsga yo'naltirilgan bo'lishi lozim. O'qitishning shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalariga quyidagi asosiy tamoyillar kiradi: Insonparvarlik, ya'ni insonga har tomonlama hurmat va muhabbat ko'rsatish, unga yordamlashish, uning ijodiy qobiliyatiga ishonch bilan qarash, zo'ravonlikdan to'la voz kechish; Hamkorlik, ya'ni pedagog va o'quvchilar munosabatidagi demokratizm, tenglik, sheriklik; Erkin tarbiyalash, ya'ni shaxsga uning hayot faoliyatini keng yoki tor doirasida tanlab olish erkinligi va mustaqillikni berish, natijalarni tashqi ta'sirdam emas, ichki hissiyotlardan keltirib chiqarish. TABAQALASHTIRILGAN O'QITISH Tabaqalashtirilgan o'qitish o'quv jarayonini tashkil etishning bu shakli umumiy didaktika tamoyillariga asoslangan bo'lib, maxsus tashkil ettirilgan talabalarning gomogen guruhlarida o'quv jarayonini ixtisoslashtirishni ta'minlaydi (1-rasm va 2-rasm). Talabalarning aqliy rivojlanish darajasi Turli darajadagi gomogen guruhlarni tuzish Turli darajadagi makroguruhlarni tuzish Gomogen guruhlar uchun didaktik materiallar tayyorlash Gomogen guruhlar bo'yicha o'quv maqsadlariga tuzatishlar kiritish Gomogen guruhlar bo'yicha o'quv dasturlarini tabaqalashtirish Turli darajadagi gomogen guruhlar uchun o'qitish usullarini belgilash Qabul qilingan texnologiyalar, qoidalar, tamoyillar asosida o'qitish Teskari aolqani ta'minlash (diagnostik testlar o'tkazish) O'quv maqsadlariga erishilganligini baholash Maqsadli yo'nalishlari Ta'rifi Konseptual qoidalar I. Gomogen guruhlarni tshkil etish usullari II. Fanlar o'quv dasturlarini tabaqalashtirish II. O'qitish usullari O'quv jarayonining tashkiliy bu shakli talabalarning maxsus shakllantirilgan gomogen guruhlarida o'qitish jarayoning ixtisoslashishini ta'minlaydi Tabaqalashtirilgan o'qitish Talabalarni gomogen guruhlarda ularning qobiliyati darajasida o'qitish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 66.8 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:09 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 66.8 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga