Tabiatning xilma-xilligi. Tabiat zonalari Reja: Jonajon o'lka haqida suhbat. Tabiiy xarita, tabiiy zonalar xaritasi bilan amaliy ishlash. Tabiatning xilma -xilligi va tabiiy zonalar haqida hikoya. Tabiat hodisalari haqida Tabiat qonunlarini bilishning ahamiyati Fan tabiatni bir-biridan ajralib qolgan, bir-biriga bog'lanmagan yakka-yakka jismlar va hodisalarning tasodifiy yig'indisi, deb qaramay, balki bir-biriga uzviy bog'langan, bir-biriga bog'liq bo'lgan, bir-biriga sababchi bo'lgan jism va hodisalardan iborat deb qaraydi. Tabiat hodisalari o'rtasidagi bu bog'lanishlarni tabiat qonunlari tariqasida ifoda etiladi. Qonun - moddiy dunyoning eng umumiy va eng muhim bog'lanishlarining ifodasidir. Shuning uchun ilmiy qonunlar sezib idrok etishga qaraganda haqiqatni chuqurroq, to'g'riroq va to'laroq aks ettiradi. Odam tabiat qonunlarini, tabiatdagi bog'lanishlar va munosabatlarni bilish bilan tabiatni boshqarish, uning kuchini egallash va uning boyliklaridan o'zining amaliy maqsadlari uchun foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi. Mana shuning uchun tabiatni o'rganadigan barcha fanlar moddiy dunyoning qonuniy bog'lanishlarini bilishga, tabiat qonunlarini ochishga intilganlar va intilmoqdalar. O'sib borayotgan avlodga bilim berish bilan birga bizning maktablarimiz o'quvchilarni tabiatning eng muhim qonunlari bilangina tanishtirishi kerak. Tabiatni o'qitishda tabiat qonunlari Boshlang'ich maktab o'quvchilari tabiat qonunlarini o'zlashtira oladilar, deb aytish mumkinmi? Tabiat qonuni - moddiy dunyoning eng umumiy, eng muhim tomonlari hamda bog'lanishlarning ifodasi. Biroq, Boshlang'ich sinf o'quvchilari asosan ayrim jismlar hamda hodisalarnigina tushuna oladilar va sodda xulosalar chiqara oladilar. Boshlang'ich sinf o'quvchilari tabiat qonunlarini hozirgi zamon Fani qanday ifodalasa, xudi shunday qilib o'zlashtirib oladilar, deb bo'lmaydi. Bundan, ko'pincha, Boshlang'ich sinf o'quvchilariga tabiat qonunlarini hozirgi zamon fani ifoda etgan tarzda chuqur berib bo'lmasa, demak bu yoshdagi bolalarni tabiat qonunlari bilan tanishtirishning hojati ham yo'q, degan xulosa chiqaradilar. Bunday fikr go'yo, tabiat qonunlarini qo'pol ravishda soddalashtirishga va fanni buzishga olib boradi. Bu xulosa xatodir. Xatolik o'quvchilar tomonidan tabiat qonunlarini o'rganish jarayoniga noo'g'ri qarashdadir. Bolalar tabiat qonunini birdaniga bilib olmaydilar. Yuqori sinf o'quvchilari hozirgi zamon fani ifodalagan tabiat qonunlarini ongli ravishda tushunib, bilib olishlari uchun ularga pastki sinflardayoq ayrim hodisalar o'rtasidagi tabiat qonunlari yaqqol ko'rinadigan eng sodda bog'lanishlarni tushunarli va ochiq misollar bilan ko'rsatish kerak. Boshlang'ich sinflarda o'tiladigan tabiatshunoslik dasturida Boshlang'ich sinf o'quvchilariga qanday sodda bog'lanishlarni ochib berish lozimligi ko'rsatilgan. Masalan, suv isiganda kengayadi, sovuganda torayadi, qaynaganda bug'lanadi, bug'ni sovutganda yana suvga aylanadi, qattiq jismlar va bug' ham isiganda kengayadi, sovuganda torayadi, degan tushunchani o'quvchilar o'zlashtirishlari kerak. O'qituvchi Boshlang'ich sinf o'quvchilariga tabiat hodisalari o'rtasidagi eng sodda bunday bog'lanishlarni oydinlashtirib berish bilan birga, bu hodisalarni chuqur tushuntirib bera olmaydi. O'quvchilar o'rta maktabda modda tuzilishining molekulyar nazariyasi bilan tanishganlarida bu hodisalarning asosini va sababini tushuna oladilar. Bu vaqtda qonunning o'zi o'quvchilar uchun ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.52 KB
Ko'rishlar soni
33 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.52 KB
Ko'rishlar soni
33 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:10 ]
Arxiv ichida: doc