Tabiatshunoslik darslarining tiplari Reja: Dars o'quv-tarbiya ishlarining tashkil qilishning asosiy shaklidir. Darsning maqsadi va vazifalari. Darsning to'zilishi-bosqichlari. Tabiatshunoslik darslari tiplari. Tayanch tushunchalar: tabiatshunoslik darsining ta'rifi, to'zilishi; dars tiplari, ularning maqsadi, to'zilishi, qo'llaniladigan metodlar; mashg'ulotning qanday sharoitda o'tkazilishi; o'quvchilarning bilimlarini mustahkamlanishi haqida talabalarga tushuncha hosil qilish; Dars-o'quv ishlarining tashkiliy shakli bo'lib, bir xil yoshdagi o'quvchilar bilan qat'iy jadval va dastur asosida 45 daqiqa davomida o'quvchilar qat'iy tarkibi bilan olib boriladigan mashg'ulotlar dars deb ataladi. Har bir dars dasturda belgilangan masalalarni o'rganishga bag'ishlanadi. Tabiatshunoslik darslari quyidagi vazifalarni bajarishi ko'zda tutiladi. 1. Ta'limiy vazifasi-bu o'quvchilarga muntazam bilim berish o'quv va ko'nikmalar hosil qilish bilan bog'langan. Buning uchun o'qituvchi o'quv materialidan bosh, asosiy tushunchalarni tanlaydi, ular asosida anglangan, chuqur bilimlar hosil qiladi. Tarbiyaviy vazifasi-tabiat qonuniyatlarini o'rganishi asosida bolalarda moddiy dunyoqarashni shakllantirish, o'lkashunoslik, ekologik, mehnat va estetik, tabiatni sevish, uni muhofaza qilish ruhida tarbiyalashdan iborat. 3. Rivojlantiruvchi vazifasi-o'quvchilarning aqliy va bilish qobiliyatlarini o'stirish bilan bog'liq holda ularning shaxsiy sifatlarini rivojlantirishdan iborat. Bunda o'quvchilarning ko'zatuvchanlik, diqqati, xotira kuchlarini o'stirish va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga alohida e'tibor beriladi. Tafakko'r operatsiyalari asosida ish olib boriladi. 4. Rag'batlantiruvchi vazifasi u o'quvchilarda bilimga bo'lgan ehtiyoj tabiatni o'rganishga qiziqish uyg'otish, bilish faoliyatini faollashtirishdan iborat. Kursning mazmuni, moddiy baza, o'quv materialining yangi bilimlari, ularning hayotiy ahamiyati, o'lkashunoslik materiallari o'quvchining bilishga bo'lgan qiziqishini oshiradi. 5. Mustaqil ta'lim beruvchi vazifasi bu mustaqil ishlash metodlarini qo'llash yo'li bilan amalga oshiriladi-darslik, ko'zatishlar kundaligi. Globus, xarita, jadval va rasmlar bilan mustaqil ishlanadi. Darsning maqsadi va mazmuni har xil bo'lsada, ammo umumiy maqsad bir xil-o'quvchilarning kompleks tarbiyalash va ularni tabiatga doir bilimlar qurollantirishga qaratilgan. Tabiatshunoslik darslarining maqsadi va mazmuni turli xil bo'lsada, turli bosqichlarda to'zilgan darslar amalda keng qo'llaniladi: tashkiliy qism. Uy vazifasini bajarilishini tekshirish, so'rab baholash. Yangi materialni o'rganish bayoni. O'rganilgan materialni tekshirish va mustahkamlash. Qiziqarli materiallardan foydalanish maqol, topishmoq, tez aytishuv, asarlardan parchalar va b. . Uyga vazifa berish. Tabiatshunoslik darslarining tiplari. Tabiatshunoslik darslarining o'ziga xos bosqichlari mavjuddir: tashkiliy qism; uy vazifasini tekshirish; yangi materialni bayoni; o'quvchilarning mustaqil ishlari; yangi bilimlarni o'zlashtirilishini tekshirish; dars materialini umumlashtirish; uyga vazifa berish; baholarni izohlash struktura qismlari o'rin almashinishi mumkin. Darslar didaktik maqsadlariga ko'ra bir necha tiplarga bo'linadi: birlashtirilgan aralash kombinatsiyalashtirilgan dars, yangi material o'rganiladigan dars, mustahkamlash darsi, o'quv-tajriba uchastkasida dars, maktab jo'g'rofiya maydonchasida o'tkaziladigan dars, izohli o'qish kino va teledarslar, takrorlovchi-umumlashtiruvchi darslar. 1. Birlashtirilgan kombinatsiyalashtirilgan darslar. Bu dars tabiatshunoslik o'qitilishida keng tarqalgan darslardan biri. Dars jarayonida bir necha vazifalar bir xilda va bir xil vaqtda amalga oshiriladi: o'tilgan ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.57 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.57 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:10 ]
Arxiv ichida: doc