Tabiatshunoslik fanini o'qitishda noan'anaviy usullardan foydalanish metodlari Reja: Kirish 1-bob. Tabiatshunoslik fanini o'qitishda noan'anaviy usullardan foydalanishning nazariy asoslari . 2-bob. O'qitishda motivatsiyani shakllantirish 3-bob. Bilim o'rganishda ta'sir etuvchi omillar 4-bob. O'rganish pog'onalari va turlari Kirish Mamlakatimizning ilmiy-texnik salohiyati, ishlab chiqarish darajasi, iqtisodiyoti, taraqqiy etgan mamlakatlar bilan integratsiyalashuvi, ta'lim tizimining zamon talablari asosida tashkil qilinishiga bog'liq. O'zbekistonda uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilishga katta etibor berilmoqda. ta'lim to'g'risidagi qonun va Kadrlash tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi buning tasdig'i hisoblanadi. Bu hujjatlarni hayotga tadbiq qilish o'qitish usullarini zamonaviylashtirishni, barcha o'quv yurtlarini moddiy texnik bazasini mustahkamlashni, ularni kadrlar bilan ta'minlashni, yangi darsliklar va uslubiy qo'llanmalar yaratishni talab etadi. an'anaviy o'qitish usullarining ijobiy tomonlarini saqlab qolgan holda, zamonaviy o'qitish usullariga o'tish zarurati tug'ildi. Zamonaviy o'qitish usullarining muhim elementlaridan biri o'quvchilar tinglovchi emas balki, ishtirokchi bo'lishlari, ularni tarqatma materiallar, uslubiy qo'llanmalar va adabiyotlar bilan ta'minlashdir. Bitiruv malakaviy ishimizdan ko'zlangan maqsad zamonaviy pedtexnologiyaning ayrim masalalariga bag'ishlangan bo'lib, bunda o'qitishning an'anaviy va zamonaviy usullari, o'qitishda m o t i v a ts i ya n i (harakat qilishga undaydigan sabablar) shakllantirish va faollikni oshirish, bilim o'rganishga ta'sir etuvchi omillar, o'qitishning maqsad va mazmunlarini muvofiqlashtirish, o'rganish pog'onalari va turlari, tabiiy fanlarni didaktik prinsiplar asosida o'qitish va boshqa masalalar batafsil yoritildi. Ilmiy kashfiyotlar tarixi talabalarni tabiatni tadbiq qilishda fanning bosib o'tgan yo'lini, fanda faraziyalar qanday paydo bo'lishi va agar faraziyalar tasdiqlansa qanday qilib nazariyaga aylanishini bilib olishga yordam beradi. O'qituvchi hikoyasidagi bu kabi misollar talabalarni materiallarni egallashga tadqiqotchilik nuqtai nazardan yondashishga undaydi, farazlarni aniq ta'riflashga va tahlil qilishga o'rgatadi. Bunday farazlarni o'rtaga qo'yish esa yangi pedagogik texnologiya asosida o'tiladigan muammoli darslarda nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Buning natijasida esa talabalar mustaqil fikrlaydigan va jamiyatda o'z o'rnini topa oladigan shaxsga aylanadi. Talabalarni bunday ruhda tarbiyalash, dars jarayonida talabalar tinglovchi emas, balki ishtirokchi sifatida qatnashadilar. Tabiatshunoslik kursi orqali talabalar yovvoyi o'simlik va hayvonlarning oziqlanishi, rivojlanishi, kupayishi umuman olganda biologik xususiyatlarini va jonli tabiat bilan jonsiz tabiat o'rtasidagi o'zaro aloqadorlik qanday namoyon bo'lishi, tabiatda qanaday qonuniyatlar borligini o'rganishadi. Buning natijasida esa talabalarning tabiatga bo'lgan qiziqishlari ortib borishi bilan bir qatorda, tabiat bizga inom etgan ana shu go'zal nabotot va hayvonot olami bilan ularni tanishtirib borishimiz, tabiatning har bir giyohi, har bir hayvonotining insonlar uchun, tabiat uchun naqadar katta ahamiyatga ega ekanligini aytib, o'rgatib borishimizga va ma'naviy oziqlantirishimiz uchun imkoniyat yaratiladi. Bizni o'rab turgan tabiat bitmas tuganmas xazina. Uning turli tuman o'simliklar dunyosi talabalarni o'zga jalb etib, ularning ongida tabiatga nisbatan mehr uyg'onishi bilan bir ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.24 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.24 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:10 ]
Arxiv ichida: doc