Tabiatshunoslik o'qitish metodikasining predmeti, vazifalari

Tabiatshunoslik o'qitish metodikasining predmeti, vazifalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Tabiatshunoslik o'qitish metodikasining predmeti, vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Tabiatshunoslik o'qitish metodikasining predmeti, vazifalari Reja: Tabiatshunoslik o'qitish metodikasi - pedagogika fani sifatida. Tabiatshunoslik o'qitish metodikasi predmeti, vazifalari. Tabiatshunoslik ta'lim va tarbiyaviy ishlar darajasini milliy dasturda belgilanishi. Metodikaning ilmiy-tadqiqot metodlari. Metodikaning boshqa fanlar bilan aloqasi. Asosiy tushunchalar. Tabiatshunoslik o'qitish metodikasining pedagogika fanlari tarkibiga kirishi haqida ma'lumot; tabiatshunoslik o'qitish metodikasi nima haqida bahs etishi; boshlang'ich sinf o'quvchilarini tabiatshunoslik bilimlari bilan qurollantirish borasidagi vazifalarni aniqlash; tabiatshunoslik ta'limi samaradorligini oshirish yo'llarini Kadrlar tayyorlash milliy dasturi da belgilanishi; metodikaning ilmiy-tadqiqot metodlarining turlari; metodikaning boshqa fanlar bilan bog'lanishi. Tabiatshunoslik o'qitish metodikasi o'z mazmun va mohiyatiga ko'ra maktab o'quvchilariga tabiatshunoslik bilimlarini berish bilan birga ularning har tomonlama tarbiyalash ishlariga o'z ulushini qo'shishdan iborat. Shu nuqtai-nazardan u pedagogika fanlari tarkibiga kirib, asosiy predmeti boshlang'ich sinflarda o'rganiladigan tabiatshunoslik kursi hisoblanadi. Zero, bu fan ta'lim-tarbiyaning o'ziga xos mazmuni va metodlarini belgilab beradi. O'qituvchi tabiatshunoslik kursi o'z ichiga oladigan ta'limiy ishlarni bajarish bilan birga bolalarni hayotiy-amaliy faoliyat uchun zarur bo'lgan bilim, o'quv va ko'nikmalarni shakllantirish hamda, ularning dunyoqarashi aqliy qobiliyatlari, shaxsiy fazilatlarini ham rivojlantirishga erishishga astoydil harakat qiladi. O'qitish jarayoni predmet mazmuni, o'qituvchi va o'quvchilar faoliyatini - bilim, o'quv va ko'nikmalarini egallab olishini o'z ichiga oladi. Tabiatshunoslik o'quv predmeti sifatida uning vazifalari tabiatshunoslik mazmunini aniqlash, o'qitishning metod va uslublarini tadqiq qilish, zaruriy o'quv ko'rgazmali jihozlarni tayyorlash yo'llari haqida ko'rgazmalar berishga qaratilgan. Shunday ekan, o'quv jarayonini tashkil qilishni shunday uyushtirish kerakki, u davr talabi darajasiga mos bo'lsin. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilab qo'yilganki, «Ta'lim oluvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning va ma'rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish» hamda tayyorlanayotgan kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan davlatning talablarini, buyurtmalarini shakllantirishning mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat: Milliy dasturda boshlang'ich ta'limni amalga oshirish jarayonida «o'quvchilarning fanlar asoslari bo'yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o'zlashtirish ehtiyojini, asosiy o'quv-ilmiy, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma'naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat ko'nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda bo'lishni va kasb tanlashni shakllantiradi» deb qayd etilgan ekan, tabiatshunoslik o'qitilishida ham bu vazifa. Tabiatshunoslik o'qitish metodikasi didaktik printsinlarga tayanadi, ya'ni bolalarning ta'lim-tarbiyasining umumiy qonuniyatlarini ochib beradigan fan - bu didaktika hisoblanadi. Tabiatshunoslikni mazmuni o'ziga xos xususiyatga ega bo'lib, metodikasi esa maktab predmeti mazmuniga asoslanib, kichik maktab o'quvchilarini ta'lim-tarbiyasi va rivojlanish sistemasi mohiyatini ochib beradigan fandir. Metodika boshqa pedagogika fanlari qatori boshlang'ich maktabning bir qator muammolarini yechib, o'quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish yo'llarini ko'rsatib beradi. Tabiatshunoslik o'qitish metodikasi «Nima uchun quyi sinf o'quvchilari atrof-tabiatni o'rganadilar?» degan savolga javob beradi. Binobarin, u boshlang'ich sinf tabiatshunoslik kursini zamon talabiga mos holda o'qitish maqsadida bolalarga ta'lim - ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.44 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.44 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga