Tabiatshunoslik o'qitishning amaliy metodlari

Tabiatshunoslik o'qitishning amaliy metodlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Tabiatshunoslik o'qitishning amaliy metodlari - rasmi

Material tavsifi

Tabiatshunoslik o'qitishning amaliy metodlari Reja: 1. Amaliy metodlar, ularning ta'rifi. 2. Amaliy metodning turlari. 3. Kuzatish, laboratoriya ishlari. 4. Amaliy ish va tajribalarning o'quvchilar bilimini chuqurlashtirishdagi o'rni. Asosiy tushunchalar. Amaliy metodning ta'rifi va ahamiyatini yoritish; amaliy metodning turlari. Amaliy metodning qo'llash jarayoni; tajribalar; turlari; kundalik kuzatish daftarini to'ldirish; amaliy ishlarda priborlarning tutgan o'rni (termometr, kompas, gnomon tayoqcha, globus va bosh.). Amaliy metod o'quv jarayonida o'quvchilarning turli-tuman faoliyatini yo'naltirish bilan belgilanadi. Bu reja ishlab chiqish, jism bilan tanishish topshiriqlari fikrlash natijalarini rasmiylashtirish, bajarilgan ishga yakun yasash. Ushbu metod predmet, jism va tabiat hodisalarini eng yaxshi yo'l bilan o'rganish mumkinligidan juda keng qo'llaniladi. Amaliy metod og'zaki va ko'rgazmali metod bilan uzviy bog'langan (ko'rsatish, oldinda turgan ish bo'yicha o'qituvchining tushunchasi). Biror amaliy ishdan boshlashdan oldin o'qituvchi o'quvchilar oldida topshiriq qo'yadi va uni bajarish yo'li haqida ko'rgazma beradi. Topshiriqni muammoli tarzda bo'lgani ma'qul.uni yechish jarayonida bilim bilan birga o'qituvchining amaliy ishi va mantiqiy tafakkuri uyg'unlashib ketadi. Bilimlarni o'zlashtirishda o'quv jarayonini amaliy tarzda uyushtirish o'quvchi mustaqilligi va ijodiy fikrlashini faollashtiradi. Amaliy ishlar jarayonida faol o'zlashtirilgan bilimlar yengil va ongli bo'lib qolmay ancha mustahkam bo'ldi. Amaliy metod shu paytda qo'llaniladiki, qachonki faol amaliy va fikrlash faoliyati natijasida yangi bilimlar olish zarurati tug'ilganda. Shuningdek, faqat yangi bilimlar hosil qilish emas, shu bilan birga ularni yangi vaziyatda qo'llay olish o'quvchi yoki amaliy ko'nikmasi hosil bo'lishiga erishish lozim. Amaliy metodning bir necha turlari mavjud: kuzatish laboratoriya tajribalari; tirik mavjudotlarni aniqlash va tavsiflash ishlari; priborlar bilan ishlash; tirik tabiat burchagida va o'quv tajriba uchastkasidagi amaliy ishlar. Kuzatish - bu tabiatdagi predmet va hodisalarni maqsadga yo'nalgan holda idrok qilishdan iborat bo'lib, ularning umumiy va farq qiluvchi belgilarini qonuniyatlari aniqlanadi. Kuzatish jarayonida o'quvchilarda kuzatuvchanlik ko'nikmalari shakllanadi. Kuzatish ilmiy metod hisoblanadi, qaysiki o'quvchilar ancha murakkab ilmiy -tadqiqot ishlarini - tajribalarini qo'yishga, o'tkazishga tayyorlanadilar. Kuzatishda o'qituvchi tomonidan aniq vazifa qo'yilgan bo'ladi. Kuzatishlar yakka, guruh hamda frontal shakllarda o'tkaziladi. K.D. Ushinskiy, V.P. Vaxterov, L.S. Sevruk, A.Ya. Gerd kuzatishga katta e'tibor bergan edilar. A.Ya. Gerd o'zining Maktabda tirik hayvonlar nomli kitobida o'quvchilarni kuzatishlar asosidagi harakatlari tadqiqot o'quvchi haqida o'quv va amaliy topshiriqlarni mustaqil yechish ko'nikmasi bilan qurollanishini ta'kidlaydi. Kuzatishlar natijasida 2-3-4 sinflarda Kuzatishlar kundaligi daftari to'ldiriladi, savollarga javob yoziladi. O'simliklarning o'sish, rivojlanish, gullash va hosil berish jarayonlari kuzatiladi. Tajribalar: -o'qitish metodi bo'lib, uning yordamida o'rganilayotgan jism va hodisalar qonuniyatlarini aniqlanadi. Buning uchun unga yangi sharoit yaratib, ta'sir qilinadi. O'quvchilarda bu paytda yangi tabiatshunoslik tasavvurlari shakllanadi. Tajriba materialistik dunyoqarashni shakllantirishda, mantiqiy tafakkur va nutqni o'stirishda katta ahamiyatga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.05 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.05 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga