Tadqiqot metodi va metodologiyasi. Empirik tadqiqot va eksperimental tadqiqotlar usullari sharti

Tadqiqot metodi va metodologiyasi. Empirik tadqiqot va eksperimental tadqiqotlar usullari sharti

O'quvchilarga / Pedagogika
Tadqiqot metodi va metodologiyasi. Empirik tadqiqot va eksperimental tadqiqotlar usullari sharti - rasmi

Material tavsifi

Tadqiqot metodi va metodologiyasi. Empirik tadqiqot va eksperimental tadqiqotlar usullari sharti Reja: Usul (metod) tushunchasi. Ilmiy tadqiqot va usul Metodologiya tushunchasi va tadqiqot usullari tasnifi Empirik tadqiqot usuli tushunchasi va turlari kuzatish o'lchash v) taqqoslash d) tavsiflash 4. Eksperimental tadqiqotlar eksperiment va uning turlari eksperimentni rejalashtirish va tashkil qilish v) eksperiment natijalarini tahlil qilish va baholash 5.Umumilmiy eksperimentlar Usul (metod) tushunchasi. Ilmiy tadqiqot va usul Bilish inson faoliyatini bir ko'rinishi bo'lib, shu faoliyat natijasida narsa va hodisalar to'g'risida tasavvurlar, obrazlar, tushunchalar hosil bo'ladi, ularning tizimlashgan majmuasi bilimda ifodalanadi. Tasavvur va tushunchalarni bir - bir bilan bog'laydigan, yakka tushunchalardan umumiy tushunchalarni hosil qiladigan ruhiy jarayon tafakkurdir. Inson voqyelikni o'zlashtirar va o'rganar ekan, uning faoliyatiga yordam beradigan vositalar, xatti-harakat tamoyillari, qoidalari shakllanadi, ya'ni faoliyat usuli vujudga keladi. Dastlab, amaliyot usullari, keyinchalik ta'lim, fan sohalarida aqliy faoliyat usullari ishlab chiqildi. Shunisi e'tiborliqi, yunon tilida usul (methodos - tadqiqot yo'li, nazariya, ta'limot) nazariy faoliyat qoidasi (tamoyili) ma'nosini bildirsa, arab tilidan olingan «usul» so'zi ko'proq amaliy faoliyat yo'lini, ya'ni, bir narsani yuzaga chiqarish, amalga oshirish yo'li, harakat tarzi, tartibi ma'nolarini ifodalaydi. Shunday qilib, faoliyat bor, faoliyatda qo'llaniladigan usul bor. Mehnat tajribasining umumlashmasi muntazam takrorlanadigan faollik tartibi, qoidasi sifatida asrlar davomida shakllangan. Shu bilan birga aqliy mehnat sohasida ham ixtisoslashgan faoliyat usullari vujudga kelib, ular bilish va tadqiq qilish usullarini paydo bo'lishi uchun zamin bo'lib xizmat qilishgan. Usul - bu amaliy yoki nazariy natijaga erishish maqsadida tatbiq qilinadigan tushuncha, qoida va tamoyillar tizimidir. Bunday tizimdan foydalanish faoliyatimizga oqilonalik, tartibot, yo'nalish va energetik yutuq beradi. Haqiqatan ham faoliyatning qaysi sohasida bo'lmasin, usuldan foydalanish bir qator ijobiy natijalarni beradi: inson faoliyatini tartiblashtiradi; natijaga erishish yo'lini qisqartiradi; faollik yoki izlanish energiyasini tejash imkoniyatini beradi; - samaradorlik koefisiyentini bir necha barobar ko'paytiradi. Usul faoliyat samaradorligini ta'minlaydigan tizimli qurol ekan, uning unsurlari aqliy, amaliy va texnologik amallar, qoidalar va vositalardan tashkil topgan. Tabiiy-ki, ilmiy tadqiqotda aqliy faoliyat qoidalari, tamoyillari ustuvor o'rinni egallaydi. Tadqiqot usulini turi, xislati o'rganilayotgan obyektning tuzilishi, aniqrog'i, murakkabligi bilan bog'langan. Izlanish obyekti qanchalik murakkab bo'lsa, shunchalik takomillashgan bilish shakllari va usullarni tatbiq qilishga to'g'ri keladi. Usulda obyektiv (obyektni mazmunidan kelib chiqish, xossalari va parametrlari mavjudligini hisobga olish) va subyektiv (izlanish maqsadi, vositalari va qoidalari mujassamlangan yondashuv, tizim) tomonlar birligi mavjud ekan, u ishlab chiqiladi. Shu bois, olimlar har doim tadqiqot usuli masalalari bilan shug'ullanishgan. O'yg'onish davrini buyuk olimi G. Galiley oldingi asrlarda hukm surgan sxolastik ilmi an'analarini ko'zda to'tib, haqiqatni izlashda mushohadali mulohazalarga tayanish, tan olingan obro'li allomalar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 36.54 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 36.54 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga