Tadqiqot metodini tanlash

Tadqiqot metodini tanlash

O'quvchilarga / Pedagogika
Tadqiqot metodini tanlash - rasmi

Material tavsifi

PSIXOLOGNING MASLAHAT BYeRIShLARI PSIXOLOGNING RIVOJLANTIRUVChI VA KORRYeKSION IShLARI PSIXOLOGNING PSIXOPROFILAKTIK IShLARI Mavzu: tadqiqot metodini tanlash. Psixologik xizmat faoliyati o'quvchilar aqliy tarakqiyoti va shaxsiy xususiyatlarini diagnostika qilishga, ta'lim tarbiyadagi buzilishlarning psixologik sabablarini aniqlashga qaratilmasdan, balki bunday buzilishlarni yo'qotish va oldini olishga qaratiladi. Bunday psixologning aniqlangan chetlashishlarni korreksiya qilishda faol ishtirok etish zarurligi kelib chiqadi. Psixologik xizmat faoliyatini bolalar, yosh va pedagogik psixologiya, psixokorreksiya, psixologik maslahat sohasida umumiy psixologik va maxsus psixologik bilimlar olgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Psixologik xizmatga jalb qilingan pedagoglar bu mutaxassislikni olish uchun maxsus qayta tayyorgarlikdan o'tishlari lozim. Bolalar, o'qituvchilar, talabalar ta'lim va tarbiyasi bilan shug'ullanuvchi barcha shaxslarga, jumladan ma'muriyat direktor, rektor, mudir o'qituvchilar, murabbiylar, ota-onalar, ijtimoiy va jamoatchilik tashkilotlari, xodimlariga aniq, yaqqol maslahatlar berish. Psixolog maslahat berish ishlarida quyidagi ishlarni olib boradi: ta'lim, taraqqiyot, tarbiya, kasb tanlash va turmush qurish, o'zaro munosabat, muomala va muloqot sirlari, tengdoshlar va voyaga yetmaganlar munosabati, masalan, dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor muammolari yuzasidan individual, guruhiy, jamoaviy tarzda maslahatlar uyushtirish. ma'muriyatga, bolalar, o'quvchilar, talabalarga (yotoqxonada, klublarda, kutubxonalarda) qiziqtiruvchi masalalar bo'yicha bolalar, o'quvchilar, talabalarning psixik o'sishi xususiyatlariga oid ma'lumot berishi, o'g'il va qizlarni asrab olish, onalik va otalikdan mahrum qilish, tashkilotlarni g'amxo'rlik va vasiylik to'g'risidagi qabul qilgan qarorga munosabati, shaxs taqdirini hal qilishda qatnashishi va maslahatli fikr berishi lozim. Ota onalarga bolaning psixik rivojlanishi xususiyatlarini shaxs sifatida shakllanishi, o'zaro munosabat maqomlari, bunda farzandlarning yoshi, jinsi, individual-tipologik xususiyatlari muammosi bo'yicha ilmiy-amaliy maslahatlar beradi. Yangi tipdagi maktablarga o'rta-maxsus va kasb-hunar kolleji o'quvchilari, akademik litsey talabalariga ularning imkoniyati, istiqboli to'g'risida ilmiy - amaliy xususiyatga molik konsultativ ishlar olib borish: yoshlarni saralash, tanlash, kasbga yaroqlilik darajasini aniqlash, tanlov komissiyasida maslahatchi sifatida ishtirok etish. Psixologik xizmatning ushbu yo'nalishi psixologdan inson shaxsi va individualligini tarkib toptirish jaryonida faol ishtirok etishni taqozo qiladi. Xalq ta'limi tizimidagi psixologning vazifasi psixologik xizmatni muayyan holda, mezonga asoslanib tashkil qilishdan iborat bo'lib, yosh davr xususiyatlariga binoan psixikaning rivojlanishi, shaxsning shakllanishi qonuniyatlarini amaliyotga tatbiq etish, o'qituvchilar jamoasiga bolalar, o'quvchilar va talabalar ta'lim va tarbiyasini individuallashtirishda yordamlashish, ularning qobiliyati, maylini o'sish darajasiga qarab o'qituvchilarga korreksion ishlarni amalga oshirishda ko'rsatmalar berish. Psixologik xizmatning ushbu yo'nalishida alohida ahamiyat kasb etadigan narsa-bu bolalar, o'quvchilar, talabalar o'sishida kechiqish, ularda xulqning buzilishi, ta'limda o'zlashtirishning yomonlashuvi kabilarni o'rganish hisoblanadi. PSIXOLOGNING RIVOJLANTIRUVChI VA KORRYeKSION IShLARI Psixolog bolalar, o'quvchilar, talabalarning yosh xususiyatlarini hamda jadal rivojlanishini hisobga oluvchi, ularni psixikasining barcha jabhalarini qamrab oluvchi dinamik taraqqiyotga kafolat beruvchi dastur ishlab chiqarishga butun faoliyatini yo'naltiradi, ijtimoiy o'sish talabiga javob beruvchi, umuminsoniy, etnopsixologik xususiyatlar muhitida kamolatga intiluvchi shaxsni tarkib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 68.91 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:10 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 68.91 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga