Tadqiqot natijalarini kuzatish va o'lchash Reja: 1. Kuchni va bosimni o'lchash. 2. Titrashni, tezlik va tezlanishni o'lchash. 3. Yopishqoqlikni , namlikni, zichlikni o'lchash yo'llari. 4. Suyuqlik va gazlar sarfini o'lchash. 5. Qattiq jismlarni va issiqligi sekin o'zgaruvchi suyuqliklarni temperaturasini o'lchash usullari. 1. Kuchni va bosimni o'lchash Igna buyumni teshib o'tayotganida malum miqdordagi kuch sarflanadi, agar mashina tepkisi buyumni ruxsat etilgan kattalikda igna plastinkasiga bosib turmasa surilishi noteks hamda chok kattaligi sozlangan qiymatga ega bo'lmaydi. Tepkini bosish kuchi juda katta bo'lsa buyum yaxshi surilmaydi tishli reyka-tepki sistemasi tez ishdan chiqadi, buyum esa deformatsiyalanadi. Ignani buyumni teshib o'tish kuchini bilish, igna mexanizmini kuch µisobini bajarishda qo'l keladi, toki loyxalangan maxanizm optimal bo'lsin va uzoq muddat ishlasin Ignaga ta'sir qilayotgan kuchni shuningdek tepkini bosish kuchini tenzometrik sezgirlar-o'zgartib beruvchilar yordamida o'lchanadi. Bunda simli o'zgartirgichlar igna plastinkasi ostiga, tepkida esa uni asosi ustiga elimlanadi. Signal esa ko'prik sxemasi orqali kuchaytirgich va ostsillografga uzatiladi. Signal ostsillografda ultrafioletli Uf-67 frotoqog'oziga yoki kinoplyonkaga yozib olinadi. Tikuv buyumlariga issiqlik va namlik bilan ishlov berishda ularga chiroyli teks va malum shakl berish va bu xossani saqlanib qolishini ta'minlash kerak bo'ladi. Bunda buyumlarga malum ruxsat etilgan bosim bilan ta'sir etish kerak bo'ladi. Bu xollarda parni bosimni, suyuqlikni bosimini, nisbatan deformatsiyalanuvchan satxni va yuzani bosimini va boshqalarni bilish kerak bo'ladi, buning uchun esa uni o'lchash kerak bo'ladi. Rasm. 4. Agar tadqiqot ishlari uchun bosimni o'lchash kerak bo'lsa, bu xol juda ko'p marotaba qaytarilishi lozim bo'ladi. Bosimni (Rasm 4 a,b,c,d,e) quvurli, membranali, silfonli stakanli, absolyut bosimni o'lchash uchun esa aneroidli monomerlar bilan o'lchanadi. 2. Titrash, tezlanish va tezlikni o'lchash. Tikilayotgan buyumlarning sifati mashina, apparat va mashina avtomatlarining normal, aniq, shovqinsiz, titrashsiz ishlashiga bog'liq. Ko'pincha mashinani yaratish bilan bog'liq bo'lgan masalalarni xal qilganda yuqorida takidlangan kattaliklar xam tadqiq qiilinadi. Bunda turli xil asboblar va moslamalar ishlatiladi (tenzometrik usul hamda mexanik usul).Oddiy yo'llardan biri titrashni VR-5 qo'l vibrografi bilan yozish va o'lchashdir. VR-5 yordamida chastotasi f=5-100 Gts , amplitudasi A=0,05-1,5 mm bo'lgan tebranishlar o'lchanadi. o'lchash xatosi f=4-8% atrofida. Rasm-5. Qo'l vibrografi (Rasm.5) 1 ikki elkali ayrisimon richagdan, uning o'ng elkasiga maxkamlangan perodan, 5 sterjen, 4 rolik sterjn bilan 7 halqacha orasida joylashgan 6 purjinadan µamda 5 sterjnning pastiga maxkamlangan 8 qadalgichdan tashkil topgan. Agar mashina tanasi vertikal yo'nalishda tebranma harakat qilsa 8 qadalgich orqali 5 sterjen 1 ikki elkali richagni O o'qi atrofida goµ soat strelkasi bo'yicha goµ soat strelkasiga qarshi yo'nalishida buradi. Natijada 3 pero yordamida 10 lentada 11 vibrogramma yozilib qoladi.Yozilgan vibrogramma asosida ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
49.21 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
49.21 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:10 ]
Arxiv ichida: doc