Tadqiqotchi faoliyati va unga quyiladigan malakaviy talablar

Tadqiqotchi faoliyati va unga quyiladigan malakaviy talablar

O'quvchilarga / Pedagogika
Tadqiqotchi faoliyati va unga quyiladigan malakaviy talablar - rasmi

Material tavsifi

Tadqiqotchi faoliyati va unga qo'yiladigan malakaviy talablar Reja: Tadqiqotchi uchun zarur bo'lgan malakaviy talablar Zehn va ishchanlikni saqlash Tadqiqot texnologiyasi va tadqiqot samaradorligini ta'minlash Olimning ijtimoiy mas'uliyati Tadqiqotchi uchun zarur bo'lgan malakaviy talablar Har bir ishni, shu jumladan, ilmiy ishni sifatli bajarish uchun tadqiqotchi kasbiy malakaga ega bo'lishi lozim. Sifatli ish - bu ilmiy muammoni yangicha yondashuv asosida xal qilish, yangi xulosaga kelish, ma'lumotlarni yangi xossa yoki qonuniyatni ochish imkoniyatini beradigan darajada tasniflash, umumlashtirish va tushuntirish, o'zida yangi natijalarni aks ettirgan maqola, risola yoki dissertasiya yozishdir. Kasbiy malakasi o'zi nima? Kasbiy malaka ma'lum faoliyatni ijro etish uchun zarur bo'lgan fazilatlarga (o'quv, zehn, mahorat va boshqalarga), nazariy va tajribaviy amallarni bajarish usullaridan foydalana bilish xislatiga ega bo'lishdir. Kasbiy malakaga ega bo'lishni asosida qobiliyat, ya'ni, u yoki bu ishni bajarishga yaraydigan layoqat, moyillik yotadi. Ishga bo'lgan qobiliyatni psixologik, intellektual, pedagogik jihatlari (sifatlari) mavjud. Faylasuflar va psixologlarni aytishlaricha, ilmiy faoliyatni unumdor bo'lishida tadqiqotchidagi qiziqish va hayratda qolish qobiliyati yetakchi rol o'ynaydi. Qiziqish shunday nuqtaga qaratiladiki, u qiziquvchanlikka, qiziqish tug'dirgan predmetga berilib ketishiga aylanadi. Bunday holatga tushgan inson qiziqish uyg'otgan masala bilan shug'ullanmasdan yura olmaydi, muammo va uni hal qilish ishtiyoqi butun vujudini qamrab oladi. Har bir kishida barmoqlar bo'lsada, mo'yqalam va bo'yoqlar sotib ola olsa ham, lekin bu uni rassom qilmaydi. Qiziqishdan tashqari yana o'quv, tirishqoqlik, mahorat, faollik kabi xislatlar darkor. Tadqiqotning samarali bo'lishini muhim sharti ishga berilib ketish, ishni muntazam amalga oshishi. Muttasil izlanish jarayonida ilhom, nogahon yorishish, ijodiy tush ko'rish shaklida namoyon bo'ladigan ruhiy holatlar sodir bo'ladi. Kasbiy malaka uchun zarur bo'lgan sifat va xislatlar, ularni bir-biriga ilhombahsh impulslar berishi 1-rasmda ifodalangan. Kasbiy malakani takomillashtirishni muhim pedagogik yo'li tadqiqotchida qayd etilgan sifatlarni shakllantirish va tarbiyalashdan iboratdir. Avvalambor, kasbiy yo'nalishni tanlash paytida strategik maqsadni aniqlab olish lozim. Kim bo'lmoqchisiz: muhandismi, texnologmi, nazariyotchimi? Tanlangan kasbiy yo'nalishni qaysi sohasi: fundamental nazariy izlanishmi yoki konstruktiv qurilmalarni yasash,kashfiyotmi yoki ixtiro qilish sizni ko'proq qiziqtiradi? Har sohada izlanish olib borish va ijod qilishni o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Tabiatan berilgan qobiliyatni qo'yilgan maqsadni amalga oshirishga qaratish kerak. Maqsadni ro'yobga chiqaradigan ma'naviy kuch motiv (bois)dir. Motiv yoki bilish motivasiyasi inson faoliyatini obyektga yo'naltiradi, istak, maylni harakatga keltirish orqali tadqiqotchiga izlanish energiyasini beradi. Faoliyat yo'nalishi va barqarorligini ta'minlaydigan xislat ruhiy ko'rsatmadir. Bu xislat tadqiqotchi faoliyatini tartibga soladi, boshqaradi. Ruhiy ko'rsatma orqali tadqiqotchida faoliyat maqsadi va motivasiyasi birlashadi, o'zgarayotgan vaziyatda ham izlanish energiyasi kamaymaydi. Shunday qilib, maqsad, motivasiya va ruhiy ko'rsatma tadqiqot jarayonida birlashadi, kasbiy malakani shakllanishida ma'naviy asos bo'lib xizmat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 108.73 KB
Ko'rishlar soni 62 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 108.73 KB
Ko'rishlar soni 62 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga