Tafakkur - kelajakka yetaklovchi vosita

Tafakkur - kelajakka yetaklovchi vosita

O'quvchilarga / Pedagogika
Tafakkur - kelajakka yetaklovchi vosita - rasmi

Material tavsifi

TAFAKKUR - KELAJAKKA YETAKLOVCHI VOSITA Faollashtiruvchi savollar: 1. Bilim kuchlimi yoki tasavvur? 2. Bolalagingizda kitobdagi voqealarga isxonarmidingiz? 3. Tasavvurning haqiqatga aylanishiga isxonasizmi? TAFAKKUR NIMA? TASAVVUR NIMA? Tafakkur qilish qobiliyati bizning hayotimizga ta'sir qiladi. Bu biz qilayotgan, o'ylayotgan va yaratadigan hamma narsani o'zgartiradi. Tafakkur qilish ilmiy sohalardan tortib muhandislik va san'atgacha - har qanday kasbdagi puxta rejalar, orzular va ixtirolarning ilgari surilishiga poydevordir. O'ylab ko'ring, avval hech xayolga keltirmagan yaxshi ishlarni xayolan bajarib ko'ring. Bunda sizga tafakkur yordamga keladi. Tasavvur qiling-a, siz har kungi faoliyatingizni idrok va mushohada orqali rejalashtirsangiz, hayotingiz naqadar mazmunli, boshqalar uchun ham foydali bo'lar edi. Inson tafakkur qilgani sayin miyadagi tasavvur mushaklari shunchalik kuchli bo'ladi. Bu qobiliyat cheksiz imkoniyatlarning boy manbasiga yo'l ochadi. Bugun ma'lumot hajmi oshib, uni saralash, foydasini tanlash ko'nikmasi ham bevosita idrok bilan bog'liq. Tafakkur har bir kishi uchun juda muhimdir. Odamlar hayotini yaxshilashga, muammolarni bartaraf etishga kirishgan inson tafakkuriga suyanadi. Yangiliklar yaratish, hayotni qulaylashtirish uchun tasavvur yordamga keladi. Deyarli barcha muvaffaqiyatli odamlarga xos ko'nikma - teran idrok qilish, unumli foydalana olishdir. Kelajakni ko'rgan Navoiy. Buyuk shoir Alisher Navoiy astronom, me'mor, rassom sifatida ham nom qozongan. Uning yozganlari shunchaki badiiy na'munalar emas, kelajak hayotga ishora ilg'or fikrlar bo'lgan. Yaqin tarixda qilingan muhim ilmiy kashfiyotlar uning asarlarida faraz sifatida kelgan. Farhod va Shirin dostonida shunday satrlar bor: G'aroyib ko'p huvaydo bo'lg'usidir, Bas, anda shakl paydo bo'lg'usidir… Ko'runib har zamone - ko'zga bir shakl, Ko'z olg'och bo'lg'usidir … o'zga bir shakl! O'ylang, bu yerda XX asrda yaratilgan qaysi qurilma haqida so'z ketmoqda? ? ? ? ? ? To'g'ri javob: Bo'lur darvoza ichra oshkoro, Temur jismiki qilmish paykar oro, Erur odamg'a monand-u mushobih, Eshigida temurdin yo qilib zih. O'ylang, bu yerda bugun tobora rivojlanib borayotgan qanday qurilma haqida farazlar kelmoqda? To'g'ri javob: Poyalar maqdamida bo'lg'ay past, Aylagay bir-biri yuziga nishast. Chun sekiz poya qat' bo'ldi tamom, Aylagach shoh o'z yerida maqom. Yana ul poyalar baland o'lg'ay, Taxtidin shoh bahramand o'lg'ay. Kim, qayon shah bo'lur nishotangez, Oz ishorat bila yugurgay tez. Bu - 1892-yilda amerikalik kashfiyotchi Jesse Reno tomonidan yasalgan va bugun yirik binolarda mavjud qurilmaning ilk chizgilari edi. Bu qaysi qurilma? To'g'ri javob: Saddi Iskandariy dostonida Iskandar suv tubiga tushish uchun shishadan yasalgan maxsus idishga o'xshash suvosti qurilmasi 1948-yilda shveysariyalik olim Ogyust Pikkar tomonidan yaratilgan. Diqqat bilan o'qing!! Eynshteynning idrok qilishdagi bosh yondashuvi tasavvurni ishga solish va voaelikdan qochish bo'lgan. U hamma narsani tasavvur qiladi. Tasavvur qilib o'rganadi va muammoga ham tasavvur orqali yechim topadi. Shu orqali ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 11.9 MB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 24 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:10 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 11.9 MB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 24 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga