Tajriba sinov ishlari va samaradorlikni aniqlash mezonlari

Tajriba sinov ishlari va samaradorlikni aniqlash mezonlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Tajriba sinov ishlari va samaradorlikni aniqlash mezonlari - rasmi

Material tavsifi

Tajriba sinov ishlari va samaradorlikni aniqlash mezonlari Reja: 1. Tajriba sinov ishlarining maqsad vazifalari, predmeti va bosqichlari 2. Tajriba sinov ishlarini rejalashtirish 3. Tajriba sinov ishlari monitoringi 9.4. ILMIY FARAZNING NATIJALARINI STATISTIK BAHOLASh MYeTODOLOGIYaSI 9.5. TAJRIBA-SINOV IShLARI NATIJALARIGA IShLOV BYeRIShDA MATYeMATIK STATISTIKA MYeTODLARI 9.6. SAMARADORLIKNI ANIQLASh MYeZONLARI Tajriba sinov ishlarining maqsad vazifalari, predmeti va bosqichlari Tayanch iboralar va atamalar: samaradorlikni aniqlash, tadqiqotchi, tajriba-sinov ishlari, innovatsion ta'lim, identifikatsiya, optimallashtirish, ierarxik ketma-ketlik, ta'lim texnologiyasi, asoslovchi bosqich, tasdiqlovchi bosqich, shakllantiruvchi bosqich, ilmiy-nazariy asos. Malumki, har bir tadqikotchi oldida insoniyat yaratgan jamiki boyliklarni o'rganish, o'zlashtirish va rivojlantirish vazifasi turadi. Inson kamoloti va jamiyat rivojini busiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Mazkur vazifani amalga oshirish uchun ta'lim tizimini muntazam ravishda takomillashtirib borish, yosh avlodni ilm-fan asoslari bilan chuqur qurollantirish lozim. Zero, ilm olish va uni takomillashtirish yo'lidagi izlanish hamda zaxmatlar insonning e'tiqodi va dunyoqarashini shakllantirib, uni ma'naviy-axloqiy kamolat sari etaklaydi. Bu borada olib borilayotgan pedagogik tadqiqotlar va ularning amaliy ahamiyatining roli beqiyosdir. Shu o'rinda bizni tashvishga solayotgan bir muammo bor: aksariyat o'qituvchilar o'z faoliyatida darsning malum bir qismida bir didaktik o'yin tashkil qilish va shu kabilar orqali darsda YaPTni ko'lladim, deb davo kiladilar. Vaholanki, YaPT bu o'qituvchining hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti yutuklaridan oliy darajada foydalanib, yoshlarning o'rganish jarayonining faol ishtirokchisi hamda ushbu jarayonning bajaruvchisiga aylantirishdir. Shu sababli ham tadkiqotchining mustaqil fikrlash, ijodiy tafakkur malakalariga ega bo'lishlari istiqlolimiz istiqbolini ta'minlashda hal qiluvchi omillardan biri ekanligini unutmasligimiz kerak. Bu muammo pedagogik tadqiqotlar ichida eng dolzarb hamda o'z yechimini kutib turgan masalalardan hisoblanadi. Shuning uchun ham pedagogik tadqiqotlarning ilmiy-nazariy asoslari bilan, birgalikda ularning amaliy ahamiyati ham etiborga olinishi lozim. Amaliy ahamiyatni ilmiy asoslash ilmiy-nazariy ishlanmalarning nechog'lik amaliyotga foydasi tegishligini TSI bilan aniqlanadi. TSI ning maqsadi: yaratilgan amaliy faoliyat nuqtai nazaridan ta'lim texnologiyasi natijalarini tahlil qilish, ilmiy ishlanmalar natijalari ko'rsatkichlarini baholash va ulardan amaliyotga joriy etishga kulay holga keltirish, yaratilgan innovatsion ta'lim uslubiyati bilan ta'lim oluvchilarni qurollantirish, ta'lim oluvchilarda o'rganilayotgan mavzuni yaratilishi va uni o'rganish bosqichlari hamda rivojlanish darajalarida haqidagi bilim va tasavvurlarni shakllantirish hamda ular shaxsining ma'naviy-axloqiy tamoyillari to'g'risida, ularning bo'lajak mutaxassislarni tayyorlashdagi ahamiyati to'grisida BKM va tasavvurlarni hosil qilishdan iboratdir. TSI makeadini belgilashda tajriba masalasining ko'yilishi, eng avvaloladqiqot olib borishning samaradorligiga ijobiy ta'sir etadi. Tajriba masalasini aniq ko'yish bu - tadqiqot obyektining modelini matematik, fizik, tashkiliy-tuzilmaviy va h.k.ni tuzish, u eng avval tajribaning tadqiqot ishchi faraziga asosan aniq maqsad va vazifani ko'rsatishdir. Bunda tadkiqotchi tajribasi, uning ilmiy salohiyati muhim rol o'ynaydi. TSI odatda ilmiy ishlanmaning obyektga o'xshashligini tekshirish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 45.68 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:10 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 45.68 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga