Talaba shaxsini tarbiyalash va rivojlantirishning tarkibiy qismlari. Reja: 1. Shaxs shakllanishi va rivojlanishi to'g'risida tushuncha. 2. Shaxs rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar. 3. Inson kamolotida irsiyat va muhitning ta'siri. 4. Shaxsni kamol toptirishda ta'lim-tarbiya va rivojlanishning o'zaro bog'liqligi. 5. Barkamol insonni tarbiyalashning asosiy tarkibiy qismlari. 15. 1. Shaxs shakllanishi va rivojlanishi to'g'risida tushuncha. Inson, odam, shaxs ko'plab fanlarning o'rganish obyekti hisoblanadi. Shaxs deganda muayyan jamiyatning a'zosi tushuniladi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi, ongi yuksak taraqqiy etgan, ijtimoiy taraqqiyotda ishtirok etuvchi odamgina shaxs deyiladi. Shaxsning eng asosiy belgisi-uning ongli faoliyat egasi ekanligidir. Ma'lumki kishi ongi faqat jamiyatda, boshqalar bilan o'zaro munosabatda til yordamida ijtimoiy tajribani o'zlashtirishda shakllanadi. Binobarin shaxs ham faqat jamiyatdagina shaxsga aylanishi mumkin. Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxs nomini olishi uchun unga ijtimoiy-iqtisodiy hayot va tarbiya kerak. Shu boisdan pedagogika fani bolaning shaxs sifatida rivojlanishi, uning har tomonlama kamolga etish qonuniyatlarini, unga ta'sir etuvchi obyektiv va subyektiv omillarni, rivojlanish jarayoniga aloqador davrlarni aniqlashi kerak. Odamning mukammal inson bo'lib etishuvida o'zining maqsad asosidagi xatti-harakati, iroda sifatlarining kamol topishi natijasida ayrim nuqsonlarini bartaraf etishi, qiyinchiliklarni engib chiqishi mumkinligini bilishimiz zarur. Demak, inson hayot faoliyati davomida o'zgarib, shakllanib, rivojlanib boradi. Bolalik, o'smirlik va o'spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo'ladi. Shaxsning kamol topishida va uning xulqida ijtimoiy va biologik omillarning ta'sir kuchi hamisha ham bir xil bo'lavermaydi. Chunki uning xulqiga, munosabatlariga, aloqalariga, yoshi, bilimi, odatlari, tajribasi va vaziyat ham ta'sir etadi. Masalan, bir xildagi ta'sirlarga turli bola turlicha munosabatda bo'ladi, bu ayni paytda, bolaning ehtiyoji qandayligiga ham bog'liqdir. Shaxs ijtimoiy tajribani faol ravishda tahlil qiladi, o'zlashtiradi, o'zi uchun o'zgartiradi-bu jarayon davomida o'zi xam shaxs sifatida shakllanadi. Shaxs shakllanib borgan sayin tashqi ta'sirlar, shu jumladan ijtimoiy ta'sirlar ham uning ichki dunyosi, psixologiyasiga qarab turli odamlarga turlicha ta'sir qiladilar. Masalan, bir xil baho turli o'quvchilarga turlicha ta'sir qiladi. Odam atrofni, obyektiv borliqni ko'proq bilgani sari onglilik darajasi o'sadi, fikrlash doirasi kengayadi, yangi bilim va ko'nikmalarni egallaydi, yangi qiziqish va ehtiyojlar vujudga keladi. Demak, shaxsning kamolga etishi jamiyat rivojiga chambarchas bog'liqdir. 15. 2. Shaxs rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar. Pedagogika shaxsning kamolotga etishini murakkab va ziddiyatli jarayon deb biladi. Shaxsning shaqlanishi, kamolga etishida nasl-irsiyat (biologik), ijtimoiy muhit ham maqsadga muvofiq amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiya va nihoyat o'zining mustaqil faoliyati ham muhim ahamiyatga ega. 1- rasm Shaxs qaysi jamiyatda yashasa o'sha jamiyat hayotidagi qonun-qoidalarga asosan kamol topadi. Shu jamiyatning moddiy va ma'naviy boyligidan bahramand bo'ladi. Moddiy va ma'naviy boyliklarni yaratishda ishtirok etadi. Agar shu jamiyatning moddiy va ma'naviy boyligi yuksak bo'lsa, u ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
191.83 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:11
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
191.83 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:11 ]
Arxiv ichida: doc