R E J A: Talaba tanlovi fani, uning o'rganish obyekti, maqsad va vazifalari. Yozuvning tarixiy ahamiyati.Grafika. Orfografiya haqida umumiy ma'lumot. Orfografiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi. Tayanch tushunchalar: fanning obyekti, maqsadi, vazifalari, grafika, grafik vositalar, yozuv, orfografiya, imlo me'yorlari, orfoepiya, fonetika, morfemika, so'z yasalishi, marfologiya. Ushbu tanlov fanning o'rganish obyekti sifatida tilshunoslikning orfografiya va punktuatsiyasi bo'limlari belgilab olindi. Bundan asosiy maqsad talabalarning imviy malakalarini mustahkamlash, savodxonligini oshirish, yozma nutq saviyasini yanada boyitishdan iboratdir. Chunki har bir yuksak madaniyatli kishi to'g'ri yoza bilishi va to'g'ri so'zlay olishi kerak. Bu talab bo'lg'usi pedagoglar va filologlarga nisbatan ayniqsa qat'iy qo'yiladi. Zero ular yosh avlodga umumiy savodxonlik va nutq madaniyati to'g'risida saboq beradilar, ularni savodxonlikka va chechanlikka o'rgatadilar. Qolaversa, imloviy savodxonlik ma'naviy yetuklikning belgisi sifatida ko'p asrlar ilgari e'tirof etilgan. Xususan, Sharq xalqlarida chiroyli xat bituvchi, savodxon kishilar - hattot nomi bilan alohida hurmat va ehtiromga loyiq deb topilganlar. O'zbek ma'rifatparvar shoiri Furqatning quyidagi baytida ham yuqorida keltirilgan fikrlar o'zining yorqin ifodasini topgan: Mening maktab aro bo'lur murodim, Xatimdek chiqsa imlo-yu savodim. Muxtasar qilib aytganda, ushbu o'quv kursining maqsadi hozirgi kunda ham eng dolzarb masalalardan biri bo'lgan imlo masalasi bo'lib, talabalarning savodxonlik darajasini oshirishga qaratilgandir. O'zbek orfografiyasi va punktuatsiyasisi tanlov fanining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Orfografiyaning tilshunoslik fani bo'limlari o'rtasida hamda jamiyatda tutgan o'rni va ahamiyatini belgilash; O'zbek orfografiyasining tarixiy taraqqiyoti bilan tanishtirish; Talabalarning o'zbek orfografiyasining imlo tamoyillari va asosiy imlo qoidalariga oid bilim va ko'nikmalarini sistemalashtirish, amaliy jihatdan mustahkamlash; To'g'ri yozish bilan bog'liq ayrim (xususiy) imlo qoidalari haqidagi bilimlarni kengaytirish; Punktuatsiyasining mustaqil soha sifatidagi o'rni va ahamiyatini aniqlash; O'zbek punktuatsiyasisining tarixiy taraqqiyoti bilan tanishtirish; Talabalarning tinish belgilariga oid umumnazariy bilimlarini yanada boyitish; Tinish belgilarining qo'llanish o'rinlari xususidagi bilim va ko'nikmalarni mustahkamlash; Orfografiya xususida fikr yuritilganda albatta yozuvning ahamiyati masalasiga e'tibor qaratish talab etiladi. Yozuvning kelib chiqishi va taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan, uning madaniyatining yuqori saviyaga ko'tarilishi, shuningdek, siyosiy-huquqiy, estetik va shu kabi fikrlarni qayd qilish hamda keyingi davrlarga qoldirishga bo'lgan ehtiyojning o'sishi bilan bog'liq. Demak, yozuv jamiyatning buyuk madaniy kashfiyotlaridan biri bo'lib, kishilik jamiyatining har tomonlama taraqqiyotida juda katta o'rni va o'ziga xos ahamiyati bor. Grafika yunoncha so'z bo'lib, yozuv degan ma'noni anglatadi. U biror tilning yozuv tizimini aks ettiradi. Grafika harfiy yoki noharfiy vositalar orqali ifodalanadigan shartli belgilarning muayyan sistemasidir. O'zbek tilininig grafik tizimi hozirgi vaqtda quyidagi belgilardan iborat bo'lib, yozma nutqni to'g'ri shakllantirishda ulardan keng foydalaniladi: harflar, tinish belgilari, arab va rim raqamlari, orfografik belgilar - chiziqcha (ba'zan chiziqcha -inchi affiksi o'rnida ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.4 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:11
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.4 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:11 ]
Arxiv ichida: doc